2. O‘zbekiston milliy innovatsion tizimi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ichkiva tashqi bozorlarda ham xaridorgir, ilm
talab va yuksak texnologiyalarga asoslangan mahsulotlar ishlab chiqarishning o‘rni
katta. Shu bois, butun dunyoda yangi va ilg‘or texnologiyalarni bozor qiymati oshib
bormoqda. O‘zbekiston bu yo‘nalishda o‘ziga xos salohiyatga ega hisoblanadi.
Bugungi kunda davlatimiz rahbarining ilm-fanni rivojlantirishga katta e’tibor
qaratayotgani tufayli ushbu salohiyat yuksalib bormoqda. Har yili istiqbolli ilmiy
g‘oya va loyihalarni amalga oshirish uchun davlat grantlari ajratilmoqda. Davlat
ilmiy-texnik dasturlari doirasida ro‘yobga chiqarilayotgan fundamental va amaliy
tadqiqotlar jahon ilm-fani uchun ham katta ahamiyatga egadir. Olimlar o‘z ishlarini,
birinchi navbatda, iqtisodiyot va ijtimoiy sohalar oldida turgan aniq vazifalarni hal
etishga yo‘naltirayotir.
Innovatsion salohiyatni oshirish kichik korxonalarni rivojlantirish bilan
bog‘liq. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatadiki, kichik korxonalar katta korxonalarga
qaraganda, 4 barobar ko‘p innovatsiyalar yaratadi yoki ilmiy tadqiqotga kiritilgan
har bir dollarga kichik innovatsion korxonalar 2,5 barobar ko‘p mahsulot
yaratadilar.
Korxonalarda
innovatsion
salohiyatni
baholashda
quyidagi
ko‘rsatkichlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega:
- ilmiy-texnik salohiyat (ilmiy darajaga ega xodimlar soni, bir xodimga to‘g‘ri
keladigan ratsionalizatorlik takliflar soni, patentlar soni va boshqalar);
- kommersializatsiya ko‘rsatkichlari (ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmida
yangi mahsulot ulushi, litsenziya shartnomalari soni va boshqalar);
- bajarilayotgan ishlarning davomiyligi (innovatsion davrning kattaligi);
Innovatsiyaning boshqarilayotgan
tizimi tavsifi (korxonada
innovatsion
faoliyatni rag‘batlantirish shakllari, yuqori darajadagi rahbarlarning innovatsion
loyihalarni amalga shirishda qatnashishi,
innovatsion
faoliyatga
qatnashuvchilarga erkinlik darajasini ta’minlanishi). Innovatsion faoliyat
maqsadlarni amalga oshirish miqyosi va xususiyatlardan kelib chiqib,
innovatsion
strategiyani ishlab chiqish mumkin. Innovatsion strategiya korxonaning uzoq
muddatga rivojlanishida innovatsion salohiyatdan samarali foydalanishini
ta’minlaydigan tadbirlar majmuasidir. Innovatsion o‘zgarishlar raqobat afzalliklari
asosida o‘rganilib, quyidagi strategiyalar ishlab chiqiladi:
- differensiatsiyalash;
- xarajatlarni pasaytirish;
- eng yaxshi qiymat.
“Innovatsiyalarning iqtisodiy ahamiyatini misollarda ko‘rib chiqish materialni
tushunishni yanada soddalashtirish lozim. Shunday ekan innovatsiyalarning turli
mamlakatlar, xususan, Xitoy, Tayvan, Koreya va Singapurlar misolida mamlakat
sanoatida va iqtisodiyotining o‘sishidagi ahamiyati e’tiborga sazovordir. Ularning
innovatsion rivojlanishi boshqa Yevropa mamlakatlariga nisbatan ancha tez
bo‘lganligi sababi, bu mamlakatlar innovatsiyalarni yaratish uchun texnologiyalarni
xorijdan sotib olib, o‘zlari uni takomillashtirish ustida ishlashgan.
“Milliy innovatsion tizim” tushunchasini fanga dastlab amerikalik olim
K.Frimen 1987 yilda kiritgan. “Milliy innovatsion tizim” turli istitutlarni birgalikda
yoki alohida yangi texnologiyalarni yaratishga hissa qo‘shgan va hukumat
a’zolarining yangi siyosatni ishlab chiqash va amalga oshirishga ta’sir etuvchi
innovatsion jarayondir. U o‘zaro bog‘langan institutlar tizimi bo‘lib, ular “bilimlar,
yangiliklar va yangi texnologiyalarni tashkil etish, saqlash va uzatishni amalga
oshiradilar”.
Dunyo olimlarining fikricha mamlakat innovatsion taraqqiyoti to‘g‘ri olib
borilgan innovatsion siyosatga bog‘liq.Rivojlanish yo‘lidan borayotgan har bir
davlatning innovatsion siyosatini bosh maqsadi milliy innovatsion tizimning barcha
zaruriy unsurlari shakllanishi va o‘zaro integrallashgan aloqada bo‘lishini
ta’minlashdan iborat. Innovatsiyalar u yoki bu faoliyat sohasida samaradorlikni
oshirish uchun inson aqli erishgan yutuqlardan (kashfiyot, ixtiro, ilmiy va
konstruktorlik loyihalari va hokazo.) foydalanish tushuniladi.
Bugungi kunda yangiliklar, ularni amalga oshirish, samarali joriy etish va
ulardan oqilona foydalanish yo‘nalishlari, bozorni egallash, iste’molchilar talabini
qondirishga qaratilgan strategiyalarini o‘rganuvchi alohida fan vujudga keldi.
Innovatsiyalarning har bir necha turlarini ajratish mumkin. Iqtisodiyotda mahsulot
va jarayon innovatsiyalari degan tushuncha bo‘lib, ular o‘ziga xos xususiyatlar bilan
farqlanadi.
Jarayon innovatsiyasi ko‘proq foyda olishga qaratilgan yangicha ishlash uslubi,
ishlab chiqarish, sotuv jarayonlarini oqilona tashkil etish va bajarishni yanada
takomillashtirishni o‘z ichiga oladi. Innovatsion jarayonlarga innovatsion marketing
va menejment, raqobat, liderlik strategiyalarini misol qilishimiz mumkin. Bunday
innovatsion jarayonlar yirik kompaniyalar raqobatbardoshligi ortishida markaziy rol
o‘ynaydi.
Innovatsion jarayon yangi g‘oya paydo bo‘lganidan tortib to bozorda
sotiladigan mahsulot yoki xizmatni ishlab chiqarish amalga oshirilgunga qadar
bo‘lgan o‘zaro bog‘liq bosqichlar murakkab zanjirini ifodalaydi. Umumiy jihatdan
innovatsion jarayon bu voqea-hodisalarning ketma- ketlikdagi zanjiri bo‘lib, uning
davomida yangilik oddiy bir g‘oyadan muayyan mahsulot, texnologiya yoki
xizmatgacha “pishib etadi” va xo‘jalik amaliyotida tarqaladi.
Innovatsion jarayon subyektlari quyidagi guruhlarga bo‘linadi. Korxonada
faoliyat yuritayotgan novatorlar fan-texnika taraqqiyot generatori. Dastlabki
renioisitlar – bu birinchi bo‘lib yangilikni joriy qilgan tadbirkorlar hisoblanadi.
Dastlabki ko‘pchilik yangilikni joriy qilgan korxonalar. Nofaollar ma’naviy
eskirgan yangilikni endi joriy qiluvchi korxonalar. Ijtimoiy iqtisodiy globallashuv
sharoitida innovatsion rivojlanishning uchta asosiy yo‘nalishini qayd etishi mumkin:
Makromiqyosda ilmiy ishlab chiqarish davrining barcha bosqichlarini o‘zida
mujassam etgan maqsadli loyihalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq etish
modeli (AQSH, Angliya, Fransiya).
Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini mo‘‘tadil innovatsion muhit yaratish orqali
optimallashtirish, yangilik va ixtirolarni keng tarqatishga ixtisoslashgan
model(Germaniya, Shvetsiya, Shvetsariya). Innovatsion infratuzilmani rivojlantirish
orqali yangiliklar yaratishni rag‘batlantiruvchi model(YAponiya, Janubiy Koreya).
Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda innovatsion rivojlanishning birinchi modelida,
ya’ni fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini iqtisodiy amaliyotga tadbiq etish yo‘lidan
borildi.
19
Innovatsion rivojlanish haqida fikr yuritar ekanmiz, uni belgilovchi
ko‘rsatkichlar haqida bilish muhim ahamiyatga ega. Ayni paytda universitetlar sifati
ham oshirilishi venchur investitsiya kiritilishi kabi jihatdan hisobga olinadi.
Reyting tuzishda ekspertlar etti mezonga asoslanadi;
-tadqiqot va ishlanmalarga yo‘naltirilayotgan xarajatlar;
-YaIMning foizlardagi ishlanmasi;
-YaIMdagi texnologik ishlab chiqarish qiymati;
-sanoatdagi samaradorlik;
-mamlakatdagi yuqori texnologiyalar sektoridagi kompyuterlar soni;
-xizmatlar ko‘lamining rivojlanganligi;
-prefessional tadqiqotchilar;
-patentlar soni.
2017 yilda ushbu reytingda g‘oliblikni qo‘ldan boy bermagan Janubiy Koreya
yana birinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi. Shu yili O‘zbekiston esa ushbu ro‘yxatda 133-
o‘rinda qayd etilgan. Olimlarning fikricha, mamlakat innovatsion taraqqiyotga
erishish uchun ushbu tarmoqqa YAIMning 1 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan
miqdorda mablag‘ yo‘naltirishi kerak. Hisob-kitoblarga ko‘ra bu O‘zbekistonda
taxminan 0.19 foizni tashkil etadi.
Bundan ko‘rinadiki, O‘zbekiston innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tish uchun
YaIM hajmida innovatsion xarajatlar miqdorini oshirishi lozim. Yurtimiz dunyoning
innovatsion rivojlangan davlatlar ro‘yxatidan joy egallashi uchun bizda barcha
imkoniyatlar mavjud bo‘lib, avvalambor iqtisodiyotda innovatsion texnologiyalarni
tatbiq etish talab etiladi.
Fanning zimmasiga jamiyatga yangi imkoniyatlar berish kabi asosiy vazifa
yuklatilsa, yangilikni joriy etishning asosiy vazifasi insonlar yashash tarziga ta’sir
qilishdan iborat bo‘ladi. Demak, yangilikni joriy etish birinchi bo‘lib mahsulot yoki
xizmatni qo‘llash, yangi g‘oya va ilmiy natijalarni tijorat darajasida o‘zlashtirishdir.
Dostları ilə paylaş: |