3-Labaratoriya mashg’uloti Atmosfera shovqin bilan ifloslanganlik darajasini aniqlash


Nima uchun yoqimsiz hidlar bizni “xavotirga solishi” kerak?



Yüklə 26,72 Kb.
səhifə3/4
tarix25.09.2023
ölçüsü26,72 Kb.
#148256
1   2   3   4
4 labaratoriya

Nima uchun yoqimsiz hidlar bizni “xavotirga solishi” kerak?
Hidlar kimyoviy moddalarning burun boʻshligʻidagi retseptorlarni qoʻzgʻatishi natijasida paydo boʻladigan hislar sifatida talqin qilinadi. Atrof-muhitda seziladigan hidlar konsentratlarning aralashmasidan iborat boʻlib, uchuvchan kimyoviy birikmalardir.
Shu sababli hidlar bizni kayfiyatimizga, ish faoliyatimizga oʻz taʼsirini koʻrsatmasdan qolmaydi. Hidlarning emotsional xususiyati ham insonlarning xatti-harakatlarida namoyon boʻladi. Ularning insonlar kayfiyatiga ijobiy yoki salbiy taʼsir qilishi, albatta, hidlarning yoqimli yoki yoqimsizligiga bogʻliq. Masalan, ertalabdan gulning, atirning iforli hidi insonlarga kun boʻyi yaxshi kayfiyat bagʻishlasa, maishiy chiqindilardan chiqayotgan yoqimsiz hidlar aksincha kayfiyatimizni buzadi.
Mutaxassislarning taʼkidlashicha, yoqimsiz hidlar koʻz, burun va tomoqni tirnash xususiyatiga ega boʻlib, bosh ogʻrigʻi, koʻngil aynishi, diareya, ovozning xirillashi, tomoq ogʻrigʻi, yoʻtal, koʻkrak qafasidagi siqilish, burun tiqilishi, nafas qisilishi, stress, uyquchanlikni keltirib chiqaradi.
Shuningdek, yoqimsiz hidlar bilan bogʻliq murojaatlar statistikasi yuritilmasada, soʻnggi paytlarda OAVlarda aholi yashash hududlarida sanoat korxonalari tomonidan yoqimsiz hid manbai boʻlgan chiqindilar atrof-muhitga chiqarilayotganligi, bu maishiy turmushda turli noqulayliklarni, va hatto aholi sogʻligʻiga salbiy taʼsirlarni yuzaga keltirayotganligi haqidagi fuqarolarning shikoyatlari koʻpaymoqda.
Statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda 2021-yil 1-yanvar holatiga sanoat va qurilish sohasidagi korxona va tashkilotlar soni 124 489 tani (ulardan 83 539 tasi sanoat korxonalari) tashkil etgan. Ularning asosiy faoliyati ishlab chiqarish (qayta ishlash) ekanligini hisobga olsak, yoqimsiz hidlarni keltirib chiqarishi mumkin boʻlgan manbalar tomonidan atmosfera havosiga chiqarilayotgan turli xil zararli va oʻtkir hidli chiqindilar hajmi ham shunga koʻra ortadi.
Amaldagi qonunchilik
Mamlakatimizda atmosfera havosi sifati “Atmosfera havosini muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonun bilan tartibga solinadi. Biroq, ushbu Qonunda atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha umumiy qoidalar belgilangan, yoqimsiz hidlar masalasi nazarda tutilmagan.
Sanitariya qoidalari va normalarida esa atmosfera havosiga zarar yetkazuvchi korxonalar faoliyatiga oid normalar belgilangan. Jumladan, “Aholi yashash joylarida atmosfera havosini muhofaza qilish boʻyicha” sanitariya qoidalari va normalarida (SanPiN 0350-17-son) sanoat xavfi, atmosfera havosining zararlanish manbai boʻlgan texnologik jarayonlar asosida faoliyat yurituvchi korxonalar, ularning alohida binolari va inshootlarining atrof-muhitga zararli taʼsirini kamaytirish maqsadida sanitar-himoya zonalari belgilangan.
(maʼlumot oʻrnida: sanitar-himoya zonalarning 5 toifasi: I toifa - 1000 m, II toifa - 500 m, III toifa - 300 m, IV toifa - 100 m, V - 50 m, mavjud boʻlib, bunday zonalar muayayn turdagi korxonalarning shu zona hududida faoliyat yuritishini nazarda tutadi)
Lekin mazkur qoidalarda ham aynan yoqimsiz hidlar va ularni tartibga soluvchi normalar oʻz aksini topmagan.
Shu sababli atrof-muhitni zararlovchi (ifloslantiruvchi) chiqindilar bilan bir qatorda, hid taʼsirining ruxsat etilgan maksimal darajasini huquqiy tartibga solish zaruriyati mavjud.

Yüklə 26,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin