3-Labaratoriya mashg’uloti Atmosfera shovqin bilan ifloslanganlik darajasini aniqlash



Yüklə 26,72 Kb.
səhifə1/4
tarix25.09.2023
ölçüsü26,72 Kb.
#148256
  1   2   3   4
4 labaratoriya


3-Labaratoriya mashg’uloti
Atmosfera shovqin bilan ifloslanganlik darajasini aniqlash
izning butun muhitimiz, u yoki bu darajada, shovqin taʼsiridan iborat. Odamlar maʼlum bir shovqin darajasiga oʻrgangan boʻlib, agar haddan tashqari shovqin boʻlmasa, ular koʻpincha bunga eʼtibor ham bermaydilar.
Kishilar ongiga taʼsir qiluvchi shovqin taʼsiriga qarshi kurashish zarurati xalqaro darajada eʼtirof etilgan. Jumladan, BMT Inson huquqlari kengashining 2021-yil 5-oktyabrdagi 48-sessiyasida insonning xavfsiz, toza, sogʻlom va barqaror atrof-muhitga boʻlgan huquqini umuminsoniy huquq sifatida eʼtirof etgan rezolyutsiya qabul qilindi.
Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan milliy qonunchilik hamda joriy amaliyotni oʻrganish natijalari fuqarolar va jamiyatni shovqindan himoya qilish sohasida qator muammolar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Xususan, bugungi kunga qadar mamlakatimizda zararli shovqin taʼsiriga qarshi kurashish masalalarini tartibga soluvchi yagona normativ-huquqiy hujjat qabul qilinmagan.
Misol uchun, “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq avtotransport vositalari xavfsizlik, mehnatni muhofaza qilish, ekologiya, sogʻliqni saqlash va xavfsizlik talablariga, shuningdek, standartlar va texnik shartlarga muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlishi kerak.
Ayni paytda, “tungi vaqt” boʻyicha yagona tushuncha mavjud emas, masalan, ushbu vaqt Mehnat kodeksining 122-moddasiga muvofiq – soat 22:00 dan 06:00 gacha, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 192-moddasiga muvofiq – 23:00 dan 06:00 gacha, “Turar joy binolarida, jamoat binolari va uy- joy qurilishi xududlarida ruxsat etiladigan shovqin meʼyorlaridan oshmasligini taʼminlashga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari va normalari”ga (SanPiN 0267-09-son) muvofiq esa – 23:00 dan 07:00 gacha deb belgilanan.
Shuningdek, ushbu sohada maʼlum ilmiy izlanishlar mavjud emasligini ham taʼkidlash zarur. Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi 20 yil ichida shovqin sohasida faqat bitta keng qamrovli tadqiqot oʻtkazilgan.
Shuni taʼkidlash kerakki, bir qator xorijiy mamlakatlarda shovqinga qarshi kurash maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Misol uchun, Yaponiyada 1968-yilgi “Shovqinni tartibga solish toʻgʻrisida”, Amerika Qoʻshma Shtatlarida 1972-yilgi “Shovqinni nazorat qilish toʻgʻrisida”, Buyuk Britaniyada 1996-yilgi “Shovqin toʻgʻrisida” qonunlar mavjud.

Yüklə 26,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin