III. Kadrlar tayyorlash, uslubiy ta’minot, shuningdek, axborot-ma’rifiy ishlar tizimini takomillashtirish
12.
|
“Suitsidologiya asoslari” turkumini ruhshunoslar va pedagog kadrlar malakasini oshirish kursiga kiritish.
|
Tashkili� chora-tadbirlar
|
2018-yil
1-sentabrgacha
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov ), XTV(U. Inoyatov)
|
13.
|
Oilaviy va shaxslararo nizolar, psixofizik zo‘rlik qilish va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni profilaktika qilish sohasida bevosita faoliyat yuritadigan shaxslarni maxsus o‘quv kurslari tashkil etish, zo‘rlik ishlatilishiga qarshi kurash shakllari va uslublariga o‘rgatish bo‘yicha seminarlar, treninglar, konferensiyalar o‘tkazish, shuningdek, maishiy zo‘rlik ishlatilishidan jabr ko‘rganlar bilan ish olib borish orqali tayyorlash darajasi va malakasini oshirish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab
|
“Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova),
IIV (P. Bobojonov), Xotin-�izlar qo‘mitasi (T. Norbayeva)
|
14.
|
Suitsidologiya va krizisli holatlar psixoterapiyasi sohasidagi ilmiy-amaliy faoliyatni, jumladan, quyidagilar orqali rag‘batlantirish:
“Krizisli holatlar psixoterapiyasi”, “Telefon orqali maslahat berish texnikasi” o‘quv dasturlarini yaratish;
suitsidologiya va psixoterapiya bo‘yicha davlat tilida o‘quv adabiyotini ishlab chiqish hamda uni respublika tibbiyot va pedagogik ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga tatbiq etish;
“Psixiatriya”, “Psixoterapiya”, “Tibbiy psixologiya” va “Psixologiya” mutaxassisliklari bo‘yicha tadqiqotlar uchun mavzularni tanlashda suitsidologiya vakrizisli holatlar psixoterapiyasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlarga ustuvorlik berish.
|
Chora-tadbirlar kompleksi
|
2018-yil
1-oktabrgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shodmonov), Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi(I. Majidov), XTV(U. Inoyatov)
|
15.
|
Maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish, Xotin-qizlarga nisbatan zo‘rlik ishlatishga chek qo‘yish to‘g‘risidagi deklaratsiya (BMT Bosh Assambleyasining 1993 y. 20-dekabrdagi 48/104-Rezolyutsiyasi) qoidalarini o‘rganish masalalari bo‘yicha o‘quv kurslarini oliy va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining o‘quv dasturlariga kiritish.
|
O‘quv-dasturlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar
|
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab
|
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Majidov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)
|
16.
|
Maishiy zo‘rlik ishlatilishi bilan bog‘liq ishlarni ko‘rib chiqishda sudyalar va advokatlar uchun o‘quv kurslarini joriy etish va treninglar o‘tkazish
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
2018/2019 o‘quv yilidan boshlab
|
Adliya vazirligi (R. Davletov),
Oliy sud (K. Kamilov)
|
17.
|
Oilaviy va shaxslararo nizolar, psixofizik zo‘rlik ishlatish va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorning oldini olish va profilaktika qilish sohasida fundamental va amaliy ilmiy tadqiqotlar �tkazish, ularning natijalari va yutuqlarini amaliy faoliyatga keng tatbiq etish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy asosda
|
“Oila” Markazi (D. Toshmuhamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), IHMM (A. Saidov), Fanlar akademiyasi (B. Yuldashev)
|
18.
|
“Xavf-xatar guruhi”da bo‘lgan shaxslarga yordam ko‘rsatish uchun “suitsidolog” va “tibbiy ruhshunos” lavozimlarini ayrim sog‘liqni saqlash muassasalarining amaldagi shtat normativlariga qo‘shimcha ravishda kiritish takliflarini ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Tahliliy ma’lumot xati
|
2018-yil
1-avgustgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Moliya vazirligi (J. Qo‘chqorov)
|
19.
|
Zo‘rlik ishlatishga moyil bo‘lgan shaxslar bilan ishlash bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, ushbu tavsiyalarni maishiy zo‘rlik ishlatishning oldini olish sohasida faoliyat yurituvchi davlat organlari va boshqa tashkilotlarda tarqatish.
|
Metodik tavsiyalar
|
2018-yil
1-oktabrgacha
|
“Oila”Markazi (D. Toshmuxamedova), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva),IHMM (A. Saidov)
|
20.
|
Ota-onalarning farzandlarga nisbatan maishiy zo‘rlik ishlatish holatlarini, ularning g‘ayriijtimoiy xulq-atvorini aniqlash, oilada zo‘rlik qilinishiga duchor bo‘lgan bolalarning ijtimoiy reabilitatsiyasini tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalarni ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Metodik tavsiyalar
|
2018-yil
1-oktabrgacha
|
MTV(A. Shin), XTV(U. Inoyatov),
IIV(P. Bobojonov),Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva),“Oila”Markazi (D. Toshmuhamedova),“Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov)
|
21.
|
Maishiy zo‘rlik ishlatilishi-ning oldini olish va unga chek qo‘yish sohasidagi vaziyatning jamoatchilik nazorati va monitoringini amalga oshirish bo‘yicha metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Metodik tavsiyalar
|
2018-yil
1-sentabrgacha
|
Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva),
“Oila” Markazi (D. Toshmuxamedova), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov)
|
22.
|
O‘z joniga qasd qilish holatlarining oldini olish bo‘yicha fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, diniy konfessiyalar hamda ommaviy axborot vositalari uchun metodik tavsiyalar ishlab chiqish va tasdiqlash.
|
Metodik tavsiyalar
|
2018-yil
1-sentabrgacha
|
Sog‘liqni saqlash vazirligi (A. Shodmonov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I. Majidov), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston musulmonlari idorasi (U. Alimov), Din ishlari bo‘yicha qo‘mita (J. Akramov), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)
|
23.
|
Nizoli vaziyatlar, maishiy zo‘rlik qilish va o‘z joniga qasd qilish harakatlari, ularning salbiy oqibatlari, maishiy zo‘rlik qilishdan jabrlanganlar hamda o‘z joniga qasd qilishga uringan shaxslar uchun ijtimoiy reabilitatsiya va moslashtirish muassasalari hamda boshqa muassasalar, shuningdek, maishiy zo‘rlik qilishni va o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni profilaktika qilishni amalga oshiruvchi organlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar to‘g‘risida jamoatchilikning xabardorligini oshirish.
|
Tashkiliy chora-tadbirlar
|
Doimiy asosda
|
MTRK (A. Xodjayev), Xotin-qizlar qo‘mitasi (T. Norbayeva), “Mahalla” jamg‘armasi (Sh. Javlonov), O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi (O. Tojiyev)
|
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3827/1445-son)