1-ilova
3- mavzu: O‘quvchi shaxsi tarbiyaning ob’ekti va sub’ekti sifatida
(Seminar mashg‘uloti ishlanmasi 2 soat)
Reja
1.Shaxs tushunchasi. Shaxs rivojlanishi.
2.Shaxs shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar.
3.Shaxs rivojining yosh davrlari.
4.
Shaxs rivojlanishining gender xususiyatlari.
5.
Shaxsning ijtimoiylashuvi.
Talabalarni mashg’ulot bo’yicha baholash mezonlari
Maksimal: 0,6 ball
1. Adabiyotlar bilan ishlash va savol-javobda ishtirok etish -0,2ball
2. Amaliy topshiriqlarni bajarish-0,4ball
2-
ilova
3-
ilova
1-topshiriq. Muhokama uchun savol: Shaxsni shakllanishiga ta’sir etuvchi
omillarga 100% ballni qanday taqsimlaysiz va nima uchun? Javobingizni
dalillar asosida isbotlang.
Biologik omil
Ijtimoiy muhit
Tarbiya
4-ilova
2-topshiriq. Shaxs shakllanishiga oid turli yondashuvlarni
“Muqobilini tanlash” metodi orqali aniqlash.
1. Psixologik
yondashuv
inson tabiiy mavjudot bo‘lib, uning
butun xatti-harakatlari
tug‘ma instinkt va ehtiyojlar natijasidir. Inson jamiyat talablariga
bo‘ysunishga majbur, shu bilan birga
tabiiy ehtiyojlarini ham
namoyon qilib boradi.
2. Yaxlit
yondashuv
inson biologik mavjudot sifatida tug‘iladi,
faqat hayotiy
faoliyati davomida boshqalar bilan doimiy muloqot va ijtimoiy
guruhlarning ta’siri ostida ijtimoiylashadi.
3. Biologik
yondashuv
insondagi psixik jarayonlar (sezgi, idrok, fikrlash kabilar) tabiiy
tavsifga ega, insonning yo‘nalganligi - qiziqishlari, qobiliyatlari
ijtimoiy hodisa sanaladi.