1. Imom abu mansur al Moturudiy hayot yo’li Abu Mansur Al-Motrudiy buyuk kalom imomi



Yüklə 31,43 Kb.
səhifə3/5
tarix14.10.2023
ölçüsü31,43 Kb.
#155322
1   2   3   4   5
1. Imom abu mansur al Moturudiy hayot yo’li Abu Mansur Al-Motrud-fayllar.org

Al-Moturidiy va uning asarlari
Abu Mansur al-Moturidiyning ko‘p asarlari bizgacha yetib kelmagan, yetib kelganlari ham asosan xorijiy mamlakatlar kutubxona va qo‘lyozma fondlarida saqlanadi. Al-Moturidiy Islom olamida juda nozik hisoblangan «Kitab Tavhid» — asari bizning davrimizga yetib kelgan va u 1970 yilda Fathulloh Xulif tomonidan Bayrutda nashr etilgan.


Moturidiylik ta’limotida imon masalasining yoritilishi
Imon masalasiga tarixda turli oqimlar tomonidan turlicha yondashilgan. Sunniylik yo’nalishi olimlari tomonidan ushbu oqimlar qarashlarining illatlari ko’rsatib berilishi bilan birga, o’zaro ham juz’iy masalalarda unga ta’rif berish va uning shartlarini bayon etishda ixtilof qilganlar. Umuman, ushbu ixtiloflar asosida kishining mo’min yoki mo’min emasligi, unga imon nomini mansub qilish yoki mansub qilmaslik masalasi kabilar yuzaga kelgan.
Tarixdan ma’lumki, ilk paydo bo’lgan firqa va oqimlardan xorijiylar birinchi bo’lib bu masalani buzib talqin etganlar. Ya’ni unga ko’ra, ular o’z tomonlarida bo’lmagan musulmonlarning barchasini kofirga chiqarib, o’ldirish halol degan qarashga asoslanganlar. Ular gunoh ishlarning barchasi katta-yu, kichigini qilgan kishini mushrik va kofirga chiqarganlar hamda gunoh amallarga farz amallarni bajarmaslikni ham kiritib yuborganlar. Mo’’tazila oqimi esa gunoh sodir etgan mo’minni ikki manzila o’rtasidagi manzila, ya’ni mo’min ham ham kofir ham emas, balki oraliq holatda bo’ladi va oxiratda esa do’zaxiydir, degan aqidani ilgari surganlar. Bunda ular katta gunohlarni qilganlar, oraliq holatda bo’ladi, degan qarashni asossiz ravishda ishlab chiqqanlar.
Mana shunday tarzda islom olamida dindagi asosiy masala bo’yicha bahs-munozaralar avj ola boshladi, Movarounnahr ham bu tortishuvlardan chetda qolmadi. So’ng yurtimiz olimlari bu borada yuzaga kelgan masalalarga hanafiylik asosida echim bera boshladilar. Jumladan, imom Moturidiy o’z ilmiy salohiyati bilan aqidaviy masalalarga mukammal echimlarni berganini alohida ta’kidlash o’rinli. Aynan uning qalamiga mansub asarlar keyingi davrlarda turli oqim va firqalarning buzg’unchi g’oyalariga qalqon bo’lib, yurtimiz turli oqimlarning g’oyaviy ta’siridan omonlikka erishdi. Xuddi shu davrda yashagan sunniylik yo’nalishi imom sifatida tanilgan ikkinchi olim imom Abul-Hasan Ash’ariy ham aqida borasida faoliyat ko’rsatgan. Biroq uning aqida masalasidagi muxtasar yondashuvi hamda keng sharhlar, turli oqimlarning barcha tushunchalariga aniq raddiyalar bermasligini uning asarlaridan kuzatish mumkin. Balki, uning asari kichik hajmdagi risola tarzida yuzaga keldi. Hamda keyingi davr ash’ariylik olimlari tomonidan uning qarashlari rivojlantirilib, katta hajmli asarlar yaratilgan.
Imom Moturidiy ilmiy merosida esa, o’sha davrdagi oqimlarning qarashlari mohiyati, tushunchalarga raddiyalar berilishi bilan birga, ularning qarashlarining yuzaga kelish sabab va omillariga ham to’xtalinadi. Natijada, islom olamida sunniylik qarashlarining boshqa oqimlarga bergan mukammal raddiyalari majmuasi yuzaga keldi. Olimning qarashlari “Kitobut-tavhid” va “Ta’vilot ahlis-sunna” asarlarida o’z aksini topgan.
Aynan imon masalasi bo’yicha sunniylik yo’nalishi ishlab chiqqan aqidaviy tushuncha ham mukammal tarzda imom Moturidiy va uning izdoshlariga tegishlidir.
Eng avvalo aytib o’tish lozimki, imon shartiga amalni kiritish sababidan mo’min kishining imonini kuchli va zaif yoki ziyoda va noqis bo’lishi mumkin degan qarashlar yuzaga kelgan. Hamda bu o’z navbatida biror amalni qilmagan, yoki gunohkor, yoxud gunohsodir etgan kishilarni imonlarini noqis, zaif, hatto kofirga chiqarishga olib boradigan yo’ldir.
Imom Moturidiy va moturidiylik yo’nalishi ulamolari hanafiylik an’analariga mos tarzda, balki aqidaviy ta’limotni yanada rivojlantirib, har tomonlama mukammal tarzda o’z davrlarida yuzaga kelgan masalalarga javob berganlar. Jumladan, hanafiylik-moturidiylik yo’nalishi olimlari yuqorida zikr etilgan imon va boshqa aqidaviy masalalarni Qur’on va sunnaga mos tarzda echib, jumladan, imon shartiga amalning kirmasligi, uning ziyoda va noqis bo’lmasligini dalillar bilan doimo ta’kidlanib kelindi. Chunki, qaysi bir yurtimizda etishib chiqqan soha olimlarining asarlarini olmasak, aynan ushbu masala bo’yicha yakdil qarash ya’ni imon bu – qalb tasdig’i va til iqrori ekanligi hamda u ziyoda va noqis bo’lmasligi, har bir qalbida imoni bor kishi komil imon sohibi ekanligi, amal esa imondan tashqari narsaligi ta’kidlangan.Ammo ash’ariylar va ayrim ahli hadislar hamda hozirgi kunda soxta salafiylar imon til bilan iqror, dil bilan ishonish va amallarni bajarishdir deb ta’kidlaydilar. Bu qarashning asoslari etarli darajada emasligi hanafiylik olimlari asarlarida Qur’on oyatlari va hadislarni to’g’ri sharhlash asosida aniq isbotlangan va shak-shubhaga o’rin qoldirilmagan. Bu borada yurtimizdan etishib chiqqan soha olimlarining so’zlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Avvalambor imom Moturidiy ta’kidlanganidek, “imon” so’zining ma’nosi “tasdiqlash”dir. Shuning uchun imom Moturidiy eng avvalo so’zning lug’aviy ma’nosidan tashqariga chiqmaslik lozimligini ta’kidlagan, so’ng oyatlarni keltirib, ularni birma-bir sharhlab bergan. Hamda ushbu qarashning to’g’riligini isbotlaydi. Jumladan Baqara surasi 3-oyati sharhida shunday deydi:

Yüklə 31,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin