Kadastr agentligi — bir hafta muddatda o‘zining elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilgan uy-joylar ro‘yxatini tumanlar va shaharlar kesimida;
“O‘zbekkosmos” agentligi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi bilan kelishilgan grafik asosida hududlarning 2018-yil 1-maygacha bo‘lgan holatiga kosmik suratlarini qayta ishlash natijasida olingan ma’lumotlarni;
Soliq qo‘mitasi — ikki oy muddatda Kadastr agentligining elektron ma’lumotlar bazasiga kiritilgan uy-joylar orasidan so‘nggi besh yil uchun yer solig‘i va mol-mulk solig‘i to‘langan uy-joylar haqidagi ma’lumotlarni;
davlat kadastrlarini yuritishga mas’ul bo‘lgan vazirlik, idora va tashkilotlar — ikki oy muddatda o‘zlariga biriktirilgan
hududda joylashgan, mazkur Farmonning 2-bandi “a” kichik bandiga muvofiq huquq e’tirof etilishi lozim bo‘lmagan uy-joylar haqidagi ma’lumotlarni taqdim etsin.
5. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga mazkur Farmonni amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlarni belgilash, jumladan:
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, tumanlar va shaharlar bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil etish;
huquq e’tirof etilganligi uchun bir martalik yig‘im
joriy etish, undan tushgan mablag‘larni sarflash yo‘nalishlarini belgilash;
mazkur Farmonni amalga oshirish bo‘yicha
xarajatlar uchun, xususan, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan fuqarolarga ko‘maklashish, kosmik suratlarni qayta ishlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika budjeti, tumanlar
va shaharlar budjetlari, bir martalik yig‘imdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish vakolati berilsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi mazkur Farmon ijrosi yakunlariga ko‘ra 2024-yil 1-avgustga qadar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan sug‘orilmaydigan yerlar hamda o‘rmon fondi yerlarining yer fondi toifasini aholi punktlarining (shaharlar, posyolkalar va qishloq aholi punktlarining) yerlari toifasiga o‘tkazish bo‘yicha takliflarni belgilangan tartibda kiritsin.
7. Bosh prokuratura Farmon ijrosini tashkil etishda qonuniylikni ta’minlash ustidan qat’iy nazorat o‘rnatsin.
8. Ushbu Farmonning ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul etib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi F.U. Ermanov belgilansin.
9. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida 2024-yil 1-sentabrga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berilsin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 28-iyul,
PF-119-son
(Qonunchilik ma’lumotlari
milliy bazasi, 28.07.2023-y., 06/23/119/0533-son)