Toshkent farmatsevtika instituti farmatsiya fakulteti fan: hayot faoliyati xavfsizligi



Yüklə 65,34 Kb.
səhifə4/7
tarix18.12.2022
ölçüsü65,34 Kb.
#76066
1   2   3   4   5   6   7
XFX

Ma’lumot jihatining maqsadi – mashinaning barcha tavsiflarini aks ettirish va operatorning bu ma’umotlarni xatosiz qabul qilish va ishlov berish, uni va xotirasini zo‘riqtirmaslik demakdir. Natijada operator mehnatining xavfsizligi, aniqligi, sifati va unumi ta’minlanadi.
Biofizik jihatida - shunday atrof-muhitni tashkil qilish tushuniladiki, bunda operator uchun normal fiziomantiqiy holat va zarur ish qobiliyati ta’minlab beriladi. Misol: mashinalarni yaratayotganda muhitning shovqin, titrash, yorug‘lik va havo muhitining ko‘rsatkichlarini maxsus izlanish zaruriyati paydo bo‘ladi.
Energetik jihatidan mohiyati–mashinaning boshqarish qismlari bilan operator optimal imkoniyatlarining kelishuvi ko‘riladi. Bunda operator tomonidan qo‘yilgan kuch, sarflangan quvvat hamda mashina harakatining tezligi va aniqligi nazarda tutiladi.
Fazoviy-antropometrik jihatlari – ish jarayonida odam tanasining o‘lchamlarini, tashqi fazoning ko‘rinish imkoniyati va operatorning holatini hisobga olish nazarda tutiladi. Bu masalani yechish uchun ish joyining hajmi, operatorning yeta olish qobiliyati va uning pultgacha bo‘lgan masofasi va boshqalar aniqlanadi.
Ergonomikaning texnikaviy-estetik jihatilari – mehnat jarayonida insonning mashina bilan muloqotda bo‘lishi natijasida qay darajada qanoatlanganligining ta’minlanishini ko‘rsatadi
Odam tug‘ilganidan boshlab, o‘zi uchun umuman yangi sharoitlarga duch keladi va o‘zining hamma a’zo va tizimlarini shu sharoitlarga moslashtirishga majbur bo‘ladi. Keyinchalik, individual taraqqiyot davomida odam organizmiga ta’sir etuvchi faktorlar doimiy ravishda o‘zgarib turadi. Bu esa doimiy funksional o‘zgarishlarni talab qiladi. Adaptatsiya yoki moslashuvchanlik tushunchasi deganda moslashuvchanlik faoliyatining tug‘ma va orttirilgan turlari tushuniladi. Bu esa hujayra, a’zo, sistema va organizm darajasida yuz beradigan aniq fiziomantiqiy reaksiyalar tomonidan ta’minlab beriladi. Himoya-moslashuvchanlik reaksiyalari reflektor va gumoral yo‘llar bilan boshqariladi, bunda asosiy o‘rin oliy nerv faoliyatiga ajratiladi. Odam organizmida juda ko‘p foydali moslashuvchanlik xususiyatlari bo‘lib ular:
1. Ichki muhit ko‘rsatkichlari (ozuqa moddalari, kislorod, harorat, qon bosimining darajasi);
2. Odam organizmining asosiy biologik talablarini qondiruvchi axloqiy faoliyati (oziq-ovqat, ichimlik, jinsiy va boshqalar),
3. Insonning jamiyatdagi tajribasiga asoslangan ijtimoiy faoliyat natijalari: umumiy va shaxsiy.
Ijtimoiy omilning inson salomatligiga ta’siri juda katta. Ko‘pincha ijtimoiy jarayonlar biologik jarayonlarga katta ta’sir o‘tkazishi mumkin. Aholi salomatligi holati asosiy va sistemalardagi o‘zgarishlar va funksional xolatlarning, shuningdek, aholi jismoniy rivojining ko‘rsatkichalari bilan belgilanadi. Ayrim organlarning funksional xolatini va ayniqsa, insonning ish qobiliyatini baholashda meyoriy kattaliklargagina emas, shu bilan birga funksiyalarining maqbulligi to‘g‘risidagi tasavvurlarga ham amal qilish kerak.
O‘sib kelayotgan organizmning ham biologik, ham ijtimoiy funksiyalari qanday rivojlanayotganligini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar mavjud.
Odam organizmini o‘zi-o‘zini boshqarish jarayon issiklik bo‘lib, “oltin qonunga bo‘ysunadi” – ma’lum bir faktorning hayotiy zarur darajadan chetga chiqish, ma’lum bir funksional sistemaning son-sanoqsiz apparatlarini zudlik bilan qayta tiklanishiga olib keladi. Bu esa hayotiy zarur moslashuvchanlik darajasini yangidan tiklanishiga sabab bo‘ladi.
Butun organizmning ishi ko‘pgina funksional sistemalarning birgalikda bajaradigan ishiga asoslangan.
Organizmning himoyalanish reaksiyalaridan biri – og‘riqdir. Retseptorlarga zararlovchi ta’sir etganda og‘riq paydo bo‘ladi, og‘riqda to‘qima va organlarda biologik faol moddalar ajralishi kuchayadi, masalan, qonda buyrak usti bezlari gormoni – adrenalin miqdori ortadi. Haroratning ko‘tarilishi – isitmalash organizmning himoyalanish – moslanish reaksiyalaridan biri. Harorat yuqori bo‘lganda ayrim mikroorganizmlar, ayniqsa viruslar ancha tez nobud bo‘ladi, moddalar almashinuvi jarayoni tezlashadi, leykotsitlarning fagotsitar funksiyasini oshiradi. Lekin tana haroratining 400С dan oshib ketishi aksincha organizmni nobud qilishi mumkin.
Insonni faoliyat jaroniniga adaptatsiya bo‘lishining quyidagi turlari bor:

Yüklə 65,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin