2. Yurtimiz me’morchiligi tarixl xona interyeri hamda jihozlanish dizayni. Zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari Yurtimiz qadimdan o‘ziga xos me’moriy obidalariga EGA



Yüklə 29,44 Kb.
tarix26.05.2022
ölçüsü29,44 Kb.
#59631
Yurtimiz me’morchiligi


2. Yurtimiz me’morchiligi tarixL Xona interyeri hamda jihozlanish dizayni. Zamonaviy taraqqiyot yo‘nalishlari Yurtimiz qadimdan o‘ziga xos me’moriy obidalariga ega. 0 ‘zbek diyorida bobokalonlarimiz tomonidan san’at darajasida yaratilgan binolar va boshqa obidalar jahon madaniyati durdonalari qatoridan o'rin olgan. Qo'li gul ustalar yaratgan san’at durdonalari kishilarga estetik zavq bagishlaydi hamda ulami axloqiy tarbiyalashda muhim vosita boiib xizmat qiladi. Quyosh nurida tovlanib, ko‘zni qamashtirgudek jilva berib turgan xilma-xil rangli koshinlar go‘zallik va joziba kashf etadi. Shiklarga o‘yilgan turli naqshlar, darchalar tepasidagi ganch yoki marmardan o‘yib ishlangan panjaralar, devorlaming pastki qismiga o'matilgan marmar toshlaming o‘ymakor naqshlari va ko‘kka bo‘y cho'zgan minoralaming qomati, ularga mutanosib ishlangan gullar bir vaqtlar Sharqda madaniyat juda yuksak ■ darajada boiganligidan dalolat beradi. Yodgorlardagi quyosh nurida tovlanayotgan sarkor koshinlar, nafis naqsh-u nigoralar beixtiyor kishilami o ziga maftun etadi. Bu naqsh-u nigoralar bir necha asrlar ■ ilgari yaratilgan boisa ham hozirgacha o‘z nafosatini, nafisligini, ko‘rkini yo‘qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan bezaklar bizni hozirgacha hayratga solib kelmoqda. Hatto xorijiy mamlakatlardan kelgan sayohatchilar ham mamlakatimizdagi qadimiy binolami, ularga ishlangan naqsh-u nigoralami ko‘rib lol qolmoqdalar, o'zlarining iliq so‘zlarini yozib qoldirmoqdalar. Binobarin Samarqand, Buxoro, Xiva, ■ Shahrisabz, Qarshi, Toshkent, Qo‘qon kabi shaharlarda qad ko‘targan bir qator tarixiy me’morchilik ishlari haqiqatan ham bizga ota-bobolarimizdan qolgan ulkan yodgorliklardir. Tadqiqotchi P. Sh. Zohidov o‘zining"M e’mor olami" nomli kitobida (Т., 1996) 80 nafardan ortiq me’mor va 266ta me’moriy yodgorliklar haqida, maiumot bergan. Bulardan 246tasi respublikamiz hududida; joylashgan. Xususan Samarqanddagi Registon ansambli, Go‘ri Amir, Shohi Zinda maqbaralari (45-rasm); Xivadagi Ichan qal’a, Olloquli saroyi, Islomxo‘ja minorasi, Pahlavon Mahmud maqbarasi; Buxorodagi Ark, Ismoil Somoniy maqbarasi; Toshkentdagi Ko‘kaldosh madrasasi, Qo‘qondagi Xudoyorxon saroyi (45-rasm) kabi tarixiy me'moriy obidtar bugungi kunda ham o‘zining jozjbasi, bilan kishilarning diqqatini tortib kelmoqda. Ayniqsa, Samarqand shahri tarixiy obidalar ko’pligi jihatidan "Yer yuzining sayqali", "Osmon ostidagi ochiq muzey” kabi nomlar bilan ataladi. Buyuk bobolarimizning bunyodkorlik ishlari hozirgi paytda ham davom ettirib kelinmoqda. Avvalo, shuni alohida ta’kidlash zarurki. Respublikamiz davlat mustaqilligiga erishgandan keyin qadimiy obidalarni ta’mirlashga katta e’tibor qaratildi. Natijada bir qator allomalarning maqbaralari tiklandi va ziyoratgohlar yaratildi, ko'plab tanxiy bmolarga qayta "umr" baxsh etildi, yangidan yangi ma muny. O’quv va turarjoy binolari qurildi hamda qurilmoqda (46-rasm).

Binolaming nafaqat tashqi ko'rinishi, balki ichki koiinishi ham katta ahamiyatga ega. Me’morchilikda bino, imorat yoki xonalaming ichki qiyofasi, ko’rinishi interyer deb yuritiladi. Xonining ichki ko'rinishi judako’p omillarga bogliq. masalan. pol, shift va devorlamitig qanday rangga bo‘yalgani; jihozlaming rangi, o’lchami, joylashishi; eshik va derazalarning olchamlari, soni, qanday rangga bo‘yalgani, qaysi tomonga ochilishi, qanday pardalar qo'yilganligi, yorugiik o'tkazish xususiyati va h.k. Shuningdek, sun’iy yoritish vositalari - qanday ko'rinishdagi qandillar o’matilganligi ham xona ko‘rinishiga sezilarli tasir ko rsatadi. Bulaming hammasi sanitariya-gigiyena va dizayn talablariga mos kelishi zarur. Dizayn - inglizcha so‘z bo’lib, bezamoq, tuzilish ma’nolarini bildiradi. Ya’ni buyumlami ko‘rkam va chiroyli qilib, insonda zavq uyg‘otadigan tarzda tayyorlashdir. Sanitariya- gigiyena talablari deganda esa xonaning shamollatilishi, harorati. Yoritilishi kabilarni nazar tutiladi. Qadimdan binokor-ustalar uylarni quyosh nurlari tushadigan qilib qurishgan. Chunki kun bo‘yi uyga quyosh narlari tushib tursa - ichkari yorug\ havosi quruq boladi, turli mikroblar issiqlik va nur ta’siridan nobud boladi, havo sovigan paytlarda xona ichi issiq boladi va h. Bu an’ana hozir ham davom ettirib kelinmoqda. Hozir aholi tomonidan sinchli va g’ishtli uylar qurilmoqda, ularga turli usullarda bezak berilmoqda. Hatto yevropacha usullar ham uchraydi. Mahalliy sharoitda ayrim joylaxda shaxsiy xo’jaliklarda bino qurishda keyingi paytda paydo boigan yangi ish usullaridan biri - poydevorga alohida ishlov berishda ko’rinmoqda. Bunda sement aralashmalaridan foydalanilgan holda poydevorning eng ostki qismi tepa qismidan biroz kengroq qilib quyilmoqda. Bino davomida tualet va hammom joylashgan alohida xona qurish ham keyingi yillarda shaxsiy uy- joylami qurishda paydo boigan an’analardan biridir.
Yüklə 29,44 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin