1-ilova. O'Zbekiston respublikasi oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi toshkent arxitektura-qurilish universiteti



Yüklə 115,4 Kb.
səhifə9/16
tarix28.12.2023
ölçüsü115,4 Kb.
#201015
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
1-ilova. O\'Zbekiston respublikasi oliy ta\'lim, fan va innovasiya-fayllar.org

Monopol hokimiyat. Firma monopol hokimiyatga ega bo`ladi, qachonki u o`zining sotadigan tovari narxiga ta`sir qilaolsa, ya`ni o`zgartiraolsa. Monopol hokimiyat darajasi ushbu tovar o`rnini bosuvchi tovarning mavjudligi va tovarning bozordagi ulushi bilan belgilanadi. Monopol hokimiyatga ega bo`lish uchun firmaning sof monopolist bo`lishi shart emas. Firma mahsulotiga bo`lgan talab chizig`i raqobatlashgan bozordagiday garizontal bo`lmasdan, pastga yotiq bo`lishi kifoyadir. Agar talab chizig`i pastga yotiq bo`lsa, firma taklif hajmini oshirib yoki kamaytirib, mahsulot narxini o`zgartirishi mumkin.
Umumun olganda monopolist narxni nazorat qilishidan yutuqqa ega bo`ladi. Monopolistning taklifi raqobatlashgan bozor taklifiga ko`ra kam bo`ladi, tovar narxi esa, raqobatlashgan narxga nisbatan yuqori bo`ladi (monopol narx chekli xarajatdan yuqori). Tovarlarni monopol narxda sotilishi jamiyat xarajatini ko`paytiradi, aholining turmush darajasiga salbiy ta`sir ko`rsatadi. Nima uchun deganda, ushbu tovarni sotib oluvchilar ko`proq pul sarflaydi, shu tovarni sotib oluvchilar soni ham kamayadi. Shuning uchun ham monopoliyaga qarshi qonun, bozorlarni monopoliyaga aylantirishga yo`l qo`ymaydi.
Monopolist mahsulotiga talab. Raqobatlashgan bozorda firma maksimal foyda oladi, agar u chekli daromad chekli xarajatga teng holatni ta’minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsa. MR=MC
Bunday mahsulot hajmi optimal bo`ladi. Monopolist ham shu optimal ishlab chiqarish shartiga amal qilishi kerak bo`ladi. Sof monopolist tovariga bo`lgan talab ham bozor talabi hisoblanadi. Monopolist o`z tovari narxini oshirsa unga talab kamayadi va aksincha, monopolist tovar narxini tushirsa unga talab ortadi.
Xuddi shunday sof monopolist taklifi ham bozor taklifi hisoblanadi. Masalan tovar ishlab chiqarishning o`zgaruvchan xarajatlari oshsa, monopolist maksimal foyda olish uchun tovar hajmini qisqartiradi. Taklif hajmining qisqarishi va xaridorlar o`rtasida raqobatning mavjudligi tovar narxini oshiradi.
Raqobatlashgan bozorda firmaning chekli daromadi mahsulot narxiga teng MR=P va talab chizig`i gorizontal bo`lsa, monopol bozorda monopolist mahsulotiga bo`lgan talab chizig`i pastga yotiqroq va monopolistning chekli daromadi har doim narxdan kichik bo`ladi MR
. (14.1-rasm)

Monopol firmaning mahsulotiga talab bilan uning chekli va umumiy daromadi o`rtasidagi bog`liqliklarni quyidagi rasmda ko`rish mumkin. Talab chizig`ining elastik qismida chekli daromad
MR>0 bo`lgani uchun monopolist mahsulot hajmini noldan, uning umumiy daromadi TR oshadi.
(
Q * miqdorga oshirganda )

(14.1-rasm). Sof monopoliyada firmaning mahsulotiga talab, uning chekli va umumiy daromadi.


Talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismida chekli daromad manfiy, ya`ni
MR<0 bo`lgani uchun, talab chizig`ining ushbu qismida ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy daromadni kamaytiradi. Shuning uchun ham monopolist talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismidan qochishga harakat qiladi.
Agar monopolistning talab chizig`i raqobatlashgan bozordagi singari gorizontal bo`lganda edi, u tovar hajmini o`zgartirishi bilan narxga ta`sir qila olmas edi. Monopollashgan bozorda taklif chizig`i ma`noga ega emas. Nima uchun deganda, ishlab chiqariladigan mahsulot (taklif) miqdori bilan A narx o`rtasida proportsional bog`liqlik yo`q. Monopolistning qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishi nafaqat chekli xarajatga bog`liq, balki talab chizig`ining shakliga ham bog`liq bo`ladi.
Monopol bozorda talabning o`zgarishi narxning va taklifning raqobatlashgan bozordagiday proportsional o`zgarishiga olib kelmaydi. Monopolist, talab o`zgarganda mahsulot hajmini o`zgartirmasdan narxni o`zgartirishi yoki narxni o`zgartirmasdan mahsulot hajmini yoki bir vaqtning o`zida narxni hamda mahsulot miqdorini o`zgartirish mumkin. Monopolistning maqsadi maksimal foyda olish bo`lsa, u tovar narxini xohlagancha oshira olmaydi. Narx oshishi bilan mahsulotga talab kamayib boradi, narx oshishi ma`lum darajaga etganda umumiy daromad umumiy xarajatni qoplamaydi. Monopolist qanday narx strategiyasini tutishini bilish uchun daromadning narxga ko`ra talab elastikligi bilan qanday bog`liqligini eslash zarur bo`ladi. Talab chizig`ining elastik bo`lgan qismida ( E>1) narxning pasayishi umumiy daromadni o`sishiga olib keladi ( MR>0) elastiklik birga teng bo`lganda ( E=1) umumiy daromad maksimumga erishadi (MR=0), elastik bo`lmagan qismida narxning pasayishi umumiy daromadni pasayishiga olib keladi MR  0. Shu sababli monopolist talab chizig`ining elastik bo`lmagan qismida harakat qilmaydi.
Monopolist ham raqobatlashgan bozordagi firma kabi chekli harakat bilan chekli daromadni tengligini ta`minlaydigan hajmda mahsulot ishlab chiqarsagina maksimal foyda olishi mumkin .

(14.2-rasm) MC=MR bo`lganda foydani maksi mallashtirish grafigi.


Rasmda monopolistning o`rtacha daromad chizig`i bipor talabi chizig`ini beradi. Mahsulot narxi shu mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq funktsiya. Grafikdan ko`rinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi Q* ga teng bo`lganda chekli xarajat chekli daromadga teng bo`ladi. Talab chizig`idan foydalanib mahsulot hajmi Q* ga mos bo`lgan bir birlik mahsulotning monopol narxi P*ni aniqlaymiz. Ushbu Q* ga teng bo`lgan mahsulot hajmida foyda maksimal bo`lishini ko`rsatamiz. Ma`lumki, raqobatlashgan bozorda muvozanatlik E nuqtada erishiladi. Grafikda E nuqta muvozanat nuqta va unga mos keladigan ishlab chiqarish hajmi Q va narx P Faraz qilaylik, monopolist ishlab chiqargan mahsulot miqdori Q1 bo`lsin va u Q* dan kichik Q1  Q * , bu holatga mos keladigan narx P1 ham P* dan yuqori va chekli daromad chekli xarajatdan katta MR  MC
Monopolist mahsulot hajmini Q1 dan oshirsa, u har bir birlik qo`shimcha ishlab chiqargan mahsuloti uchun MR  MC ga teng bo`lgan qo`shimcha foyda olishi mumkin, ya`ni u o`zining umumiy daromadini oshirishi mumkin. Monopolist mahsulot hajmini oshirib, umumiy foydani oshirishi mumkin to mahsulot hajmi Q* ga teng bo`lgunga qadar, mahsulot hajmi Q* ga teng bo`lganda, keyingi qo`shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan tushadigan daromad nolga teng, nima uchun deganda MR  MC bo`ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish hajmi Q1 ga teng bo`lganda monopolistning umumiy foydasi rasmdagi shtrixlangan FKM sohaga teng bo`lgan miqdorga kamayadi. Monopolist uchun Q2 miqdorda mahsulot ishlab chiqarish ham uning umumiy foydasini kamaytiradi. Q2 hajmda chekli xarajatlar chekli daromadlardan yuqori MC  MR. Agar monopolist ishlab chiqarish hajmini Q2 ga nisbatan kamaytirsa, u o`zining umumiy foydasini MC  MR miqdorga oshirgan bo`lardi. Monopolist mahsulot hajmini Q2 dan Q* ga qadar qisqartirishi natijasida umumiy foydani MEL shtrixlangan soha miqdorida oshirishi mumkin. Q* hajmdan keyin mahsulot hajmini qo`shimcha birlikka qisqartirilishi umumiy foydani oshirmaydi ( MC  MR bo`ladi). Rasmda Q  0 bilan Q* va MC hamda MR chiziqlar oralig`idagi soha monopolistik tomonidan kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarib o`ta yuqori narxda sotish munosabati bilan yo`qotiladigan foydani ifodalasa, mahsulot hajmi Q* dan katta bo`lgandagi va MC bilan MR oralig`idagi soha nihoyatda ko`p mahsulot ishlab chiqarib Q  Q * , past narxlarda sotilishi natijasida yo`qotiladigan foydani ifodalaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmi Q* foydani maksimal qiladigan hajm ekanligini matematik nuqtai nazardan ham ko`rsatish mumkin. Umumiy foydani  bilan belgilasak  Q  TRQ TCQ, va bu munosabatdan Q bo`yicha hosila olib, uni nolga tenglashtirib echamiz: d   dQ dR  dC dQ dQ  0. Bu yerda dR  MR dQ dC  MC dQ bo`lgani uchun ham foydani maksimallashtirish sharti MR  MC  0 yoki MR  MC bo`ladi.
Misol 1. Quyidagi ko`rinishdagi xarajatlar funktsiyasi berilgan bo`lsin TCQ  80  Q 2 , o`zgarmas xarajat TFC  80 so`m, o`rtacha xarajat esa ATC  80  Q Q va bo`ladi. Talab funktsiyasi quyidagicha berilgan bo`lsin: Q  60  P(Q) yoki P(Q)  60  Q. U holda daromad: aniqlanadi. TR(Q)  Q  P(Q)  60Q  Q 2 ko`rinishda Chekli daromad: MR  TR  60  2 Q Q Chekli xarajat: MC   T C Q  2 Q .
Maksimallik shartiga ko`ra MC  MR dan 2Q  60  2Q bu tenglikdan aniqlash mumkinki, Q *  15 bo`lganda foyda maksimal miqdorga ega bo`ladi. Mahsulot narxi Umumiy foyda: Q *  15 da P  45 so`mga teng.  Q TR(Q )  TC(Q )  P Q  TC(Q )  4515  305  370 so`m.
Faraz qilaylik, monopolist Q *  15 birlik mahsulot o`rniga Q  16 birlik ishlab chiqardi deylik. Hisob-kitoblar natijasida quyidagilarni aniqlaymiz. TC  80  Q 2  80  256  336, P  44, TR  44 16  704, foyda  (16)  704  336  368 so`m.
Demak, monopolist mahsulot hajmini maksimal foyda beradigan hajm 15 birlikdan oshirsa, ya`ni 16 birlik ishlab chiqarsa uning foydasi 2 so`mga kamayadi.
Xuddi shunday monopolist ishlab chiqarish hajmini 15 birlikdan 14 birlikka kamaytirsa, narx ko`tarilib 46 so`m bo`ladi va umumiy foyda 370 so`mdan 368 so`mga kamayadi. Demak, bunday holni tushungan monopolist mahsulot ishlab chiqarishda bu qoidaga amal qiladi.

Monopol hokimiyat va jamiyat farovonligI - Monopol hokimiyatda narx chekli xarajatdan yuqori bo`ladi. Monopol hokimiyatda narx oshadi, ishlab chiqarish hajmi kamayadi, natijada bu firmaning daromadini oshishiga va iste`molchilar turmush darajasining pasayishiga olib kelishi mumkin. Iste`molchilar va ishlab chiqaruvchilar ortiqchalarini monopol va raqobatlashgan bozor sharoitlarida qaraymiz (14.3-rasm).



14.3-rasm. Monopol hokimiyatidan olinadigan zararni ifodalovchi grafik
Raqobatlashgan bozordagi ishlab chiqaruvchilar va monopol ishlab chiqarishning chekli xarajatlari MC bir xil deb faraz qilaylik. 14.3- rasmda monopolistning o`rtacha va chekli daromadlar chiziqlari va chekli xarajatlari chizig`i ko`rsatilgan.
AR, MR Ma`lumki, monopolist o`z foydasini MC  MR bo`lishini (V nuqta) ta`minlaydigan ishlab chiqarish hajmida maksimallashtiradi. Monopolistning optimal ishlab chiqarish hajmi Qm ga va u belgilaydigan narx Pm ga teng.
Raqobatlashgan bozorda P  MC bo`lgandagi ishlab chiqarish hajmi maksimal foydani ta`minlaydi va talab chizig`i (14.3-rasmda bu o`rtacha daromad AR chizig`i) bilan taklif chizig`i (14.3-rasmda MC chizig`i) kesishgan nuqta E da muvozanat narx Pe va muvozanat ishlab chiqarish hajmi Qe aniqlanadi.
Monopol narxda iste`molchilar kamroq mahsulot sotib oladilar. Mahsulotni monopol narxda sotib olgan xaridorlar o`zlarining iste`mol ortiqchasining ma`lum qismini yo`qotadi, bu yo`qotish 4-rasmda Pe Pm AC to`g`ri to`rtburchak yuzasiga teng. Mahsulotni Pe narxda sotib olishni xohlagan, lekin Pm narxda sotib olaolmagan iste`molchilar ham, iste`mol ortiqchasining qismini yo`qotadi, 14-3-rasmda bu yo`qotish AEC uchburchakyuzasiga teng. Iste`molchilarning iste`mol ortiqchasining umumiy yo`qotishi PePm AC to`rtburchak yuzi bilan AEB uchburchak yuzi yig`indisiga teng. Ishlab chiqaruvchi esa mahsulotni yuqori Pm narxda sotib PePm AC to`rtburchak yuzi bilan ifodalangan foydani oladi, ammo, shu bilan birga u ishlab chiqarish ortiqchasining BCE uchburchak yuzasiga teng bo`lgan qismini yo`qotadi, ya`ni u qo`shimcha Qe  Qm  birlik mahsulot ishlab chiqarib, uni qo`shimcha foydasini yo`qotadi. Pe narxda sotib olish mumkin bo`lgan.
Shunday qilib, ishlab chiqaruvchining umumiy foydasi PePm AC to`rt to`rtburchak yuzidan, BCE uchburchak yuzasini ayirmasiga teng. Endi ishlab chiqaruvchining umumiy foydasidan iste`molchi yo`qotgan iste`mol ortiqchasini ayirsak ABE  AEC  BCE, AB E uchburchak yuzasiga teng bo`lgan sof yo`qotishni olamiz. Bu sof yo`qotish, monopol hokimiyatidan kelib chiqadi. ABE uchburchak yuzasiga teng sof yo`qotish monopoliyaning ―o`lik yuki‖ bo`lib, u jamiyatning yo`qotishi yoki jamiyatning monopoliyadan ko`radigan zararini ifodalaydi. Monopol firma o`z monopoliyasini saqlab qolish uchun, boshqa firmalarni tarmoqga kirishga to`siqlar yaratish uchun yana xarajatlar qilsa, u bu bilan jamiyat yo`qotishlarini yanada oshirishi mumkin.



Yüklə 115,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin