4-mavzu: xona intereri hamda jihozlanish dizayni



Yüklə 18,77 Kb.
səhifə4/5
tarix09.04.2023
ölçüsü18,77 Kb.
#95336
1   2   3   4   5
4-mavzu xona intereri hamda jihozlanish dizayni reja

Interyerni bezatish


O‘quv yurti interyeri ham juda katta va muhim tarbiyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan muhit hisoblanadi, inchunun u yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga xizmat qilishi kerak.
Birinchi galda, mavjud ta’lim-tarbiya metodlari va hozirgi zamon talablariga javob beradigan darajada badiiy bezatilmagan o‘quv yurti interyerini har tomonlama maqsadga muvofik deyish mumkin emas.
O‘kuv yurtida ta’lim-tarbiya ishlarining sifati, o‘quvchilar va o‘kituvchilarning yaxshi dam olishi hamda salomatligi o‘kuv yurti binosining ichi vazifaviy nuktai nazardan maqsadga muvofik xolda jihozlanishiga ham ma’lum darajada boglikdir.
O‘quv yurti interyeri - o‘quv xonasi, sinf xonalari, direktor xonasi, o‘kituvchilar xonasi, oshxona bo‘lishidan qat’i nazar, yuqorida aytilganidek, ta’lim-tarbiya ishlariga albatta ta’sir ko‘rsatadi.
Afsuski, ko‘pincha interyerning o‘quvchi shaxsi rivojlanishidagi ahamiyatiga yetarlicha e’tibor berilmaydi. Vaholanki, o‘quvchining tushunchasiga ta’sir ko‘rsatayotgan muhit uning ruhiy olamiga ham, atrofdagi narsalarga munosabatiga ham u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatadi. Shuning uchun o‘quvchilarni kamrab olgan muhitga, shu jumladan, maktab interyerig‘a ham tarbiyaning ajralmas qismi sifatida karash lozim.
Interyerdagi har bir element: dam olish joyidagi kartina ham, xonalarning rangi ham, mebellarning shakli ham, xatto zinapoyalar xam o‘quvchilar psixologiyasiga oz yoki ko‘p ta’sir ko‘rsatib, ularni atrof-muhitni idrok etishga, go‘zallikni tushunishga o‘rgatadi.
Ta’lim olayotgan 7 yoshdan 17 yoshgacha o‘quvchilar asosan uch guruhga: kichik (1-IV sinflar), o‘rta (V-VIII - sinflar) va katta (IX- X) maktab yoshidagi
o‘kuvchilarga bo‘linsa, ularning hammasi uchun o‘ziga xos muhit kerak. Kichik yoshdagi o‘quvchilar asosan bitta xonada shug‘ullanadilar. O‘rta yoshdagi o‘kuvchilarning ham o‘zlariga bi- riktirilgan xonasi bo‘ladi. Lekin ular ayrim fanlar bo‘yicha mashg‘ulotlarni fan xonalarida o‘tkazadilar. Katta yoshdagi o‘quv- chilar esa butunlay kabinet tizimiga o‘tadilar.
Interyerdagi sinf xonalarini rejalashtirishda avvalo har qaysi guruh o‘quvchilarning mashgulotlari boshqa guruhlarga halaqit bermasligiga e’tibor berish lozim.
Masalan, boshlangich sinf o‘quvchilari yuqori sinf o‘quvchilaridan kam shug‘ullanadi. Darslar ularning yosh xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kisqartirilishi mumkin. Ayni vaqtda tanaffusga ajratilgan vaqt uzaytiriladi. Shuning uchun ularga alohida blok ajratilgani ma’qul.
Interyerni jihozlash va bezashda o‘quvchilarning yoshini ham hisobga olish, ya’ni jihozlar faqat muayyan yoshdagi o‘quvchilarning bo‘yiga mosligini emas, balki turli yosh guruhidagi bolalarning o‘ziga xos xususiyatlarini ham nazarda tutishiga e’tibor berish lozim. Keyingi paytlarda o‘quv yurtlari tipovoy loyihalar bo‘yicha kurilmokda. Bu binolarning rejalashtirilishi deyarli bir xil. Shuning uchun ularni jihozlash va bezashda interyerlarning o‘ziga xos bo‘lishiga erishish juda muhimdir. O‘quv yurtida o‘rganiladigan fanlarning mazmunidan qa’ti nazar, ta’limning bir necha shakl va metodlari mavjud bo‘lib, bular o‘quv xonalarining ji- hozlari va ularning joylashuvini belgilaydi.Bunda turli omillar qatori o‘quvchilarning yoshiga xos psixologik-fiziologik xususiyatlari ham nazarda tutiladi. Ta’limning asosiy shakllari jamoa, guruh va yakka tartibdagi mashg‘ulotlardir».1
Interyerlarning zamon talablari darajasidagi jihozlari va badiiy bezaklari o‘quvchilarni estetik tarbiyalashda, ularning tasavvuri ham didini rivojlantirishda yordam berishi kerak. maktab interyerini badiiy bezashda tasviriy san’atning monumental va dekorativ haykaltaroshlik, yog‘och va ganch o‘ymakorligi, mozika kabi turlari keng qo‘llanmokda. O‘quvchilarning o‘zlaryni ana shu ishlarga jalb etish eng avvalo ularda o‘quv yurti binosiga, undagi jihozlar va bezaklarga ehtiyotkorona munosabatni tarbiyalashda pedagoglarga katta yordam beradi.
Zamonaviy me’morlik namunalari interyerdagi barcha ele- mentlarning uslubiy birligi bilan ajralib turadi. Interyerni garmonik hal qilish undagi elementlarning munosabatini to‘g‘ri topish, ya’ni xona, undagi mebel, ranglar, yoritgichlar, bezak elementlari va hokazolarning shakllari o‘zaro uygunligiga boglik. Interyerdagi barcha elementlar bir xil muvozanatda bo‘lmasligi kerak. Chunki bunday holda ular o‘kuvchilarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, ularni tez charchatib ko‘yishi mumkin. Shuning uchun interyerdagi ayrim elementlarni jozibaliroq kilib, qolgan ele- mentlarning unga hamohangligini ta’minlash maqsadga muvofiqdir. Jozibaliroq
elementlar binoning (xonaning) asosiy funksional vazifasini aks ettirib turishi kerak.

Yüklə 18,77 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin