1. Ijtimoiy qonuniyatlarning har bir shaxsga bog‘liqligi. Milliy tarbiya – azaliy ustuvor qadriyat


Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko’ra (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vigotskiy va boshqalar)



Yüklə 25,18 Kb.
səhifə3/3
tarix30.09.2023
ölçüsü25,18 Kb.
#151001
1   2   3
19-mavzu

3. Gumanistik (fenomenologik) paradigmaga ko’ra (A.Maslou, A.Kombs, K.Rodjers, L.S.Vigotskiy va boshqalar) ta’lim oluvchi erkin shaxs, ijtimoiy munosabatlar subyekti sifatida o’ziga xos rivojlanish imkoniyatlariga ega. Ular bolani rivojlantirish maqsadida uni shaxslararo munosabatlar jarayoniga yo’naltiradi. Ta’limning fenomenologik (fenomen yunoncha «phainomenon» — hisoblangan, ya’ni, mashhur, alohida nodir odam) modeli o’quvchilarning individual-psixologik xususiyatlarini hisobga olib, ularning talab va qiziqishlariga hurmat bilan munosabatda bo’lishni ko’zda tutadi. Uning vakillari o’quvchini nodir shaxs deb hisoblaydilar. Gumanistik paradigma doirasida faoliyat olib boruvchi har bir ta’lim tizimi ijodiy rivojlanadi va o’quvchi hamda o’qituvchining erkinligi va ijodkorligini yoqlaydi.
Gumanistik paradigma g’oyalari 1991-yildan keyin respublika uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etila boshlandi. Paradigmaning diqqat markazida o’quvchining barkamol rivojlanishi, uning intellektual ehtiyojlari, «erkin fikrlaydigan shaxsni tarbiyalash» masalasining ijobiy hal etilishi yotadi. Ayni vaqtda, respublika ta’lim muassasalarida quyidagi g’oyalarga amal qilinmoqda: «Demokratik jamiyatda bolalar, umuman har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi. Agar bolalar erkin fikrlashga o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo’lishi muqarrar. ... Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir».
4. Ezoterik paradigma (yunoncha «esoterikos» ichki, sirli, yashirin, faqatgina biluvchilar uchun mo’ljallangan insonning dunyo bilan o’zaro aloqalari yuksak darajalarini aks ettiradi). Modelning mohiyati haqiqat abadiy va o’zgarmas, doimiy ekanligini ta’kidlashdan iborat. Paradigma tarafdorlari haqiqatni bilib bo’lmasligi, unga faqatgina fahmlash asosida erishish mumkinligini ta’kidlaydilar. Pedagogik faoliyatning oliy maqsadi koinot bilan muloqot, o’quvchining tabiiy kuchlarini ozod etish va rivojlantirishdan iborat. Shu bilan biiga, o’qituvchining himoyalash vazifasi muhimdir, u o’quvchining mavjud imkoniyatlarini uni ma’naviy, jismoniy, psixik jihatdan rivojlantirishga yo’naltiradi.
Ilmiy-texnik, texnokratik paradigmaning asosiy maqsadi amaliyotni takomillashtirish asosida ta’lim oluvchilarga «aniq» ilmiy bilimlarni berish va ularning o’zlashtirilishini ta’minlashdir. Bilim kuchdir, shu bois shaxs qimmati uning o’rganish, bilim olish, imkoniyatlari bilan belgilanadi. Shaxs muayyan (o’rtacha, standartlashtirilgan) bilim yokixulq-atvor egasi bo’lsagina qadriyat sifatida e’tirof etiladi degan g’oya ushbu paradigmaning asosini tashkil etadi.
So’nggi yillarda noinstitutsional paradigma rivojlana boshladi. U ta’limni ijtimoiy institutlar, ya’ni, maktab va oliy ta’lim muassasalaridan tashqarida tashkil etish g’oyasini ilgari suradi. Bu ta’lim «tabiatda» — Internet, «ochiq maktablar» — komputerlar vositasida ta’lim dasturlariga (masofadan o’qitish) muvofiq o’qitish samarali deya hisoblaydi.
Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish, birinchi navbatda, ta’limning paradigmasini o‘zgartiradi. Agar ta’lim tizimida o‘qitish ustuvor sanalgan bo‘lsa, hozir kunda jamiyatning axborotlashuvi davrida ustuvorlik o‘qishga va o‘rgatishga yo‘naltirilgan. Shu sababdan ta’limning o‘qituvchi-darslik-o‘quvchi paradigmasi o‘quvchi-darslik-o‘qituvchi paradigmasi bilan o‘rin almashmoqda. O‘qituvchi endilikda yangi statusga ega bo‘ladi, endi uning vazifasi o‘quvchilarda mustaqil bilim olish imkoniyatlarini yaratish va ijodiy faoliyatlarini tashkil etish, bilimlarni mustaqil egallash va ularni amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishdan iborat. O‘qituvchi bunday maqsadlarda o‘qitishning metodlari, texnologiyalarini shunday tanlashi kerakki, u o‘quvchilarga nafaqat tayyor bilimlarni o‘zlashtirishlarida, balki bilimlarni turli manbalardan izlash, mustaqil egallash, o‘zlarida shaxsiy nuqtai nazarning shakllanishi, uni asoslashi va avvalgi egallangan bilimlardan yangilarini olishda foydalanish imkoniyatini yaratishi kerak. Bunday o‘qitishni «rivojlantiruvchi» ham deb atash mumkin. Bilimlarni o‘zlashtirish fikrlashni rivojlantiruvchi muhim omil hisoblansada, bilimlarni har qanday o‘zlashtirish yoki egallash o‘quvchining fikrlashiga rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatmaydi. Buning uchun bilimlarni o‘zlashtirishning faoliyat shakllarini faollashtirish lozim.
Egallangan bilimlarni oddiygina qaytarish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirishda yetarli manba bo‘lolmaydi. Faol bilish, mustaqil fikrlash faoliyati juda zarurdir. Bilimlarni mustaqil egallash faoliyati va olingan bilimlarni qo‘llash jarayoni yangi bilimlarning shakllanishiga, o‘quvchining samarali fikrlash manbaiga aylanadi. Shu sababdan mamlakatimizda va jahonning rivojlangan davlatlarida ta’lim sohasini isloh qilish jarayonida pedagogik texnologiyalarning rivojlanishi, zarur axborotlarni mustaqil izlab topish, muammoni qo‘ya bilish va uning yechimini hal etish, olingan bilimlarni tanqidiy tahlil eta olish va ushbu bilimlar asosida yangi masalalarni yechishda qo‘llash uchun yo‘naltirilgan. Endilikda shaxsga yo‘naltirilgan ta’limning zaruriyligi barchaga ayon bo‘lmoqda. Shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitish – bu o‘quvchining yosh va shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyati va imkoniyatlarini inobatga oluvchi, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalaridan o‘quvchi shaxsini rivojlantirishda samarali foydalanuvchi o‘qitishdir. Shunday qilib, shaxsga yo‘naltirilgan o‘qitishda o‘qitishni tabaqalashtirish va individuallashtirish asosiy tamoyil sifatida qaraladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari shakl va mazmunining rang-barangligi – o‘quvchining qiziqishi, imkoniyati va shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib taklif etilayotgan holatlardan tanlash imkoniyatini beradi. Bunday imkoniyat ta’lim tizimida ham o‘z aksini topishi zarur. O‘qituvchining har xil sathli o‘qitishni zamonaviy axborot texnologiyalari asosida tashkil etishi bunday muammoning yechimi bo‘la oladi. O‘quv mashg‘ulotlarini o‘quvchilarning kundalik fanlar majmuasi va ular bo‘yicha berilgan kundalik topshiriqlar majmuasi asosida belgilanishi, har bir o‘tilgan mavzuni 185 keyingi darsda so‘rab baholanadigan qilib tashkil etilishi ko‘plab muammolarni keltirib chiqaradi. Bunday holda o‘quvchilar biron bir fanga o‘zlarining asosiy diqqat e’tiborini to‘liq qarata olmaydilar. Bunday notugalliklarni bartaraf etishda, modulli o‘qitish eng yaxshi yechim hisoblanishi mumkin. Zamonaviy jamiyatda ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik yo‘nalishi – bu insonning turli sohalarda maqsadli mustaqil faoliyat asosida intellektual va axloqiy rivojlanishidir. Bunda uchta asosiy vazifaga e’tibor qaratiladi:
1. Ta’lim tizimini isloh etish.
2. Mustaqil faoliyat tamoyilini ta’lim va tarbiyaning asosiy tamoyili sifatida e’tirof etish.
3. Ta’lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish.
Zamonaviy insonning o‘qish jarayoni faqat bog‘cha, umumta’lim maktablari, akademik litseylar yoki kasb-hunar kollejlari, oliy ta’lim muassasalari bilan tugamaydi. Inson butun umri davomida ta’lim olishi zarur, ya’ni ta’lim uzluksiz bo‘lishi kerak. Demak, uzluksiz ta’lim – davr talabidir. Zero, bu muammo zamonaviy axborot texnologiyalariga bo‘lgan ehtiyojni yanada shakllantirishi shubhasiz. XXI asr
– axborotlashtirish asrida ta’lim sohasini axborotlashtirish, har bir ta’lim muassasasidan:
- o‘qitish va o‘qish jarayonining;
- ta’lim muassasasi boshqarilishining;
- ta’lim muassasasi bo‘linmalarining;
- ta’lim muassasasi faoliyati muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi.
Hozirgi ta’lim muassasalarida kompyuter texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlarini takomillashtirish, ta’lim jarayonida bunday texnologiyalarni qo‘llashning eng muhim ko‘rsatkichlaridan biri ekanligi pedagog olimlar tomonidan e’tirof etilmoqda. Jumladan, U.Sh.Begimqulov ta’lim muassasalarida kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasini yaratish zarurligini, gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirishni, zarur axborotlarni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilinadigan ma’lumotlar bazasini yaratishni taklif etadi. Shu boisdan, o‘qituvchi kadrlarning zamonaviy axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanib bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish maqsadida hamda o‘qituvchilar pedagogik mahoratlarini hozirgi zamon talablari asosida takomillashtirishga mo‘ljallangan masofaviy malaka oshirish kurslarini tashkil etish tashabbusi bilan chiqadi. U.Sh.Begimqulov zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida erishilayotgan yutuqlarni inobatga olib, kompyuter texnologiyasini quyidagi jihatlarda ta’lim muassasalari pedagogik faoliyati jarayonlarida qo‘llash samarali bo‘lishini ta’kidlaydi:
Ta’lim-tarbiya jarayonida kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalanish Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydalanishda, o‘qituvchi uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni bajarishi mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologiyalari quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:
- multimedia texnologiyasini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi oshadi;
- real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyatga ega;
- o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki o‘quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali hisoblanadi;
- masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qoldirgan o‘quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
- o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, topish hamda muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
- o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar yechishi, insho, bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi1.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususiyatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy murojaat qilinadigan «qo‘llabquvvatlovchi axborot»ini ko‘paytirish, kompyuter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan. Ma’lumotlar bazasi deganda, axborotni kompyuter texnikasi yordamida kiritish, tizimlashtirish, saqlash va foydalanish uchun tavsiya qilish tushuniladi. Bir qator axborotlarni an’anaviy qayta ishlash uchun ularni tayyorlashning standart shakllari mavjud bo‘lib, ularga bibliografiya, statistik ma’lumotlar, referatlar kiradi. Ma’lumotlar bazasi axborot tarkibiga statistik, matnli, grafik va ko‘rinishli axborotlarni cheksiz ko‘p miqdorda va albatta, belgilangan shakllardagi ko‘rinishlarini qabul qiladi. Bilimlar bazasi esa, yopiq tizimda, mazkur mavzu bo‘yicha qo‘shimcha axborotlarga ehtiyoj sezmagan holda va uning har bir elementi, mantiq jihatdan bog‘langan boshqa elementlarga chiqa olishi bo‘yicha tuzilmali axborotlashtirilgan tizimga ega bo‘ladi. Bunda ushbu bilimlar bazasiga kiritilmagan, ya’ni undan tashqi elementlarga murojaat qilinishiga imkon bo‘lmaydi. Bilimlar bazasining birlamchi bibliografik o‘xshashliklari sifatida turli ensiklopediyalar, lug‘atlar xizmat qiladi. O‘quvchilar bilimi sifatlarini test savollari yordamida aniqlash va psixofiziologik rivojlanayotganligini