1-ilova №202 y. O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Tijorat banklari tushunchasi va uning turlari



Yüklə 156,42 Kb.
səhifə2/10
tarix16.12.2023
ölçüsü156,42 Kb.
#183173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Akramova D. X kurs ishi

Tijorat banklari tushunchasi va uning turlari
Tijorat-banki-korxonalar, tashkilotlar, fuqarolarga universal bank xizmatlari (hisob-kitob, toʻlov operatsiyalari, qoʻyilmalarni jalb etish, omonatlarni saqlash, ssudalar berish, shuningdek, qimmatli qogʻozlar bozoridagi operatsiyalar) koʻrsatadigan yirik kredit muassasasi. Tijorat banki bank harakatlarini amalga oshirish uchun pul mablaglarini, asosan, qoʻyilmalar (omonatlar), banklararo kreditlar, oʻz aksiya va obligatsiyalarini chiqarish hisobiga shakllantiradi. Oʻzbekistonda dastlabki tijorat banklari Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olganidan keyin, 19-asr oxirlarida rus kapitali ishtirokida paydo boʻlgan va 1917-yildagi Oktyabr toʻntarishiga qadar faoliyat koʻrsatgan. 20-asrning 90-yillari boshidan, mustaqillikdan keyin respublikada Tijorat bankilari qayta paydo boʻldi.
Oʻzbekistonda Markaziy bank Tijorat banki faoliyati uchun litsenziya beradi va uning ishini nazorat qiladi. Tijorat banklari mulkchilikning turli shakllari asosida - davlat ishtirokidagi, davlat aksiyadorlik, ochiq va yopiq aksiyadorlik jamiyatlari tarzida tashkil etilgan. Respublika hududida 33 ta Tijorat banki, faoliyat koʻrsatadi (2003). Ulardan 2 tasi davlat banki, 3 tasi davlat aksiyadorlik Tijorat banki 12 tasi xususiy bank, 4 tasi chet el kapitali ishtirokidagi banklar va 1 tasi shoʻʼba bankdir. Mazkur banklarning respublika hududida faoliyat koʻrsatayotgan 800 dan ortiq, filiallari va 690 dan ortiq minibanklari bor. Respublikada 7 chet el Tijorat bankilari, 4 xalqaro moliya tashkilotlarining vakolatxonalari faoliyat koʻrsatadi. Tijorat banki faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining "Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida" (1996, 25 apr.) qonuniga muvofiq tartibga solinadi.
Tijorat banklarining asosiy faoliyati va uning tahlili
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday faoliyat yurituvchi korxona faoliyati tahlilidan asosiy maqsad faoliyat samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Bank faoliyati tahlilini amalga oshirishning bosh maqsadi, bank faoliyati samaradorligini oshirishga erishishdan iboratdir.
Bank faoliyati natijasida olinadigan sof foydaning miqdori oshishini ta’minlash, omonatchilar va kreditorlarning ishonchini qozonish va bank aksionerlariga to‘lanadigan dividentlar miqdorini oshirib borish uchun bank faoliyati domiy va uzluksiz ravishda tahlil qilib borilishi lozim.
Bosh maqsadga erishish uchun bank faoliyatining barcha jihatlari uzluksiz ravishda tahlil etilishi, uning natijalari to‘g‘ri va aniq talqin qilingan holda Bank Boshqaruviga xulosa chiqarish va qaror qabul qilish uchun muntazam ravishda taqdim etib borilmog‘i lozim. Bank strategiyasini belgilash, Bank Boshqaruvi, Kuzatuv kengashi va Aksionerlarning umumiy yig‘ilishi qarorlari ham bank faoliyati tahliliga asoslanadi va ushbu qabul qilingan qarorlar samaradorligini belgilab beradi.
Bank faoliyati tahlilining bosh maqsadiga erishish uchun quyidagilarga e’tibor qaratiladi:

Yüklə 156,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin