Reja:
Badiiy bezash ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish
Interyer va fasadlarni bо‘yash
Badiiy bezash ishlarini tashkil qilish va amalga oshirish
Hozirgi kunda o‘quv yurtlarida amalga oshirilayotgan badiiy bezash ishlarini yanada takomillashtirish masalasiga katta e’tibor berilmokda. Zero bu ishlarning barchasi o‘quv yurtidagi ta’lim - tarbiya ishlariga ijobiy ta’sir etadi.
Taniqli pedagoglar estetik did bilan bezatilgan tashqi muhitning o‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sirini
ifodalab, uni butun ta’lim-tarbiya jarayonining muhim shartlaridan biri, deb hisoblaydilar. Shuning uchun amalga oshirilayotgan badiiy bezash ishlariga tarbiyaviy tadbirlarning ajralmas qismi sifatida qarash lozim. Mavjud badiiy bezash elementlari dekorativ panno, sinf
xonalaridagi mebel shakllari, sinf taxtasi va devor larning rangi bularning hammasi pirovard natijada bolalar psixolog‘iyasiga ma’lum darajada ta’sir ko‘satadi. Quyida o‘quv yurti devorlarini bo‘yashning ahamiyati va o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikr yuritamiz.
Interyer va fasadlarni bo‘yash
O‘quv yurti devorlarini bo‘yash ranglar turli yoshdagi o‘quvchilarga turlicha ta’sir etishini hisobga olib amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda ana shu ta’sirni bilmaydigan kishilar tomonidan devorlarni bo‘yashda ayrim kamchiliklarga yo‘l qo‘yiladi. Bu ish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha tadbirlarda badiiy kengash va tasviriy san’at o‘qituvchilarining ishtirok etishi maqsad muvofiqdir. Devorlarni bo‘yashda ranglarni o‘z o‘rnida qo‘llash ularning psixologik ta’siriga alohida e’tibor berish lozim. Ranglarni o‘z o‘rnida qo‘llanishi pirovard natijada ta’lim-tarbiya ishlari sifatini oshirishga qaratilgan bo‘lsa, psixologik ta’sirchanlik ham sinfda o‘quvchi uchun maishiy va ma’naviy qulaylik yarata olishi kerak.
Sinf xonalarini bo‘yash uchun ranglar tayyorlashda ularning yorug‘lik qaytarish xususiyatlarini nazardatutish lozim.
Sinf xonasining shakli, hajmi, unga tabiiy yoruglik qay darajada tushishiga, sun’iy yoritish xarakteriga qarab devorlarini bo‘yash uchun u yoki bu rangning to‘yinganligi aniqlanadi. Ranglarning to‘yinganligini aniqlash uchun turli ranglarga bo‘yalgan sirtlarning yorug‘lik qaytarish koeffisiyentlarini hisobga olish lozim. Devorlarni bo‘yashda qo‘llanadigan asosiy ranglarning yorug‘lik kaytarish xususiyatlari quyidagicha:
Sinf xonalarini bo‘yashda deraza qarshisidagi devorlar rangining yorug‘lik kaytarish koeffisiyenti 60%, sinf taxtasi o‘rnatilgan devorniki 50-60%, deraza o‘rnatilgan devorniki 60- 70%, polniki esa 25-30% ga teng bo‘lishi optimal hisoblanadi. Sinf xonalarining shifti yorug‘lik qaytarish koeffisiyenti eng yuqori bo‘lgan oq rangga bo‘yaladi.
Shuni doim yodda tutish lozimki, ranglar spektridagi sarg‘ish, yashil rang ko‘zni kamroq charchatadi. Bu ranglar asab tizimiga nisbatan kamrok salbiy ta’sir etib, tomirlarga normal qon tushishini ta’minlaydi, eshitish qobiliyatini faollashtiradi. Shunday ekan, sinf xonalari devorlarini sarg‘ish, yashil rang va undan kelib chikuvchi ranglarga bo‘yash tavsiya etiladi.