tashxis qilish maqsadida kompyuter tizimiga eksport tizimi qo‘shimcha kiritilgan bo‘lib, bu tizim yordamida elektron tarmoq orqali bilimlarni baholash va bu masala bo‘yicha yetarlicha natijalarni aniqlash mumkin. Bunday dasturiy vositalardan, ta’limdagi holat va uning maqsadiga ko‘ra, ba’zan o‘quvchilarning ehtiyojlarini chuqurroq anglash zaruriyati nuqtai nazaridan, ularning ma’lum fan sohasida bilimlarini tahlil qilish bo‘yicha boshqa bir hollarda esa, o‘qitishning psixologik tamoyillarini hisobga olish maqsadida keng foydalaniladi. Kompyuter yordamida turli ilmiy axborotlar, o‘quv materiallari bo‘yicha axborotlarni tavsiya etishning boy imkoniyatlari, xususan ularga integrativ kurslarni kiritish, fanning tarixi va metodologiyasi bilan tanishish, turli fanlar bo‘yicha ularning zamonaviy darajasiga oid bilimlar, madaniyat va ijtimoiy ongga dahldor bilimlarni kiritish, ta’lim mazmunini sezilarli o‘zgartirish va keskin boyitishga yordam beradi, uni faollashtirish va rivojlantirishda muhim omil bo‘ladi. Kompyuter vositalari yordamida mustaqil ta’limni tashkil etish nuqtai nazaridan tahlil etadigan bo‘lsak, aksariyat uning interfaolligini, bevosita muloqot yordamida o‘quvchi o‘quv rejasida ko‘rsatilgan, istalgan fan sohasida maxsus o‘quv dasturlari yordamida bilim olish imkoniyatiga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi. Kompyuter vositasi, o‘quvchi yoxud o‘qituvchi murojaatlariga «javob beradi», ular bilan bemalol «muloqotga kirishadi», bular kompyuter ta’limi metodikasining asosiy xususiyatlaridan biri sanaladi. Ayniqsa, kompyuter texnologiyasining ma’lum mavzuni o‘qitish bo‘yicha yoki alohida didaktik masalalarni hal etishda foydalanish kabi holatlar («kirib boruvchi» texnologiya nomi bilan mashhur), shuningdek o‘qitishda ma’lum texnologiyaning asosiy, aniqlovchi va eng muhim tavsiflovchisi sifatida kompyuterni qo‘llanish holatida kompyuter va boshqa texnologiyalar orasidagi munosabatlar masalasi juda dolzarb sanaladi. Kompyuterli o‘qitish metodikasining boshqa bir muhim xususiyati, u o‘qitish jarayonining barcha bosqichlarida, jumladan yangi o‘quv materialini tushuntirishda, qaytarishda, umumlashtirishda, o‘quvchilarning ma’lum fan bo‘yicha erishgan bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishda namoyon bo‘ladi. Bunday jarayonda o‘qituvchi kompyuterning o‘quvchi uchun turli vazifalarni, xususan o‘qituvchilik, ishchi qurol, ta’lim ob’ekti, o‘zaro muloqot kabi funksiyalarni bajarishini bilishi kerak. Bunda o‘qituvchining vazifasi dars jarayonida o‘quvchilarni kompyuterdan to‘g‘ri foydalanishlarini nazorat qilishdan iborat.
Kompyuter va internet yordamida keng auditoriya bilan bog‘lanish va uning natijasi sifatida o‘zaro muloqotlashuvchi jamoa muhiti yaratiladi. Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘zining kasbiy mahoratini oshirish uchun mustaqil faoliyatida quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
1. O‘quv jarayonini bir butun guruh va bir butun fan (o‘quv jarayonining grafigi, tashqi tashxis, joriy, oraliq va yakuniy nazorat va boshqalar) sifatida tashkil etish.
2. O‘quv jarayonida guruhni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini taqsimlash, ko‘rsatmalar, guruh ichida boshqarish va boshqalar.
3. O‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, har bir o‘quvchi bilan individual muloqot olib borish. Kompyuter yordamida eshitish va ko‘rish imkoniyatlari, individual o‘qitishning eng samarali shakllariga erishiladi.
4. Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va namoyish qurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv-metodik ko‘rsatma, qo‘llanmalar va boshqalar) ma’lum o‘quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog‘liqlik asosida tayyorlanadi.
Ta’limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, bunda:
− o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;

  • uzoq hududlarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining ilmiy laboratoriyalari bilan tanishadilar;

  • turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga erishiladi;

  • o‘qituvchilarning o‘zaro seminar va treninglari o‘tkaziladi;

  • masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o‘xshash juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladilar. Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalari tizimiga tatbiq etish o‘quv jarayonida zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashga hamda o‘qituvchi pedagogik mahoratini namoyish etishga keng imkoniyatlar ochadi.

O‘qituvchining kompyuter texnologiyalari asosida o‘quvchilar bilimini nazorat qilishi O‘quvchilar bilimini baholashning kompyuter tizimi va o‘zlashtirish monitoringini tashkil etish uchun avvalo, zamonaviy ta’lim tizimida o‘qitishning sifatini tashxis qilishga, ya’ni uning holatini aniqlamay turib, undagi jarayonlarni samarali boshqarishga, ta’limda ma’lum bir maqsadga erishishning iloji yo‘qligi hech kimda shubha tug‘dirmaydi. O‘quvchilarning yakunlovchi bilim va malakalarini ta’lim jarayonida turli mezonlar va yondashuvlarga tayanib aniqlash, bu jarayonlarga zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash, ularning qo‘yilgan didaktik talablarga haqiqatan mosligini nazorat qilish mumkin. Bunda pedagogik tashxis, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish darajasini aniqlashni, nazorat qilishni, baholashni, yig‘ish va statistik ma’lumotlarning tahlili hamda kelgusida bu jarayon rivojini bashorat qilishni o‘z ichiga oladi. Metodik adabiyotlarda o‘quvchilar o‘zlashtirishlarining tashxisi, ular tomonidan erishilgan yutuqlarning darajasi sifatida qayd etish ekanligiga e’tiborni qaratsak, unda pedagogik tashxisning maqsadi, ta’lim jarayoni borishining tahlili va uni baholashni o‘z vaqtida aniqlanishidan iborat bo‘ladi.
Ma’lumki, ta’lim jarayonini bunday baholash, faqat o‘quvchining o‘zlashtirish darajasini belgilash bilan chegaralanib qolmay, o‘qish jarayonini rag‘batlantirishda muhim pedagogik vosita va ijobiy motiv uyg‘otish bilan o‘quvchi shaxsiga kuchli ta’sir etadi. Shu xilda o‘quvchini ob’ektiv baholash asosida unda adekvat ravishda o‘z-o‘zini baholash imkoniyati tug‘iladi va o‘z muvaffaqiyatlariga tanqidiy munosabatning shakllanishi qayd etiladi. Shu nuqtai nazardan o‘quvchi bilim, ko‘nikma va malakalarini baholash, ayniqsa, bilimlarini nazorat qilishning kompyuterlashtirilgan tizimi, zamonaviy axborotpedagogik tizimlarida, ularda bilimni nazorat qilishni tashxisiy ahamiyati va haqqoniyligini samarali bajarish maqsadida tinmay izlanishlar va takomillashtirish ishlarini olib borish taqozo qilinadi. Mazkur masalaning yechimi o‘qitishning maqsadga muvofiq va haqqoniy bo‘lishida, iloji boricha aniq va asoslangan usul sifatida qayd qilingan.


1 Xudaynazarov S.X. Shaxs ma’naviyatini rivojlantirish omillari va vositalari. (Uslubiy qo‘llanma) –T.: “Adabiyot uchqunlari”, 2017.

Yüklə 25,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin