Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti fan: hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 65,34 Kb.
səhifə1/7
tarix18.12.2022
ölçüsü65,34 Kb.
#76066
  1   2   3   4   5   6   7
XFX


TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI FARMATSIYA FAKULTETI


FAN: HAYOT FAOLIYATI XAVFSIZLIGI.
MAVZU: Farmatsevtika faoliyatida Psixalogiya va Xavfsizlik. Talofatlarni oldini olishda inson omili.
Toshkent_2019

REJA:




  1. Inson, hayot, faoliyat va xavfsizlik tushunchalari.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va hayot faoliyati xavfsizligining konstitutsiyaviy asoslari.

  3. Farmatsevtika muassasalarida faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomika asoslari.

  4. Insonning faoliyatga adaptatsiya jarayonlari

Har doim insonning mehnat jarayonidagi mehnatini muhofazasi bilan chambarchas bog`liq bo`lgan va uning xavfsiz ishlashini ta`minlashga zamin yaratib kelingan. Shuningdek, xavfsizlikning muhimligi shundaki, u insonga eng zarur xavfsiz mehnat qilish uchun sharoitini yaratadi. Muvaffaqiyatli va ravon rivojlanayotgan jamiyatda tinchlik, tartib va barqarorlik hukm suradi. Samarali xavfsizlik tamoyillari va qonunlarini bilish esa insonlarda o`ziga ishonch uyg`otadi, eng qiyin mehnat jarayonlarni tahlil qilish va baholashga, shuningdek optimal jamoa qarorlari qabul qilishga imkon beradi.


Sayyoramizda ro‘y berayotgan tabiiy, texnogen, ekologik xarakterdagi xavf-xatarlani bartaraf etish, talafotlar ko‘lamini toraytirish, insonlar hayoti va ular tomonidan yaratilgan moddiy boyliklarga yetadigan zararlan ing oldini olish ulami kamaytirishni ta’minlash o‘ta muhim va dolzarb muammolar sirasiga kiradi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, XXI sring boshlaridanoq xavfsiz hayotni ta’minlash masalalari eng dolzarb muammoga aylanib qoldi. Chunki ishlab chiqarish jarayonining misli ko‘rilmagan yuksak taraqqiy etgan texnologiyalar bilan ta’minlanishi, tabiiy rivojlanishdagi ayrim noxush vaziyatlarning murakkablashuvi aholi salomatligi, atrof muhit tozaligi va iqtisodning barqaror rivojlanishiga tahdid solib turibdi.
Inson faoliyati va mehnatining shakllari turli xilda boladi. Ular turmushda, jamiyatda, ishlab chiqarishda, ilmda, sportda, san’atda va inson hayotiy faoliyatining boshqa sohalarini ham o‘z ichiga oladi. Masalan: aqliy mehnat bilan shug'ullanuvchi inson bilan jismoniy ehnat iladigan ishchining vazifalari tubdan farqlanadi.
Faoliyat jarayonining modeli ikki elementdan: inson va muhitdan tashkil topgan deyish mumkin, chunki faol faoliyat bilan faqat insonlar shug‘ullanadi va ular o‘zlarini o'rab turgan atrof muhit bilan yaqin munosabatda bo’ladilar.
Shuningdek, «Inson - muhit» tizimini ham ikki maqsadli deb qarash mumkin: «birinchi maqsadi - inson o'zining mehnat faoliyati jarayonida muayyan yutuqlarga, samaradorlikka erishishga harakat qilsa, ikkinchi maqsadi - mehnati jarayonida yuzaga eladigan ko'ngilsiz oqibatlami bartaraf qilishdan iborat bo’ladi.
Ma’lumotlarga qaraganda yer yuzida tabiiy, texnogen xavflar soni yildan yilga ko'payib bormoqda, jumladan, 2009-yilda 1970-yilga nisbatan ularning soni 3,5 barobarga oshgan. Asab kasalligiga uchraganlar soni ham 30 martadan ziyod ko‘paygan.
MDH davlatlarida har yili 20 mln. nafar inson turli xii ta’sirlardan jarohatlanadi, shulardan 0,5 mln. gayaqin odam halok bo‘ladi, shuningdek, 30 mingdan ortiq ishchi-xizmatchilar mehnat nogironi bo‘iib qolmoqda.
Shu nuqtayi nazardan har qanday ishlab chiqarish joylarida mehnatni muhofaza qilishning norma va qoidalarining a ’lo darajada tashkil etilishi zarur hisoblanadi
Biz bilamizki, xavfsizlik-hayot faoliyati xavfsizligining asosiy o’zagini tashkil etadi va u inson faoliyatining holati hisoblanadi. Bu holatlarda insonlar muayyan ehtimollikda yuzaga keladigan xavflarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Ammo, hamma xolatlarda ham xavflarni bartaraf qilish imkoniyati bo`lmaydi.
Masalan, yong’in xavfida: yong’inning boshlang’ich fazasida o`cherish mumkin bo`lsa, asosiy yo ng`in fazasida uni o`cherish imkoniyatlari chegaralanib qoladi.
Yoki biror texnologik, jarayonda amal qilayotgan ko’rstgichlar: temperatura, bosim, xajm ko'rsatkichlari birdan o'zgarishga uchrasa texnologik jarayonni boshqarish darajasi (xavfsizlikni ta'minlash) cheklanishi mumkin, oqibatda yong'in chiqadi, yoki portlaydi, yoki ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar yaroqsiz holga kelishi, atrof muhitga to'kilishi mumkin.
Xavfsizlikni ta’minlashda quyidagi tushunchalar: gomosfera va texnosfera tushunchalari qo’llaniladi.
Gomosfera - Inson faoliyati davomida uning turgan joyi tushuniladi. (Masalan, ishlovchining ob’ektdagi, sexdagi, bo’limdagi turgan joyi.)
Texnosfera-Ishlovchining doimiy ravishda ish jarayonidagi xavfli joyi
Fan va texnika taraqqiyoti, ijtimoiy – iqtisodiy xavfsizlikni oshirib, shu bilan birga aholi salomatligi uchun bo‘lganidek, atrof-muhit uchun ham xavfsizlikning yangi turlari vujudga kelishiga olib keldi.Xavfsizlik–tushunchasi deganda ishlash davomida insonga ta’sir etuvchi xavfsizlikni va inson salomatligiga ta’sir etuvchi xolatdir.
Butun jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda baxtsiz hodisalar oqibatidagi o‘limlar yurak-tomir va onkologik kasalliklardan keyin 3-o‘rinda turadi. Agar kasalliklardan, asosan katta yoshdagi kishilar hayotdan ko‘z yumsa, baxtsiz voqealar natijasida esa mehnatga layoqatlilar asosan halok bo‘ladi. Shkastlanish – 2 yoshdan 41 yoshgacha bo‘lgan insonlar o‘limining asosiy sababidan hisoblanadi.
Insoniyat vabo, o‘lat, chechak, terlama epidemiyalarini engib o‘tdi, hayotini uzaytirish usullarini izlamoqda, biroq baxtsiz hodisalar bilan samarali kurashishning uddasidan chiqmoqda. Shikastlanish hozirgi vaqtda haqiqiy ijtimoiy kulfat epidemiya ko‘lamiga tenglashdi.
Hayotiy faoliyat – inson organizmidagi murakkab biologik jarayon bo‘lib, salomatlik va mehnatga layoqatni saqlash imkoniyatini beradi.
Har qanday faoliyat salohiyati xavfli. Turli sabablarga ko‘ra, o‘lim holatlari ehtimoli bor.
Baxtsiz hodisalar xarakteri Ehtimolligi

Yüklə 65,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin