1-ilova №202 y. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Kredit mohiyati ahamiyati va turlari



Yüklə 143,94 Kb.
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü143,94 Kb.
#183178
1   2   3   4   5   6
Tijоrat banklarining kredit siyosati va unga qo’yilgan talablar

Kredit mohiyati ahamiyati va turlari

Kredit – bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini pul egasi yoki boshqalar tomonidan ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir.
Kreditning mavjudligi takror ishlab chiqarish jaryonida pul mablag‘larining (kapitalning) aylanishi bilan bog‘liq. Takror ishlab chiqarish jaryonining biror joyida vaqtincha bo‘shab qolgan mablag‘lar, takror ishlab chiqarishning boshqa biror joyida kerak bo‘lib turganda, bo‘sh mablag‘lar kredit manbai sifatida paydo bo‘ladi. Bozor munosabatlarining boshlang‘ich davrlarida mablag‘larga talab ko‘payadi. Shuning uchun ham hozir kredit xalq xo‘jaligi tarmoq korxonalarini rivojlantirishda, umuman pul aylanmasini tashkil etishda ahamiyati katta.
Kredit resurslarining asosiy manbalari:
– korxona, tashkilotlarning bankdagi amartizatsiya ajratmalari;
–takror aylanish jarayonida korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari;
–korxonalarning fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish va boshqa fondlar mablag‘lari;
–aholining bankdagi omonatda saqalanayotgan mablag‘lari;
–budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining banklardagi pul mablag‘lari. Kreditni tijorat banklari, korxona va tashkilotlar, kredit uyushmalari, investitsiya jamg‘armalari, davlat, fi rmalar, sug‘urta kompaniyalari berishi mumkin.
Statistikada kreditlar bir necha belgilari bo‘yicha guruhlanishi mumkin: Kreditning maqsadi bo‘yicha: iste’mol krediti, sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi, kommunal kredit va boshqalar.
Kredit miqdori bo‘yicha kreditlar: mayda, o‘rta va yirik (katta) hajmdagi kreditlarga bo‘linadi. Katta hajmdagi kreditlar ko‘pincha asosiy vositalarni modernizatsiya qilishga, kapital qo‘yilmalarga beriladi. Ta’minot darajasi bo‘yicha kreditlar: ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlangan kreditlar aniq bir moddiy yoki nomoddiy boyliklar bilan garovga qo‘yilib yoki sug‘urta qilinib qaytarilishi kafolatlangan bo‘ladi.
Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi subyektlar raqobatda yengilmaslik uchun, ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashlari lozim. Buning uchun zamonaviy asbob-uskunalar, taxnikaga, yetarli darajada xomashyo, materiallar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak bo‘ladi.
Shuning uchun ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalarini yangilashga aylanma mablag‘larini to‘ldirishga, hamda turli to‘lov summalarini (soliq to‘lovlari, olingan xomashyo, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun) amalga oshirish uchun kredit olishga majbur bo‘ladilar.
Kreditning ahamiyati quyidagilardan kelib chiqadi:
– kredit yordamida bo‘sh turgan pul mablag‘lari jamg‘ariladi va harakatdagi pulga (kapital) aylantiriladi. Natijada pul muomalasining baraqarorlashuviga olib keladi;
– kredit vositasida pul mablag‘lari tarmoqlar (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, maorif, sog‘liqni-saqlash va boshqalar), korxonalar va aholi o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Natijada pul mablag‘lari ular o‘rtasida erkin ko‘chib yuradi;
– kredit yordamida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonning doiraviy aylanishi ishlab chiqarish va boshqa sohalarning uzluksizligi ta’minlanadi;
– kredit vositasida ishlab chiqarishning rivojlanishi, hamda mamlakat miqyosida iqtisodiy o‘sish imkoniyati yaratiladi.
Bank kreditlari ma’lum muddatga, foizi bilan qaytarib berish va kreditning ta’minlanganlik tamoyillari asosida beriladi.
Kreditning qaytarib berishligi, uni moliyadan farqlaydi. Kredit ma’lum muddatga berilib, muddat o‘tgandan so‘ng to‘liq qaytarib berilishi lozim.
Kredit ma’lum muddatga (bir oyga, uch oy, olti oy, bir yil va undan uzoq muddatlarga) beriladi. Kredit muddati bank va mijoz tomonidan kelishib, kredit shartnomasida qayd qilinadi.
Mijoz kreditdan foydalanganlik uchun bankga haq to‘laydi. Bu summa kredit foizi (ssuda foizi) sifatida hisoblab chiqiladi. Bank bergan kredit summasi ta’minlangan bo‘lishi lozim. Demak mijoz olayotgan bank kreditining qaytarilishi kafolatlangan bo‘lishi lozim. Bank kreditining ta’minlanishi: kredit olgan mijozning mol-mulkini garovga quyish yo‘li bilan, uchinchi shaxs kafolati (kafi lligi) yoki sug‘urta kompaniyalari kreditni sug‘urtalash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin.
Kredit ma’lum maqsad uchun beriladi. Kreditning nima uchun berilganligi kredit shartnomasida ko‘rsatiladi. Berilgan kreditni mijoz ana shu maqsad uchun ishlatishi lozim. Kreditning maqsad bo‘yicha ishlatishini bank nazorat qilib boradi. Agarda mijozning berilgan kreditni boshqa maqsadlar uchun ishlatilganligi aniqlansa, kredit berish to‘xtatiladi va berilgan kreditni muddatidan oldin qaytarib olish choralari ko‘riladi.
Mijoz olingan kreditdan samarali foydalanishi lozim. Kreditdan samarali foydalanib, mijoz nafaqat olgan kreditini foizi bilan (ma’lum haq bilan) qaytarishi, balki mijozning o‘zi ham faoliyatini rivojlantirishi natijasida daromad (foyda) olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham kredit berishdan oldin, bankning kredit bo‘limi mutaxassislari, mijoz taqdim qilgan ma’lumotlar asosida, mijozning kreditni qaytarish (to‘lov) qobiliyatini hisoblaydi hamda biznes-rejasini o‘rganadi.
Tijorat bank kreditlarini turli belgilari bo‘yicha tasnifl ash (guruhlarga ajratish) mumkin.
Kredit nima maqsadda berilganiga qarab:
– kapital qo‘yilmalarga: binolarni va boshqa obyektlarni qurish, asbobuskunalarni sotib olish, asosiy vositalarni qayta qurish yoki qayta jihozlash, kapital ta’mirlashga sarfl ash uchun;
– aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun. Bunda xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va boshqa joriy aktivlar sotib olish uchun sarfl anadi;
– muomala fondlarini to‘ldirish uchun. Bunday kreditlar tovarlarni sotib olish, saqlash va sotish jarayonlarini amalga oshirish uchun sarfl anadi.
Kreditning berlishi va qaytarilish muddatlariga qarab: Qisqa va uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi.
Qisqa muddatli kreditlar bir yil muddatgacha beriladi. Qisqa muddatli kreditlar tovar-moddiy boyliklarni sotib olish va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladi. Bunday kreditlarni aylanma mablag‘lari yetishmayotgan subyektlar oladi.
Uzoq muddatli kreditlar asosan kapital qo‘yilmalar uchun olinib, asosiy vositalarni qurish, sotib olish, modernizatsiyalash uchun sarfl anadi. Bunday kreditlar uch yildan ko‘proq muddatga beriladi.



Yüklə 143,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin