Hujjatlar bilan ishlashni tashkil etish



Yüklə 5,3 Mb.
tarix22.09.2023
ölçüsü5,3 Mb.
#147064
3.Hujjatlar bilan ishlash


HUJJATLAR BILAN ISHLASHNI TASHKIL ETISH.
Menejer boshqaruv faoliyatini amalga oshiradi va boshqaruv vazifalarini hal qiladi. Mehnat jamoasi a‘zosi sifatida u jamoaning boshqa a‘zolariga (ijrochilarga) ta‘sir ko‗rsatish orqali mehnat natijalariga erishadi. Mehmonxonada barcha menejerlar ham bir xil rol o‗ynamaydi. Bu, eng avvalo,, boshqaruv darajasi, ularning vazifalari va funksiyalari bilan bog‗liq. Asosiy vazifalarga quyidagilar kiradi:
1. Boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va amalga oshirish. Bu menejerning bosh funksiyasidir. Alohida huquq - boshqaruv qarorlari qabul qilish huquqiga ega bo‗lgan menejer, ayni vaqtda, ularning oqibatlari uchun ham javob beradi.
2. Axborot bilan ishlash. Oqilona boshqaruv qarori qabul qilish uchun mehmonxona kompleksini boshqarish tizimining rivojlanishi haqida ishonchli iqtisodiy-boshqaruv axborotini olish va unga ishlov berish lozim. Menejer qancha to‗liq axborotga ega bo‗lsa, u zarur axborotni ijrochilarga shuncha aniq etkazishi mumkin. Menejer ishining natijasi ana shu omilga juda bog‗liq bo‗ladi.
3. Rahbar sifatida faoliyat ko‗rsatish. Bu mehmonxona doirasida va undan tashqarida ishga doir munosabatlarni shakllantirish, mehnat jamoasi a‘zolarini mehnatga rag‗batlantirish, ularni mehmonxonaning amaliy va strategik maqsadlariga erishishga yo‗naltirishni o‗z ichiga oladi.Oqilona rahbarlik mavjud muammolarga nisbatan o‗z munosabatini boshqalar bilan o‗rtoqlashish, ularni qo‗yilgan maqsadlarga erishishga rag‗batlantirish qobiliyatini, ya‘ni odamlarni emas, balki odamlar bilan birga boshqarishni nazarda tutadi. Odamlar o‗z rahbari faqat ishlab chiqarish jarayoniga qarab mo‗ljal oladigan professional-texnokrat emas, balki tegishli ijtimoiy-psixologik tayyorgarlikka ega, insonparvar rahbar bo‗lishini xohlaydi. Uning boshqaruv faoliyatida inson omili, xodimlarga e‘tibor birinchi o‗rinda turishi lozim («inson-inson»)








Yüklə 5,3 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin