1. Iqtisodiyot / Energetika]



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə2/8
tarix27.03.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#90506
1   2   3   4   5   6   7   8
PQ-4779 10.07.2020

T/r

Tashkilot nomi

Yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash prognozi, shu jumladan:

tabiiy gaz
(mln kub.m)

elektr energiyasi
(mln kVt.s)

neft mahsulotlari
(tonna)

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2020-y.

2021-y.

2022-y.

2020-y.

2021-y.

2022-y.

Umumiy

2 595,31

3 263,04

16556,24

Jami

981,69

743,3

870,32

907,16

1500,93

854,95

5483,11

5815,85

5257,28

1.

“O‘zbekneftgaz” AJ

19,72

20,62

21,87

24,66

24,61

24,71

317,46

295,45

326,55

2.

“O‘ztransgaz” AJ

33,86

14,64

16

10,57

4,4

18,3

50,70

22,81

24,9

3.

“Hududgazta’minot” AJ

5,74

5,5

6,01

0,1

0,12

0,15

124,80

117,99

130,53

4.

“Issiqlik elektr stansiyalari” AJ

865,55

643,64

761,5

154,13

137,68

155,7

1 133,10

1 169

1 213,2

5.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ

-

-

-

4,35

10,15

9,72

-

-

-

6.

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ

-

-

-

360,8

537,1

487,1

-

-

-

7.

“O‘zbekgidroenergo” AJ

-

-

-

0,45

0,34

0,4

-

-

-

8.

“O‘zbekko‘mir” AJ

-

-

-

5,4

5,3

4,9

550

400

400

9.

“O‘zkimyosanoat” AJ

10,95

11,55

20,95

138

640,63

13,55

115,6

136,9

219

10.

“Navoiy KMK” AJ

1,03

0,59

3,7

72,7

6,62

9,77

2102,2

2305,3

1 461,7

11.

“Olmaliq KMK” AJ

3,871

4,26

6,23

29,6

30,17

34,19

651,5

949

1 094

12.

“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ

1,46

1,33

0,94

11,07

12,64

10,97

17,05

19

20

13.

“O‘zikkilamchiranglimetall” AJ

0,2

0,1

0,1

0,14

0,14

0,05

7,4

9,7

8,3

14.

“O‘zavtosanoat” AJ

0,57

0,61

0,6

11,55

12,06

11,02

116,4

118,8

120,8

15.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ

0,1

0,1

0,1

0,46

0,23

0,44

35,3

13,4

15,8

16.

“O‘zmaxsusmontajqurilish” AK

-

-

-

3,8

4

4

13,6

15

15

17.

“O‘zdonmahsulot” AK

0,07

0,08

0,08

6,2

5,6

4,8

11,3

11,8

10,3

19.

“O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi

-

-

-

30,3

31,6

30,29

-

-

-

20.

“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi

2,91

2,32

2,65

3,22

2,69

2,63

-

-

-

21.

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi

0,16

0,14

0,14

1,53

0,53

0,44

2,2

0,8

0,8

22.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasi

-

-

-

0,71

0,69

0,67

-

-

-

23.

“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi

28,7

30,3

22,4

31,5

28,4

25,2

228,9

225,1

192,4

24.

“O‘zbekipaksanoat” uyushmasi

-

0,077

0,091

0,04

0,05

0,07

-

-

-

25.

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tizimining issiqlik ta’minoti korxonalari

5,3

5,3

5,3

2,68

2,6

2,52

2

2

2

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6217-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.05.2021-y., 06/21/6217/0409-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-son qaroriga
2-ILOVA
Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik energiya sarflovchi korxonalarida energiya samaradorligini oshirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha
“Yo‘l xaritasi”
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ullar

Ijro uchun

Nazorat uchun

1.

Qishloq xo‘jaligi texnikasini muqobil yoqilg‘iga bosqichma-bosqich o‘tkazish.

1. Gaz va gaz-dizel uskunalari bilan jihozlangan qishloq xo‘jaligi texnikalarining xavfsizligi bo‘yicha standartlar va talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(Sh. Xodjayev),
“O‘zstandart” agentligi
(D. Sattarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov)

2. 2025-yilgacha maqsadli parametrlarni tasdiqlagan holda qishloq xo‘jaligi texnikasini siqilgan tabiiy gaz yoqilg‘isidan foydalanishga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil avgust

3. Gaz-dizel yoqilg‘isida ishlaydigan traktorlarni ishlab chiqarish bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish. Gaz-dizel uskunalari (GDU) yetkazib beruvchisini aniqlab, GDU o‘rnatish uchun traktor modelini aniqlash. GDU asosida ishlaydigan traktorning sinov namunasini yaratish.

2020-yil sentyabr

4. Qishloq xo‘jaligi texnikasini tuproq-iqlim sharoitida sinovdan o‘tkazish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va seriyali ishlab chiqarish uchun tavsiyalar olish.

2020-yil dekabr

2.

Gaz yoqilg‘isiga moslashtirilgan tijorat va yuk avtomobillarini ishlab chiqarishni ishga tushirish.

1. Tijorat texnikalarini gaz-dizel tizimlariga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

2020-yil iyul

“O‘zavtosanoat” AJ
(Sh. Umurzakov)

Vazirlar Mahkamasi
(Sh. Samatov)

2. “Sinotrak” yuk avtomobillarini gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish masalasini o‘rganish.

2020-yil dekabr

3. Gaz yoqilg‘isida ishlovchi 1000 dona “Sinotrak” yuk avtomobillarini ishlab chiqarish.

2020-yil dekabr

3.

3 ta propan-butanli aralashmalar va sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish bo‘yicha zavodni ishga tushirish.

Qo‘shimcha 180 ming tonna suyultirilgan gaz ishlab chiqarish uchun “O‘zbekneftgaz” AJ ishlab chiqarish obyektlarida (MGQIZ, Sho‘rtan NGQChB, Gazli NGQChB) yangi quvvatlarning ishga tushirilishini ta’minlash.

2020-yil dekabr

“O‘zbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev)

Energetika vazirligi
(A. Sultanov)

4.

Neft bazalarida neft mahsulotlarini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish va hisobga olish, shuningdek, konlar texnologik uzellari, qazib olish joylari va gaz quvurlarida gaz sizib chiqishini bartaraf etish mexanizmini joriy etish.

1. Gaz sizib chiqishi mavjudligi va uni bartaraf etish masalasi yuzasidan konlar va qazib olish joylarining texnologik uzellari, gaz quvurlarini auditdan o‘tkazish.

2020-yil oktyabr

“O‘zbekneftgaz” AJ (M. Abdullayev),
“O‘ztransgaz” AJ
(U. Sayidov)

Energetika vazirligi
(A. Sultanov)

2. “O‘zbekneftgaz” AJ neft bazalarida neft mahsulotlarini avtomatlashtirilgan tarzda nazorat qilish va hisobga olish tizimini joriy etishni nazarda tutuvchi “neft bazalari faoliyatini avtomatlashtirish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

5.

Ayrim turdagi uskunalar uchun energiya iste’molining minimal standartlarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Ayrim turdagi uskunalar uchun energiya iste’molining minimal standartlarini ishlab chiqish va joriy etish mexanizmi bo‘yicha xalqaro tajribani o‘rganish.

2020-yil sentyabr

“O‘zstandart” agentligi
(D. Sattarov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov),
Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
O‘zneftgazinspeksiya (N. Agzamov),
O‘zenergoinspeksiya
(U. Egamberdiyev),
vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov)

2. Energiya samaradorligini ta’minlashni inobatga olgan holda ayrim turdagi uskunalar uchun energiya iste’molining minimal standartlari bo‘yicha tarmoq me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqish.

2020-yil oktyabr

3. Energiya samaradorligini ta’minlashni inobatga olgan holda ayrim turdagi uskunalar uchun energiya iste’molining minimal standartlarini joriy etish hamda me’yoriy hujjatlarni kelishish va tasdiqlash.

2020-yil dekabr

6.

Iqtisodiyot tarmoqlari va faoliyat turlari bo‘yicha iqtisodiyotning energiya sarfini 2030-yilga 1,5 barobarga kamaytirishni nazarda tutuvchi energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi dasturlarni ishlab chiqish.

1. Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi maqsadli ko‘rsatkichlarni ko‘rsatgan holda vazirlik va idoralar tomonidan dasturlarni ishlab chiqish.

2020-yil noyabr

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov),
vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov,
Sh. Samatov)

2. Energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish sohasidagi ishlab chiqilgan dasturni kelishish uchun Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.

2020-yil dekabr

7.

Yuqori energiya iste’moliga ega 285 ta sanoat korxonalarida energiya samaradorligi darajasini o‘rganish uchun energetika auditorlik tashkilotlarini (mahalliy va xalqaro) jalb qilish.

1. Energetika auditi va tenderlar o‘tkazish uchun texnik topshiriq loyihasini ishlab chiqish.

2020-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov),
Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Sh. Vafayev),
manfaatdor vazirlik va idoralar

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov,
Sh. Sama�ov)

2. Tender natijalariga ko‘ra xizmatlar ko‘rsatishga shartnomalar tuzish.

2020-yil avgust

3. Energetika auditi va texnik ekspertiza o‘tkazishni moliyalashtirish to‘g‘risida xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar o‘tkazish.

2020-yil sentyabr

2. Hududiy elektr tarmoqlari korxonalarini “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning hududiy funksional filiallari etib qayta tashkil etish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan tashkil etilayotgan filiallarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.

9.

Qishloq joylarida va respublikaning olis hududlarida issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha quyosh tizimlarini o‘rnatish yuzasidan maq�adli dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. 2021 — 2023-yillarda qishloq joylarida va respublikaning olis hududlarida jamlash tizimiga ega kichik fotoelektr quyosh stansiyalarini va energiya samarador quyosh suv isitgichlarini har yili kamida 1 ming donadan o‘rnatish bo‘yicha maqsadli dasturni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil oktyabr

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov,
Sh. Samatov)

2. Tanlov savdolari shaffofligi, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining zamonaviy qurilmalarini joriy etish va jalb qilingan kreditlarning qaytarilishi kafolatlanganligini bo‘yicha masalalarni hal qilishni inobatga olgan holda maqsadli dasturni amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish.

2020-yil oktyabr

3. Maqsadli dasturni amalga oshirishni, shu jumladan xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlarini jalb qilish hisobiga moliyalashtirish manbalarini aniqlash.

2020-yil noyabr

4. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini yetkazib berish, “tayyor holda topshirish” sharti asosida o‘rnatish va ularga xizmat ko‘rsatishga tanlov savdolarini bosqichma-bosqich e’lon qilish.

2021-yil dekabr

5. Maqsadli dasturni amalga oshirish.

10.

Passiv uylar, binolar va inshootlar qurilishini tartibga soluvchi shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

1. Nemis Passiv uylar instituti (PHI) bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, passiv uylar, binolar va inshootlar qurish uchun shaharsozlik normalarini birgalikda ishlab chiqish va tasdiqlash.

2021-yil dekabr

Qurilish vazirligi
(B. Zakirov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

2. Qurilish vazirligi huzurida loyihalashtiruvchi va quruvchilarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha markazni tashkil etish hamda 2022-yil 1-yanvardan boshlab kompyuter yordamida modellashtirish dasturini qo‘llab, energiya samarador va passiv uylarning sertifikatlangan loyihalashtiruvchilari va quruvchilarini tizimli asosda tayyorlashni yo‘lga qo‘yish.

2021-yil dekabr

11.

Ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish bo‘yicha maqsadli dasturni ishlab chiqish.

1. Obyektlarning texnik parametrlarini inobatga olgan holda qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari bilan jihozlanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarning ro‘yxatini tuzish.

2020-yil noyabr

Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov)
Maktabgacha ta’lim vazirligi
(A. Shin),
Xalq ta’lim vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Energetika vazirligi (A. Sultanov)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov,
B. Musayev)

2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari bilan jihozlanishi lozim bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy obyektlarning ro‘yxatini Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish.

2020-yil dekabr

12.

Germaniya hukumati bilan Turar-joy obyektlari energiya samaradorligini oshirish jamg‘armasini tashkil etish hamda 100 mln yevro miqdordagi imtiyozli moliyalashtirishni jalb qilish haqida bitim tuzish.

Turar-joy obyektlari energiya samaradorligini oshirish jamg‘armasini tashkil etish uchun 100 mln yevro miqdorida imtiyozli moliyalashtirishni ajratish bo‘yicha Germaniya hukumati bilan muzokaralar o‘tkazish.

2020-yil dekabr

Qurilish vazirligi
(B. Zakirov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Sh. Vafayev)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov, S. Umurzakov)

13.

Ijtimoiy soha obyektlarining energiya samaradorligini oshirish uchun Jahon bankining 143 mln AQSh dollari miqdordagi mablag‘larini jalb qilish.

Ijtimoiy soha obyektlarining energiya samaradorligini oshirish uchun 143 mln AQSh dollari miqdorida imtiyozli kredit ajratish bo‘yicha Jahon banki bilan muzokaralar o‘tkazish va qarz bitimlarini rasmiylashtirish.

2020-yil dekabr

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi
(A. Shadmanov),
Maktabgacha ta’lim vazirligi
(A. Shin),
Xalq ta’lim vazirligi
(Sh. Shermatov),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(I. Madjidov),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (Sh. Vafayev)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov,
B. Musayev)

14.

Respublikada elektrmobillar uchun xizmat ko‘rsatish infratuzilmasi, shu jumladan zaryadlash stansiyalari va servis markazlarini tashkil etishni rag‘batlantirish.

1. Rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribasini o‘rganish asosida tahliliy material tayyorlash va elektrmobillar uchun infratuzilma yaratish bo‘yicha aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil sentyabr

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov),
Transport vazirligi
(E. G‘aniyev),
manfaatdor vazirlik
va idoralar

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov,
Sh. Samatov)

2. Elektrmobillarga xizmat ko‘rsatuvchi infratuzilma obyektlari yaratiladigan aniq joylar (nuqtalar) bo‘yicha o‘rganish o‘tkazish va aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil sentyabr

3. “O‘zbekneftgaz” AJ mablag‘lari hisobiga Toshkent shahrida ikkita tezkor zaryadlash tizimlarining (MEK 61851-1-Mode 4 standarti bo‘yicha) o‘rnatilishi va ishlashini ta’minlash.

2021-yil yanvar

15.

Vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli milliy strategiyani ishlab chiqish.

1. Vodorod yoqilg‘isidan foydalanish istiqbollari, kadrlar tayyorlash, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalarni rag‘batlantirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil avgust

Innovatsiya vazirligi
(I. Abduraxmonov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov),
Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Fanlar akademiyasi
(B. Yuldashev)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov)

2. Qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan “yashil vodorod”ni ishlab chiqish imkoniyatini o‘rganish va Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritish.

2021-yil may

3. Vodorod energetikasini rivojlantirish bo‘yicha milliy strategiyani ishlab chiqish.

2021-yil dekabr

16.

Toshkent shahri, Olmazor tumani, Jomiy ko‘chasi, 9-uyda joylashgan “Savdoen�rgo” AJ ishlab chiqarish hududini “Energo RES” MChJ korxonasiga balans (qoldiq) qiymatida berish, shuningdek, unda elektr energiyasini yetkazib berishda avariya, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni ishlab chiqarishni tashkil etish.

1. Ishlab chiqarish hududini berish bo‘yicha aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini o‘tkazish.

2020-yil avgust

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
(S. Bekenov),
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ
(U. Mustafoyev)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov, Sh. Samatov)

2. Ishlab chiqarish hududiga bo‘lgan huquqlarni qayta ro‘yxatdan o‘tkazish.

3. Elektr energiyasini yetkazib berishda avariya, ta’mirlash va rekonstruksiya ishlari uchun zarur bo‘lgan ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish va amalga oshirish.

17.

Jahon banki kredit liniyalarini jalb qilish hisobiga “aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatish va issiqlik trassalari uchastkasidagi quvurlarni energiya tejaydigan quvurlarga almashtirish bilan Chirchiq shahridagi 15 ta ko‘p kvartirali uylardagi isitish tizimlarini rekonstruksiya qilish.

“Aqlli” hisoblagichlarni o‘rnatish va issiqlik trassalari uchastkasidagi 2 km quvurlarni energiya tejaydigan quvurlarga almashtirish bilan Chirchiq shahridagi 15 ta ko‘p kvartirali uylardagi isitish tizimlarini rekonstruksiya qilish.

2020-yil dekabr

UJKXKV
(M. Saliyev)

Vazirlar Mahkamasi
(A. Ramatov)

18.

“JAYKA” agentligining 780 mln AQSh dollari miqdordagi mablag‘larini jalb qilish hisobiga Buxoro, Farg‘ona, Quvasoy, Nukus va Urganch shaharlarining isitish tizimlarida kogeneratsiya uskunalarni o‘rnatish.

Buxoro, Farg‘ona, Quvasoy, Nukus va Urganch shaharlarining isitish tizimlarida kogeneratsiya uskunalarni o‘rnatish uchun 780 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kreditlarni jalb qilish bo‘yicha “JAYKA” agentligi bilan muzokaralar o‘tkazish hamda qarz bitimlarini rasmiylashtirish.

2020-yil dekabr

UJKXKV
(M. Saliyev),
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Sh. Vafayev)

Vazirlar Mahkamasi
(S. Umurzokov)

19.

Angren va Shirin shaharlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlarining 115 mln AQSh dollari miqdordagi mablag‘larini jalb qilish.

1. Angren va Shirin shaharlarining issiqlik ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun 115 mln AQSh dollari miqdoridagi imtiyozli kreditlarni jalb qilish bo‘yicha xalqaro moliya institutlari bilan muzokaralar o‘tkazish.

2020-yil sentyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Sh. Vafayev),
UJKXKV
(M. Saliyev)

Vazirlar Mahkamasi
(S. Umurzakov)

2. Qarz bitimini rasmiylashtirish.

2020-yil dekabr

20.

2021-yilda jami quvvati 565 MVt bo‘lgan issiqlik elektr stansiyalaridagi eskirgan energiya bloklarini (2 tasi Taxiatosh IESda, 1 tadan Navoiy IES va Toshkent IESda) foydalanishdan chiqarish bo‘yicha dasturni tasdiqlash.

Issiqlik elektr stansiyalaridagi eskirgan energiya bloklarini foydalanishdan chiqarish bo‘yicha dasturni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2020-yil avgust

Energetika vazirligi
(A. Sultanov)

Vazirlar Mahkamasi
(Sh. Samatov)

21.

Neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari bo‘yicha investitsiya loyihalarini keyingi yilga o‘tkazish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

1. Neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalari tomonidan bajarilayotgan qurilish ishlarini xatlovdan o‘tkazish hamda ishlab chiqarish-texnologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lmagan qurilish obyektlarini keyingi yilga o‘tkazish bo‘yicha takliflarni tayyorlash.

2020-yil avgust

Energetika vazirligi
(A. Sultanov)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov, Sh. Samatov)

2. Taklifni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2020-yil sentyabr

22.

Neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalari tomonidan jalb qilingan xalqaro moliya institutlari kreditla�i bo‘yicha o‘z vaqtida to‘lovlarni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish.

1. Neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarida texnologik jarayonlar bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni maqbullashtirish hisobiga xalqaro moliya institutlarining kreditlarini qaytarish bo‘yicha takliflar kiritish.

2020-yil avgust

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi
(S. Umurzakov,
D. Kuchkarov,
Sh. Samatov)

2. Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.

23.

Iqtisodiyot tarmoqlari sanoat korxonalarining, shu jumladan elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun o‘zaro qarzdorliklarini qisqartirish bo‘yicha aniq takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Sanoat korxonalarining o‘zaro qarzdorliklari summasini aniqlash
va moliyalashtirishning optimal yo‘lini tanlash.

2020-yil avgust

Moliya vazirligi
(T. Ishmetov),
Energetika vazirligi
(A. Sultanov)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov)

24.

Uch smenada ishlayotgan tadbirkorlik subyektlari uchun kechki smenada elektr energiyasi tariflarini 1,5 baravarga kamaytirish masalasini o‘rganish.

1. Aniq mezonlar va talablarni ko‘rsatgan holda uch smenada ishlayotgan tadbirkorlik subyektlari ro‘yxatini shakllantirish.

2020-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov),
Energetika
vazirligi
(A. Sultanov)
Moliya vazirligi
(T. Ishmetov)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov)

2. Tadbirkorlik subyektlari tomonidan elektr energiyasi iste’molining tahlilini o‘tkazish.

2020-yil sentyabr

3. Iste’mol qilinayotgan elektr energiyasi hajmi o‘zgarishining elektr energiya ishlab chiqaruvchi korxonalarga ta’sirini aniqlash.

2020-yil sentyabr

4. Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish.

2020-yil oktyabr

25.

Kommunal va energetika sektorlari korxonalarining aylanma mablag‘larini ko‘paytirish uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan 100 mln AQSh dollarini jalb qilish.

Kommunal va energetika sektorlari korxonalari uchun mablag‘ ajratish masalasi bo‘yicha Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan muzokaralar o‘tkazish.

2020-yil noyabr

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Sh. Vafayev),
UJKXKV
(M. Saliyev),
Energetika vazirligi
(A. Sultanov)

Vazirlar Mahkamasi
(S. Umurzakov)

26.

Ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatish uchun Global ekologiya jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish.

1. Global ekologiya jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliya institutlarining grantlarini jalb qilish uchun aniq loyihalarni ishlab chiqish.

2020-yil avgust

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Sh. Vafayev),
Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov)

Vazirlar Mahkamasi
(S. Umurzakov)

2. Ishlab chiqilgan loyihalar asosida muzokaralarni tashkillashtirish va o‘tkazish.

2020-yil noyabr

27.

Xorijiy mutaxassislarni jalb etgan holda energetika menejmenti sohasida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, yirik tashkilotlarning rahbar va xodimlarini Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi bazasida o‘qitish.

1. Yuqori energiya iste’moliga ega ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va xodimlarining energiya menejmenti sohasida malakasini oshirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish.

2020-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(I. Norkulov)
“O‘zstandart” agentligi
(D. Sattarov),
Energetika vazirligi
(A. Sultanov)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov)

2. Malakali mutaxassislarni tanlov asosida tanlab olish hamda tasdiqlangan rejaga muvofiq 10 kishidan ko‘p bo‘lmagan guruhlarda o‘qitishni tashkil etish.

2020-yil dekabr

28.

Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihalar doirasida sanoat korxonalari orasida Jahon bankining 200 mln AQSh dollarini taqsimlash.

1. Loyihada ishtirok etayotgan tijorat banklari kesimida tasdiqlangan mablag‘larni o‘zlashtirish jadvalini qayta ko‘rib chiqish.

2020-yil avgust

Iqtisodiy taraqqiyot vazirligi
(B. Abdinazarov)
Energetika vazirligi
(A. Sultanov)
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi
(Sh. Vafayev)

Vazirlar Mahkamasi
(D. Kuchkarov)

2. Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha loyihani amalga oshirish uchun viloyat va tuman darajalarida tijorat banklarida mas’ul shaxslarni tayinlash.

2020-yil sentyabr

29.

Yuklamalarni modellashtirish bo‘yicha tadqiqotlar o‘tkazish, qayta tiklanuvchi energiya manbalariga ta’sirini tartibga solish uchun zarur quvvatlarni baholash, energiya tizimining barqarorligini tahlil qilish, shuningdek, mamlakatning energiya tizimining barqaror ishlashini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish.

1. Ishlab chiqarish xarajatlarini soatma-soat modellashtirishni nazarda tutuvchi energiya bloklarining yuklamasi va iqtisodiy dispetcherlashtirish jadvalini modellashtirish.

2020-2021-yillar

Energetika vazirligi
(A. Sultanov),
Innovatsiya vazirligi (I. Abduraxmonov)

Vazirlar Mahkamasi
(Sh. Samatov)

2. Oqim, qisqa tutashuv va elektr energiyasi sifatini taqsimlashni
o‘z ichiga oluvchi o‘rnatilgan energiya tizimi rejimini tahlil qilish.

3. Tizimning dinamik barqarorligini tahlil qilish.

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-dekabrdagi PQ-73-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.12.2021-y., 07/21/73/1227-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-son qaroriga
3-ILOVA
Yoqilg‘i-energetika resurslari jami yillik iste’moli ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isi bo‘lgan korxonalarni majburiy energetik tekshiruvdan (energiya auditidan) o‘tkazishning 2021-2022-yillar davriga mo‘ljallangan
jadvali


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin