1. Innovatsion iqtisodiyot tushunchasi va o‘ziga xos xususiyatlari


 Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi



Yüklə 263,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/3
tarix09.10.2023
ölçüsü263,92 Kb.
#153449
1   2   3
Mustaqil ish — копия

3. Oʻzbekistonning innovatsion rivojlanish strategiyasi 
2022−2026-yillarga moʻljallangan strategiya Oʻzbekistonni Global innovatsion 
indeks reytingi boʻyicha jahonning 56 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishini bosh 
maqsad qilgan. Prezident farmoniga muvofiq 2022−2026
-
yillarda Oʻzbekistonning 
innovatsion rivojlanish strategiyasi tasdiqlandi. 
Strategiyaning asosiy yoʻnalishlari etib quyidagilar belgilandi: 
- innovatsion infratuzilma subyektlari (innovatsion texnologik park,
texnologiyalar transferi markazi, innovatsion klaster, venchur tashkiloti, innovatsiya 
markazi, startap akselerator, inkubator) tarmogʻini shakllantirish orqali startap 
tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlash hamda yirik hajmli ishlab chiqarishni (kapital 
yaratish) tashkil etish; 
- innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning institutsional 
mexanizmlarini takomillashtirish orqali innovatsion faol tashkilotlar ulushini 
oshirish
- kichik tadbirkorlikning innovatsion faolligini oshirish orqali hududlarning 
ijtimoiy-iqtisodiy jadal oʻsishini taʼminlash; 
- yangi turdagi mahsulotlar va innovatsion texnologiyalar yaratishning 
gʻoyadan yakuniy isteʼmolchigacha boʻlgan kompleks tizimini taʼminlash orqali 
innovatsiyalarga boʻlgan talabni ragʻbatlantirish; 
- yaratilgan kapitalni “tubdan yangilovchi” innovatsiyalarga qayta yoʻnaltirish 
tizimini shakllantirish; 


- taʼlimning barcha bosqichlarida yaratuvchanlik, innovatsion tadbirkorlik 
va ratsionalizatorlik koʻnikmalarini rivojlantirish orqali innovatsion faoliyat 
boshqaruvida inson kapitalini yanada rivojlantirish. 
Bundan tashqari, innovatsion faoliyat subyektlari (sanoat ishlab chiqarish 
tashkilotlari) sonini 613 tadan 2 250 tagacha yetkazish, innovatsion infratuzilma 
subyektlari sonini 3 baravarga oshirish, innovatsion tadbirkorlik natijasida 
yaratiladigan yangi ish oʻrinlari sonini 4 baravarga oshirish maqsad qilingan. 
Shuningdek: 
- ichki va tashqi bozorlarda tijoratlashtirish natijasida yaratiladigan yangi 
innovatsion ishlanmalar sonini 2 baravarga oshirish; 
- innovatsion markazlar sonini 494 tagacha yetkazish
- texnologik innovatsiyalar bilan shugʻullanuvchi mahalliy sanoat korxonalari 
sonini 600 tagacha yetkazish; 
- hududlarda yaratiladigan yangi texnologiyalar sonini 384 tagacha oshirish; 
- hududlarda yillik roʻyxatga olingan patentlar sonini 184 tagacha yetkazish; 
- xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ilmiy, 
innovatsion va texnologik loyihalar sonini 183 tagacha oshirish; 
- innovatsion startaplar sonini 1 437 tagacha yetkazish koʻzda tutilmoqda. 
Shuningdek, Innovatsion faoliyatni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmalari tashkil 
etiladi. Strategiya Oʻzbekistonni Global innovatsion indeks reytingi boʻyicha 
jahonning 56 ta ilgʻor mamlakati qatoriga kirishini bosh maqsad qilgan. 
Energiyani tejovchi ekologik xavfsiz ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish 
Texnopark faoliyatining asosiy yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi. 

Yüklə 263,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin