1. Imom abu mansur al Moturudiy hayot yo’li Abu Mansur Al-Motrudiy buyuk kalom imomi


الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ (3)



Yüklə 31,43 Kb.
səhifə4/5
tarix14.10.2023
ölçüsü31,43 Kb.
#155322
1   2   3   4   5
1. Imom abu mansur al Moturudiy hayot yo’li Abu Mansur Al-Motrud-fayllar.org

الَّذِينَ يُؤْمِنُونَ بِالْغَيْبِ (3)
«Ular g’aybga imon keltiradilar» oyati barcha toat-ibodatlar imondir deydiganlarga raddiyadir. Chunki, oyatda namoz, zakot kabi toat-ibodatlar zikr etilmasdan, mo’minlarning g’aybga imon keltirganlari uchun ularga imon nomi o’rnatilib, bu nom ularga mansub qilinmoqda1.
(وَمِنَ النَّاسِ مَنْ يَقُولُ آمَنَّا بِاللَّهِ وَبِالْيَوْمِ الْآخِرِ وَمَاهُمْ بِمُؤْمِنِينَ (8)
Shuningdek, Baqara surasi 8 oyatida kishilarning orasida tilda imon keltirdik deydiganlar bor bo’lib, ularni imon sohibi emasliklari ya’ni mo’min emasliklarini zikr etilishiga ko’ra imon bu qalb bilan tasdiqlash ekanligini ta’kidlaydi. Hamda ushbu mazmundagi oyatlar karromiylarga raddiya ekanini zikr etadi, chunki ular imon bu til bilan iqror bo’lish bo’lib, dil bilan tasdiqlash kirmaydi, deganlar2.
Imom Moturidiy xorijiylar, mo’’taziliylar, karromiylar, hashaviylar oqimlarining imon haqidagi qarashlarini botil ekanligini zikr etib, Qur’onda ko’p zikr etilgan “Ey, imon keltirganlar...” jumlasining o’zi imonning tasdiq ekanligi va qalbda bo’lishiga dalil qilib keltirgan. Shuningdek, imon bu ma’lum chegaraga ega nom ekanligini aytadi3.
Moturidiylik ta’limotining yirik namoyandasi bo’lmish Abul-Mu’in an-Nasafiy ham imon masalasiga xuddi shu kabi uslubda yondashgan.Ya’ni u “imon” so’zining ma’nosi arab tilida “tasdiqlash” ekanini zikr etib, so’ng uning ma’nosiga amalni kiritganlarga qarata shunday deydi: “agar har bir so’zni lug’aviy ma’nosidan boshqa ma’noga naql etilaversa, unda Qur’on va sunnada ko’p so’zlarni boshqa ma’nolarga naql etish mumkin bo’lib, ma’nolar buzilib ketardi”.
Imonning ziyoda va noqis bo’lishi mumkinligi hanafiylik-moturidiylik ta’limotida o’rnatilmagan, balki har bir kishining imoni komil imon sanalishi, toat va ibodat yoki gunoh ma’siyat bilan imonning aynan o’zi ko’paymasligi va kamaymasligi dalillar bilan isbotlangan.
Jumladan, imom Moturidiy bu haqda shunday deydi:
Qur’on oyatidagi “imonlari ziyoda bo’ldi” jumlasi adad yoki ayni imonning o’zida ziyodalikni bildirmaydi, balki uning sharafi fazilati oshgani ziyoda bo’lganini bildiradi. Masalan “jamoat bilan namoz o’qilgan namoz yolg’iz o’qilgan namozdan yigirma besh barobar darajasi afzaldur” hadisida ham aynan namozning adadi ziyoda bo’lishi nazarda tutilmagan, balki sharafi va fazilati ziyodaligi nazarda tutilgandir. Xuddi shu kabi imonning amallar jihatidan ziyoda bo’lishi ham uning sharafi, fazilati, kamoli ziyodalashishiga dalolat qiladi. Amallar imon jinsidan emasdir, u tasdiqlashdan iboratdir.4
Boshqa o’rinda esa, Abu Hanifaning “umumiy tarzda imon keltirganlaridan so’ng tafsiriy tarzda ziyoda bo’ldi”, so’zini hamda “ahli kitoblarning ilgari o’tgan kitoblarga va payg’ambarlarga imonlari bilan birga, Muhammad (alayhis-salom) ga va unga nozil bo’lgan Kitobga imon keltirishlari bilan imonlari ziyoda bo’ldi”, ya’ni bunda ahli kitoblarga tegishli bo’ladi, shuningdek, “ularning (sahobiylarning) imonlari yangi vaqt kirganida undan oldingi vaqtdan ko’ra ziyoda bo’ldi... chunki, imon doimo yangilanib turishga haqlidir”, deb sharh bergan.5 Shuningdek, Moturidiy imon ziyodaligini sabotli bo’lishi, yoki saboti ziyoda bo’lishi sifatida sharh bergan6.
Shu tarzda Qur’onda zikr etilgan “imonlari ziyoda bo’ldi” oyati sharhini imom Moturidiy va uning izdoshlari va barcha hanafiylik olimlari to’g’ri anglash lozimligini ta’kidlashgan. Ma’lumki, boshqa oqim va toifalar imon ziyoda bo’lishi mumkinligi hamda uning noqis bo’lishi mumkinligini ta’kidlashgan. Hamda imonning ziyoda bo’lishi Qur’onda zikr etilgan ekan demak u noqis ham bo’lishi mumkin degan qoidani ishlab chiqishgan. Bunga albatta yuqorida aytilganidek, ziyodalik oldingi holatdan keyingi holatda o’sishni tabiatdagi o’sish jarayonidan ham kuzatish mumkin. Shuning uchun barcha ziyodalik ham noqislikni bo’lishini keltirib chiqarmaydi. Hamda Abul-Mu’in an-Nasafiy o’zining “Tabsiratul-adilla” asarida “Aslida imon shartlariga amalni kiritganlar uning ziyoda bo’lishi haqidagi so’zni ham aytmasliklari lozim bo’ladi. Chunki, ular amallarni ham imon deb sanaganlaridan so’ng, unda hech kimning imoni mukammal, to’liq bo’lolmaydi hamda ziyoda bo’lib borishi ham bu hali mukammal, komil bo’lmaganligini anglatadi va u nuqson chegarasida bo’lib qolaveradi. Hamda bu qarashga ko’ra biror ibodat yo’qki imon bo’lmasa..(ya’ni imon sharti bo’lmasa)”7. Ya’ni olim imon sohibi uchun agar uning imoniga amal shart qilinsa, unda me’yorning belgilashning imkoni yo’qligini aytmoqda.
Shu tarzda imon shartiga amalning kiritilishini Qur’on va sunnaga ko’ra imkoni yo’qdir. Shu tarzda, yuqoridagi aqidaviy qarash, ya’ni imonning sharti sifatida qalb bilan tasdiqlash, til bilan aytish hamda imonning ziyoda va noqis bo’lmasligi Abu Hanifa, Moturidiy, Abu Lays Samarqandiy, Hakim Samarqandiy, Abu Ja’far Tahoviy, Abul Mu’in Nasafiy, Abu Hafs Nasafiy, Abul Barakot Nasafiy, Alouddin Samarqandiy, Abul Yusr Pazdaviy kabi ko’plab mashhur olimlar tomonidan dalillar bilan isbotlangan.
Olimlar tomonidan gunohi kabira qilgan kishining imoni masalasiga alohida e’tibor qaratilgan. Ya’ni unga ko’ra gunohi kabira qilgan kishining imoni gunoh qilmagan kishi bilan bir xil bo’lishi, balki u bu bilan imoni yo’q bo’lib, zavol topmasligi faqat gunohi uchun gunohkor bo’lishi aytilgan.
2000 yil Abu Mansur al Moturidiy tavalludining 1130-yilligi O‘zbekistonda keng nishonlangan. Mazkur sanada uning ishlari nashrdan chiqqan, xalqaro konferentsiyalar o‘tkazilgan, Samarqandda uning qabrida memorial majmua ochilgan.
2000 yil O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan olimning vayron qilingan maqbarasi o‘rnida me’moriy majmuа bunyod qilinib, uning markazidan olimning maqbarasi joy olgan. Mazkur yodgorlikning qurilishida o‘zbek me’morchilik san’atining eng yaxshi milliy an’analaridan foydalanilgan. Me’moriy majmua Rahmatullo Salohitdinov loyihasi asosida, Egamberdi Nurullayev hammuallifligida qurilgan. Qurilishda samarqandlik Mirumar Asadov, Matlub Mahmudov, Yoqub Tagirov, Toshpo‘lat Atoyev kabi xalq ustalari ishtirok etishgan. Interyeri ustida Amriddin Najmiddinov ish olib borgan. Ekstererlarni Hakim Asadov amalga oshirgan.

Maqbara maydoni 12x12, balandligi 17,5 metrni tashkil qiladi. Gumbazi ikki qavat. Tashqi gumbazi qovurg‘asimon bo‘lib, havo rang ko‘shk bilan bezalgan. Tom gumbazi 24 ark hamda oyna alebastr panjaralar bilan bezalgan. Ichki va tashqi qoplamalarda koshin, ko‘shk va ganchdan foydalanilgan. Qabr toshi oq marmardan yasalib, Imom al Moturudiy yozuvi o‘yilgan.


Maqbaraning g‘arbrog‘ida pastqom gumbaz inshoot — Amir Temur tomonidan Hirot va Mashhatdan olib kelingan sayidlar dahmasi (Muhammad payg‘ambar avlodi) joy olgan.Maqbaraning shimoliy qismida so‘fa (tepalik) hamda IX-XVIII asrlarga tegishli qabr tosh joylashgan.Maqbaraning janubiy-g‘arbidagi bog‘da rotonda-shiyponcha bo‘lib, u yerda mashhur olim-huquqshunos, musulmonlarning huquqshunoslik kitobi “Al Xidoya” muallifi Burxoniddin Al Marg‘iloniyning qabri joy olgan.
Kalom — o‘rta asr musulmon adabiyotida: diniy falsafiy mavzudagi barcha mulohazalar, shu o‘rinda, alohida ma’noda islom dinidan kelib chiqadigan fikrlarda diniy aqidaparstlikka ergashish emas, balki aqlga asoslangan sharhni beruvchi spekulyativ tartib.
Fiqh — Musulmonlarning xulq-atvor qoidalari, shuningdek, ijtimoiy me’yorlar to‘plami majmui.Moturudiy 940 yil vafot etgan va Samarqanddagi Chokardiz qabristoniga qo‘yilgan.Kalomning bir qator savollariga Moturidiy va uning izdoshlari asharitlari kabi javob berishgan: ular Qur’onning ma’nosiga ko‘ra uni abadiy deb bilishgan, solihlar Allohni narigi dunyoda qay holatda bo‘lsa-da ko‘ra olishadi, inson xatti-harakati Alloh tomonidan amalga oshiriladi, inson esa bor-yo‘g‘i irodasi va qobiliyati orqali ularni o‘zlashtiradi, Allohni (uning bilimi, qudrati va hokazo) haqiqiy va abadiy deb hisoblashgan. Ammo asharitlardan farqli o‘laroq, Moturidiy abadiylikni Allohning nafaqat belgilar mohiyati bilan, balki harakatlarining abadiyligini tan olgan; xuddi mutazilitlar insonda tanlash huquqi bor deb hisoblashganliklari singari, shu o‘rinda, Yaratganga ishonish diniy marosimlar orqali emas, balki Allohga bo‘lgan nutqiy iqrorlik kabi ikki qarama-qarshiliklar orasidagi tanlov kabidir.



Yüklə 31,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin