1-Investitsiya muhitini baholashda "beri" indeksining mohiyati


-Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari



Yüklə 31,62 Kb.
səhifə2/4
tarix06.06.2023
ölçüsü31,62 Kb.
#125828
1   2   3   4
1-Investitsiya muhitini baholashda beri indeksining mohiyati

2-Xususiy investitsiyalarning mazmuni va mulkiy asoslari.
Xususiy investitsiyalar — xususiy, korporativ xo’jalik va tashkilotlar, fuqarolar mablag’lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag’lar hisobidan qo’yiladi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni modernizatsiyalash siyosati qisqa muddat ichida nafaqat yetakchi tarmoqlarni texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotda energiya samaradorligini ta’minlash, uning raqobatbardoshligi va samaradorligini oshirish, balki eksport salohiyatini yuksaltirish imkonini berdi. Xususan, mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining o‘sish sur’atlari so‘nggi o‘n bir yil davomida 8 foizdan ortiq darajada saqlanib qolayotganligi, sanoat hamda xizmat ko‘rsatish sohasi jadal rivojlanishi va xalqimiz farovonligining yanada yuksalib borishiga zamin yaratmoqda.
Xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va cheklovlarni bartaraf etish, bu sohaga to‘liq erkinlik berish, eng muhim ustuvor vazifa hisoblanmoqda. Xususan, barqaror iqtisodiy o‘sish va mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko‘p jihatdan aynan mana shu vazifaning qanday hal etilishiga bog‘liqligi, buning uchun amaldagi huquqiy bazani xususiy mulk manfaatlariga moslashtirish, mulk huquqining kuchli yuridik norma va kafolatlari tizimini shakllantirish, xususiy mulkdorlarning keng qatlamini yaratishni eng muhim vazifalardan sanalmoqda. Bugungi kunda iqtisodiyotni modernizatsiyalashda yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga ayniqsa, sanoat tarmoqlarida qo‘llaniladigan zamonaviy laboratoriya jihozlari, oziq-ovqat sanoati sohasida foydalaniladigan zamonaviy texnologik liniyalarni ishlab chiqarish va bunday mahsulotlarni yetkazib berishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish, xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish, korxonalarning ustav kapitalidagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish hisobidan respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning darajasi va rolini tubdan oshirish maqsadida, respublika Prezidentining «Iqtisodiyotda xususiy mulkning ulushi va ahamiyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ2340-sonli qarori qabul qilindi. Ushbu Qaror bilan, davlat mulki bo‘lgan bo‘sh turgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni tahlil qilib, ularni investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatda xorijiy investorlarga sotish, ushbu xorijiy investorlarni soliqqa tortish sohasida imtiyoz va preferensiyalar berildi.
Jumladan, qaror bilan davlat aktivlariga ikki oy mobaynida talabnoma tushmagan taqdirda, ularning narxini har 15 kunda 10 foizga pasaytirish, obyektlar narxi 50 foizgacha pasaytirilgandan so‘ng bir oy mobaynida sotilmasa, ular investitsiya va yangi ish o‘rinlari yaratish sharti bilan «nol» qiymatda sotish;
- davlat aktivlari sotilgandan so‘ng 1 oy ichida investor to‘lovni to‘liq to‘lagan taqdirda, unga xarid summasidan Markaziy bankning qayta moliyalash yillik stavkasi miqdorida chegirma berish;
- davlat obyektlarini qismlarga bo‘lib sotish hamda to‘lovlarni 24 oygacha bo‘lgan muddatda bo‘lib-bo‘lib to‘lash,
- davlat obyektidan ijara asosida foydalanib turgan ijarachilar ijara obyekti sotilishida ustunlik berish;
- xo‘jalik boshqaruvi organlarining ustav kapitaliga berilgan davlat ulushlarini sotishdan tushgan mablag‘lar byudjetga emas, balki korxonalarning o‘zini modernizatsiyalashga yo‘naltirish;
- xususiylashtirilgan korxonalarda xususiylashtirish vaqtida aniqlanmagan davlat aktivlari yoki foydalanishga berilgan korxona hududidagi ko‘char va ko‘chmas mulk sotilgandan keyin aniqlansa, u mazkur korxonaning mulki hisoblanishi aniq belgilab qo‘yilgan.
Bundan tashqari, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish, aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatining samaradorligini tubdan oshirish, bo‘lajak investorlar uchun ularning ochiqligi va jozibadorligini ta’minlash, zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy qilish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlar rolini kuchaytirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida, respublika Prezidentining 2015 yil 24 aprelda «Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan: - aksiyadorlik jamiyatlari boshqaruv xodimlari sifatida jalb qilingan xorijiy mutaxassislarning mehnatiga haq to‘lash fondidan yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashdan;
- xorijiy mutaxassislarning boshqaruv xodimlari sifatidagi faoliyatidan olgan daromadlari daromad solig‘i, to‘lov manbaidan olinadigan daromad solig‘i, shuningdek fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga to‘lanadigan majburiy sug‘urta badallaridan ozod etilgan.
Xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish maqsadida, xorijiy investitsiyalarni jalb etishni kengaytirish borasida yaratilayotgan ushbu qulay shart-sharoitlar mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga, xususiy mulkning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi va ahamiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Respublika iqtisodiyotida xususiy mulkning o’rni va rolini tubdan oshirish, xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo’lidagi to’siq va cheklovlarni bartaraf etish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, yalpi ichki mahsulotda xususiy mulk, jumladan, chet el kapitali ishtirokidagi ulushini izchil oshirish maqsadida:
1. Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo’lidagi to’siqlarni bartaraf etish bo’yicha chora-tadbirlar dasturida quyidagilar belgilab qo’yilgan:
- tadbirkorlik faoliyatiga noqonuniy aralashish va to’sqinlik qilish, xususiy mulkdorlar huquqlarini buzganlik uchun davlat, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari javobgarligini jinoiy javobgarlikka tortish darajasigacha oshirish;
- xususiy mulkni himoya qilish kafolatini kuchaytirish, tadbirkorlik faoliyatini tartibga soladigan ma’muriy va jinoyat qonunchiligini liberallashtirish jarayonini davom ettirish;
- barcha turdagi ro’yxatdan o’tkazish, ruxsat berish va litsenziyalash, shuningdek, tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish bilan bog’liq tartib-taomillarni yanada soddalashtirish;
- xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularning moddiy va kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, biznes muhitni yaxshilash.
Dasturga kiritilgan chora-tadbirlarni o’z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun shaxsiy javobgarlik mas’ul ijrochilar — tegishli vazirliklar, idoralar, sud, huquqni muhofaza qilish va nazorat qiluvchi organlar rahbarlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga yuklatilgan.
2. 2015 yilning 1 iyulidan shunday tartib o’rnatilgan:
- mikrofirmalar, kichik korxonalar va fermer xo’jaliklari faoliyatiga oid barcha tekshiruvlar rejali tartibda nazorat organlari tomonidan to’rt yilda bir martadan, boshqa xo’jalik sub’ektlarida esa faqat O’zbekiston Respublikasi Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika kengashi qaroriga asosan uch yilda bir martadan ko’p bo’lmagan tartibda amalga oshiriladi;
- moliya-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan rejali tekshiruvlar o’tkazish muddati 10 kalendar kunidan oshmaydi;
- tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo’jalik faoliyatini rejali tekshirishlar faqat so’nggi rejali tekshiruvdan keyingi davrni qamrab oladi;
- qo’zg’atilgan jinoiy ishlar munosabati bilan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyati huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ekt jalb etgan advokatlar albatta ishtirok etgan holda (xo’jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan ushbu huquqning rad etilish holatlari bundan mustasno) amalga oshiriladi;



Yüklə 31,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin