Bir o`lchovli massivlar. Massiv bu bir tipli nomerlangan ma`lumotlar jamlanmasidir. Massiv indeksli o`zgaruvchi tushunchasiga mos keladi. Massiv ta`riflanganda tipi, nomi va indekslar chegarasi ko`rsatiladi. Masalan, long int a[5]; char w[200]; double f[4][5][7]; char[7][200]. Massiv indekslar har doim 0 dan boshlanadi. C ++ tili standarti bo`yicha indekslar soni 31 tagacha bo`lishi mumkin, lekin amalda bir o`lchovli va ikki o`lchovli massivlar qo`llaniladi. Bir o`lchovli massivlarga matematikada vektor tushunchasi mos keladi. Massivning int z[3] shakldagi ta`rifi, int tipiga tegishli z[0],z[1],z[2] elementlardan iborat massivni aniqlaydi. Massivlar ta`riflanganda initsializatsiya qilinishi, ya`ni boshlang`ich qiymatlarlari ko`rsatilishi mumkin. Masalan, float C[]={1,-1,2,10,-12.5}; Bu misolda massiv chegarasi avtomatik aniqlanadi. Agar massiv initsializatsiya qilinganda elementlar chegarasi ko`rsatilgan bo`lsa , ro`yxatdagi elementlar soni bu chegaradan kam bo`lishi mumkin, lekin ortiq bo`lishi mumkin emas. Masalan, int A[5]={2,-2}. Bu holda a[0] va a[1] qiymatlari aniqlangan bo`lib, mos holda 2 va –2 ga teng.
Borland C++ Builder6 ning intеgrаllаshgаn sоhаsi dаstur mаtnini kiritish, uni tаhrirlаsh, nаtijаlаrini sаqlаsh, dаsturni bаjаrish kаbi imkоniyatlаrni bеrаdi.
Borland C++ Builder6 tizimi – bu murakkab mexanizm bolib, C++ tilidan foydalanib dasturchining ishini yengillashtirishda katta imkoniyatlarga ega. Bu muhit bir vaqtning o‘zida ochilgan 5ta asosiy oyna bilan ishlash imkonini beradi:
Asosiy oyna;
Asosiy oyna – Borland C++ Builder6ning ilova oynasidir va u tizmning barcha oynalarida mavjuddir. Bu oyna boshqaruvning asosiy funktsiyalarini bajaradi. Asosiy oynaning o‘ng tarafida komponentalarning palitrasi(guruhi) joylashgan: BDE, Standart, Additional va boshqa guruhlardan tashkil topgan.
Bu komponentalar asosida Forma dizayni tuziladi, y’ani «Forma» oynasida oynalar, ro‘yxatlar, tugmalar yaratiladi. Bunda tizimning maxsus tahrirlovchisi yordam beradi.
Forma oynasi -dasturning Windows oynasi loyihasi hisoblanadi. Bu oynaga dasturni bajarish jarayonida zarur bo‘lgan komponentalar joylashtiriladi va bu oyna vizual dasturlashning asosini tashkil qiladi. Boshlang‘ich oyna nomi Form1 standart nomiga ega bo‘ladi.