1-ilova №202 y. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 143,94 Kb.
səhifə1/6
tarix16.12.2023
ölçüsü143,94 Kb.
#183178
  1   2   3   4   5   6
Tijоrat banklarining kredit siyosati va unga qo’yilgan talablar


1-ilova
__ __ __202_y.
______________


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SIRTQI” FAKULTETI


MOLIYA-KREDIT” KAFEDRASI


BANK ISHI” BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHI


BO‘YICHA ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTI
(SIRQTI TA’LIM SHAKLI UCHUN)
Kurs ishi
Mavzu: Tijоrat banklarining kredit siyosati va unga qo’yilgan talablar
Bajardi: Tashpulatova G. Sh.
Ilmiy rahbar: Sobirov M.


Toshkent – 2022
Tijоrat banklarining kredit siyosati va unga qo’yilgan talablar

Rеjа:
Kirish



  1. Kredit mohiyati ahamiyati va turlari

  2. Bank kreditlarining ta’minlanganligi tahlili

  3. Tijoarat banklarning kredit siyosati

  4. Tijoarat banklarida kreditga qoyilgan talablar

  5. Xulosa

  6. Foydalanilgan adabiyotlar



Kirish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank faoliyatining barqarorligi, uning raqobatbardoshliligi va istiqbollari ko‘p jihatdan o‘tgan davrda erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni aniqlashga bog‘liq. Istiqbolni belgilash tahlilga asoslanmog‘i lozim.
«Bank faoliyati tahlili» fani bank faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni uzluksiz ravishda o‘rganadi.
O‘rganishda ko‘rsatkichlarni guruhlash, taqqoslash, bog‘lash, induksiya, deduksiya, sintez, korreliyatsiya – regrission tahlil kabi usullardan foydalaniladi.
Tahlil natijasida erishilgan yutuqlarning sabablari, faoliyatning samarali va samarasiz qirralari o‘rganiladi hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqish imkoniyatlari yaratiladi. Tahlil jarayoni faoliyatning asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi, va u bankning likvidliligi, daromadliligini oshirish va mijozlar ishonchini qozonishga asos bo‘ladi.
«Bank faoliyati tahlili» fanidan o‘z va chetdan jalb etilgan mablag‘lari tarkibi tuzilmasi, dinamikasi va ular o‘rtasidagi mutanosibliklar o‘rganiladi.
Bank aktivlari tahlilga keng e’tibor qaratiladi. Asosiy maqsad yuqori foyda olishdan iboratligini inobatga olgan holda bank daromadlari va xarajatlari tarkibini o‘rganadi. Foydani tashkil etish va unga ta’sir etuvchi omillar tahlil qilinadi.
Keyingi yillarda banklar tomonidan to‘lanadigan soliqlarning turlari, ularning faoliyat samaradorligiga ta’siri chuqur talqin qilindi.
Banklarning raqobatbardoshligini aniqlashda ularning likvidliligi va to‘lov qobiliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Tahlil davomida banklarning likvidliligi va to‘lov qobiliyatiga ta’sir etuv chi omillar to‘liq o‘rganiladi. Har qanday tahlildan maqsad kamchiliklarni aniqlash va ularni tugatish chora-tadbirlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
«Bank faoliyati tahlili» fani «Pul, kredit va banklar», nazariy fanining amaliy davomi bo‘lib, «Bank ishi, «Bank menejmenti va marketingi», «Bank auditi», «Banklarda buxgalteriya hisobi» kabi fanlar bilan uzviy ravishda bog‘liq holda o‘rganiladi.
O‘quv qo‘llanma, «Banklar faoliyati tahlili» jarayonlarini o‘rganishda iqtisodiy yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim olayotgan oliy o‘quv yurtlari va kollejlar talabalari, qiziquvchi iqtisodchilarga xizmat qiladi. Oliy o‘quv yurtlari talabalari, auditorlar, bank xodimlari va boshqa qiziquvchilar uchun ham foyda keltiradi degan umiddamiz.




  1. Yüklə 143,94 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin