Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti fan: hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 65,34 Kb.
səhifə3/7
tarix18.12.2022
ölçüsü65,34 Kb.
#76066
1   2   3   4   5   6   7
XFX

Ish joyi – bu inson mehnat faoliyatini amalga oshirishga “Inson-mashina ishlab chiqarish muhiti” tizimida ma’lumotlarni aks ettirish vositalari, boshqarish qismlari va yordamchi jihozlar bilan jihozlangan joydir. Ish joylari yakka va kollektiv turlarga bo‘linib, “tikka”, “o‘tirib” va “tikka-o‘tirib” ishlashga mo‘ljallanadi.
Egronomika ish joylarini loyihalashga talablarni ifodalab beradi. Asosiy va qo‘shimcha harakat zonalarni aniqlaydi, tegishlicha poldan balandlik bo‘yicha, simmetriya o‘qidan front bo‘yicha jihozlarning joylashish zonalarini aniqlab beradi.
Odam har xil ishchi holat (tik, o‘tirgan, yotgan va engashgan)larining optimal va chegaraviy o‘lchamlarini aniqlash uchun ish joyini qulay tashkil qilishda ishlatiladigan zarur antropometrik ma’lumotlar tizimlashtiriladi.
Ishning va ishchi holatlarning xarakteriga bogliq hamda har xil turdagi ishchi stollar va o‘rindiqlarni konstruksiyalash bo‘yicha umumiy tavsiyalar yaratiladi.
Ish joyini rejalashtirish va joylashtirishda quyidagi prinsiplarga amal qilish tavsiya qilinadi: boshida to‘liq rejalashtirish, keyin qismlarini, oldin optimal holda, keyin amaliy ruhsat qilinganini; ish jarayoni va jihozni rejalashtirishga yagona tizim talablari bilan yondashish.
Ish joyini loyihalashda antropometriya ma’lumotlarini hisobga olish muhimdir. Ergonomika bo‘yicha manbalarda maxsus ta’kidlanadiki, konstruktor o‘zining antropometrik va psixofiziomantiqiy tavsiflarini boshqa odamlar uchun ham namunaviy deb qaramasligi va shu asosda narsalarni loyihalash jarayonini tashkil qilmasligi kerak.
Faqat inson tanasi o‘lchamlari va a’zolari haqida, uning yoshi va jinsi o‘rganilgan holda ma’lumotlarni keng jalb qilganda o‘lcham standartlarini loyihalash uchun mustahkam ilmiy baza bo‘lishi mumkin.
Ish joyini tashkil qilishda quyidagilarni ta’minlash maqsadga muvofiq:
– operatorning ma’qul ishchi holati (tik yoki o‘tirgan holda);
– muhimligi va ko‘rish maydoni doirasida foydalanish jadalligiga qarab boshqarish qismlari va indikatorlarini qulay joylashtirish;
–operatorga harakatlanish va siljishda yetarli erkinlik berilishi;
– ish joyi elementlarining eng yaxshi ko‘rinishi;
– insonning antropometrik, fiziomantiqiy va psiхomantiqiy tavsiflarining ish joyi konstruksiyasiga mosligi;
– mashinadan kelayotgan ma’lumotlar tezligi va hajmining inson tomonidan qabul qilish va ishlov berishi imkoniyatlariga mosligi;
– operatorlarning ish vaqtida qisqa muddatli dam olishlari uchunf sharoit bo‘lishi;
– ishlovchilarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillaridan himoya qilish.
Ish joyi o‘zida ma’lumot (MAEV joylashgan bo‘shliq) va motor (boshqarish qismlari joylashgan bo‘shliq) maydonlarini tashkil qiladi (1-rasm).
Ma’lumot maydonida bir-biridan farqli uchta zona mavjud: birinchi zonada - ko‘rsatkichlarni aniq va tez hisoblash talab qilingan MAEV joylashgan (rasmga qarang); ikkinchi zonada ko‘rsatkichlarni kamroq aniqlik va tezlikda hisoblash talab qilingan MAEV joylashgan; uchinchi zonada juda kam ishlatiladigan vositalar joylashadi.
Motor maydoni ham 3 ta zonadan iborat: juda tez foydalaniladigan (bir minutda kamida 2 marta) va optimal yeta oladigan juda muhim: boshqarish qismlari joylashgan - birinchi zona; tez ishlatiladigan boshqarish qismlari (1 soatda 2 martadan ko‘p) va yengil eta oladigan kam muhim vositalar joylashgan - ikkinchi zona; kam ishlatiladigan (1 soatda 2 martadan kam) vositalar joylashgan -uchinchi zonalardan iborat.

Ish joyining asosiy qismlaridan biri operatorning kreslosi (o‘rindig‘i) hisoblanadi. U operatorga fiziomantiqiy jihatidan mehnat xarakteri va sharoitiga binoan qulay ishchi holat (poza)ni ta’minlash va funksional shinamlikni ta’minlash mezoni bo‘lishi lozim. Kreslo o‘z ichiga o‘tirgich, suyanchiq va tirsak qo‘ygichlar hamda qo‘shimcha elementlar - bosh qo‘ygich va oyoq qo‘ygichlardan iborat bo‘ladi. Kresloning hamma qismlari vertikal va gorizontal tekislikda, hamda ma’lum burchakka sozlanadigan bo‘lishi kerak. Yana u polga nisbatan mustaxkamlanadigan moslama, hamda zarur bo‘lgan hollarda vertikal o‘q bo‘yicha 180-360° buraladigan moslamaga ega bo‘lishi lozim. Harakatlanadigan texnikada kreslo xavfsizlik tasmasi bilan jihozlanishi lozim.
Ish joyida odamning kompleks harakatlarini loyihalashda quyidagi qoida va nizomlarni bilish foydali:
– harakat trayektoriyasi va sonini minimumgacha;
– harakatning oddiy va ritmik bo‘lishi;
– har bir harakat keyingi harakatni boshlash uchun qulay holda tugashi;
– o‘tgan va bo‘lajak harakatlar bir-biri bilan tekis bog‘langan bo‘lishi;
– harakatni boshlash va tugatish uchun zarur bo‘lgan vaqt taxminan doimiy va yo‘l uzunligiga bog‘liq bo‘lmasligi;
– qo‘lning egri chiziqli uzluksiz harakati to‘satdan yo‘nalishini o‘zgartirgan yakka harakatdan tez bo‘lishi;
– aylanma harakat ilgarilama harakatdan tez bo‘lishi:
– qo‘lning gorizontal harakati vertikalga nisbatan aniq va tez bo‘lishi;
– agar harakatda ikkala qo‘l qatnashsa, ular vaqt bo‘yicha simmetrik va sinxron (tekis) bo‘lishi (bir vaqtda boshlanishi va tugashi kerak).
– aniq harakatlarni har doim o‘tirib amalga oshirish lozim.
Tizimlarning muvaffaqiyatli ishlab turishini ta’minlash uchun ergonomika sohasidagi mutaxassisllar uni 5 xil jihati (moslik)ka ajratadilar: ma’lumot, biofizik, energetik, fazoviy - antropometrik va texnikaviy estetik jihatlar.

Yüklə 65,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin