1. Iqtisodiyot / Energetika]



Yüklə 1,22 Mb.
səhifə1/8
tarix27.03.2023
ölçüsü1,22 Mb.
#90506
  1   2   3   4   5   6   7   8
PQ-4779 10.07.2020




[OKOZ:

1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.10.00.00 Sanoat / 09.10.10.00 Yoqilg‘i sanoati (neft qazib chiqarish va neftni qayta ishlash sanoati, gaz va ko‘mir sanoati);

2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.20.00.00 Energetika / 09.20.01.00 Umumiy qoidalar]

[TSZ:

1.Iqtisodiyot / Energetika]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
qarori
Iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish va mavjud resurslarni jalb etish orqali iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini kamaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Yoqilg‘i-energetika resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni rag‘batlantirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini mamlakat iqtisodiyotiga keng joriy etish, iqtisodiyot tarmoqlari va aholiga elektr energiyasi va neft-gaz mahsulotlarining uzluksiz yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida:
1. Belgilab qo‘yilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan o‘z ehtiyojlari uchun o‘rnatiladigan quvvati 1 MVtgacha bo‘lgan quyosh, shamol va biogaz elektr stansiyalarida ishlab chiqarilgan elektr energiyasining o‘z ehtiyojidan ortiqcha qismi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va kelgusida davlat tomonidan elektr energiyasini kafolatlangan tarzda xarid qilish funksiyasi (vakolati) berilgan organ tomonidan (kafolatlangan tarzda II tarif guruhi iste’molchilari uchun belgilangan tarifning 80 foizi miqdorida) iste’molchi xohishiga ko‘ra, kamida 10 yil muddat davomida xarid qilinadi;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)
sanoat ko‘lamidagi (1 MVt yoki undan ortiq) qayta tiklanuvchi energiya manbalari (gidroelektrstansiyalardan tashqari) sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun potensial investorlarni aniqlash shaffof auksion (tanlov) savdolari orqali amalga oshiriladi;
2020-yil 15-iyuldan 31-dekabrgacha 750 kVAgacha bo‘lgan quvvatda ulangan hamda qo‘shimcha uchinchi smenani tashkil etgan mahsulot ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi iste’molchilar (Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha) uchun tungi davr — sutkaning qorong‘i davrida (yagona elektr energetika tizimining soat 22.00 dan 24.00 gacha va soat 00.00 dan 06.00 gacha bo‘lgan minimal yuklamalar soatlarida) foydalanilgan elektr energiyasi bo‘yicha hisob-kitoblarda belgilangan tarifga nisbatan 1,5 baravar miqdorda kamaytirish koeffitsiyenti qo‘llaniladi;
yuridik shaxslar tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun oldindan to‘lov kiritish to‘g‘risidagi majburiy talabni 30 foizgacha kamaytirish imkoniyati davlat korxonalari va ustav kapitalidagi davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi;
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi, “O‘zbekgidroenergo” AJ va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda potensial investorlarni jalb qilish masalasini o‘rganish uchun axborotni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtirish hamda foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa rasmiy usullar yordamida tarqatish, shu jumladan biznes-tadbirlarda ishtirok etish va xorijda “road-show”lar o‘tkazish orqali tizimli asosda, biroq yiliga kamida bir marotaba belgilangan quvvati 1 MVt gacha bo‘lgan mikro va kichik gidroelektrostansiyalar portfelini shakllantiradi.
2. Quyidagilar:
3,3 mlrd kVt soat elektr energiyasi, 2,6 mlrd m3 tabiiy gaz va 16,5 ming tonna neft mahsulotlarini tejashni nazarda tutuvchi 2020 — 2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashning maqsadli parametrlari 1-ilovaga muvofiq;
Iqtisodiyot tarmoqlarining yirik energiya sarflovchi korxonalarida energiya samaradorligini oshirish va yoqilg‘i-energetika resurslarini tejash bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” 2-ilovaga muvofiq;
Yoqilg‘i-energetika resurslari jami yillik iste’moli ikki ming tonnadan ortiq shartli yoqilg‘i yoki bir ming tonnadan ortiq motor yoqilg‘isi bo‘lgan korxonalarni majburiy energetik tekshiruvdan (energiya auditidan) o‘tkazishning 2021-2022-yillar davriga mo‘ljallangan jadvali 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Vazirliklar, idoralar va xo‘jalik tashkilotlarining birinchi rahbarlariga ushbu qaror bilan tasdiqlangan yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashning maqsadli ko‘rsatkichlari va majburiy energetik tekshiruvlar o‘tkazish jadvalini bajarish yuzasidan shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
3. “Energiyadan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni bilan budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) tashkil etish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Belgilansinki, Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining tuzilmasiga kiradi va davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Jamg‘arma tuzilmasi va Kuzatuv kengashi tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoniga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 9-sentabrdagi PF-220-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.09.2022-y., 06/22/220/0812-son)
5. Quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari etib belgilansin:
davlat ulushi bo‘yicha dividendlar hisobiga neft-gaz va elektr energetikasi tarmoqlari korxonalarining sof foydasidan 5 foiz miqdoridagi o‘tkazmalar;
energiyani me’yordan ortiqcha iste’mol qilganlik uchun korxonalarga qo‘llaniladigan oshirilgan tariflardan tushumlar;
yoqilg‘i-energetika resurslaridan foydalanishda aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha undirilgan iqtisodiy sanksiyalar summasining 20 foizi;
kreditlar berish va Jamg‘armaning boshqa moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidan olingan foyda;
xalqaro moliya institutlarining grantlari va kreditlari hamda donor tashkilotlari mablag‘lari;
jamg‘arma aktivlarini boshqarish, shu jumladan bo‘sh mablag‘larni bank muassasalarida depozit sifatida joylashtirishdan olinadigan daromadlar;
tuzilgan shartnomaga muvofiq moliyaviy qo‘llab-quvvatlashdan olingan foydaning bir qismi, bunda uning summasi ko‘rsatilgan xizmatlar summasining yigirma besh foizidan oshmasligi lozim;
qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar belgilansin.
6. Belgilansinki, Jamg‘arma mablag‘lari:
binolar va ko‘p kvartirali uylarda energiya samarador texnologiyalar va tiklanuvchi energiya manbalari qurilmalarini joriy etgan holda ularning energiya samaradorligini oshirish, shu jumladan issiqlik himoyasini yaxshilash bo‘yicha loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlashni moliyalashtirish, shuningdek energiya auditini o‘tkazish;
energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish yo‘nalishida mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv markazlari tashkil etish (bino va inshootlarni qurishdan tashqari) va seminarlar o‘tkazish;
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalari, issiqlik nasoslari, rekuperatorlar, reaktiv quvvatni tiklovchi qurilmalar (kondensator batareyalari), rele himoyasi uchun mikroprotsessor bloklari, chastotali o‘zgartirgichlar va bir tekis ishga tushirish qurilmalarini ishlab chiqarish bo‘yicha startap-loyihalarni moliyalashtirish, ishlab chiqarish korxonalarining ustav jamg‘armalari (kapitallari) hamda korxonalarning loyihalarini shakllantirishda ishtirok etish;
Jamg‘armaning ijro etuvchi direksiyasini ta’minlash, uning xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, ularni moddiy rag‘batlantirish;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 22-avgustdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning energiya samaradorligini oshirish, energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishning tezkor chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4422-son qarorining 6-bandida ko‘rsatilgan tadbirlarni o‘tkazish;
xo‘jalik yurituvchi subyektlarda energiya auditi o‘tkazish va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
shahar transportining yoqilg‘i-energetika samaradorligini yaxshilash, shuningdek, energiya xarajatlarini kamaytirish uchun transport oqimlarini axborot va immitatsion modellashtirish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha innovatsion tadbirlarni o‘tkazishga yo‘naltiriladi.
Energetika vazirligi bir oy muddatda budjetdan tashqari Tarmoqlararo energiyani tejash jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizom loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
7. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Energetika vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda:
a) bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molchilarini energetik tekshiruvlardan o‘tkazish qoidalarini qabul qilish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin:
energetika tekshiruvlarini (energiya auditini) o‘tkazishni rag‘batlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
energiya auditorini tanlashning bozor mexanizmini joriy etish;
tariflarni tartibga solish, shu jumladan energiya auditi yakunlariga ko‘ra tavsiyalarni bajarmagan korxonalar uchun energiyani me’yordan ortiqcha iste’mol qilganlik uchun oshirilgan stavkalarni qo‘llashning samarali mexanizmini yaratish;
b) ikki oy muddatda 285 ta yirik sanoat korxonasida energiya auditini o‘tkazish uchun yetakchi kompaniyalar (mahalliy va xalqaro) jalb qilinishini ta’minlasin va ushbu korxonalar ro‘yxatini kengaytirish masalasini ko‘rib chiqsin.
8. Energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtirishni jadallashtirish, energiya tejaydigan texnologiyalar va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish maqsadida ikki oy muddatda:
a) Vazirlar Mahkamasi:
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarining sarflanishini normalashtirish to‘g‘risidagi nizomni;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalari sohasida auksion savdolarini o‘tkazish reglamentini;
b) Energetika vazirligi:
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan energiyani va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini hisobga olish reglamentini;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarning kichik obyektlaridan elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi shartnomaning namunaviy shaklini;
Qayta tiklanuvchi energiya manbalarida ishlab chiqarilgan energiya va qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini sertifikatlashtirish reglamentini;
Sanoat ko‘lamidagi fotoelektrik quyosh elektr stansiyalarini joylashtirish reglamentini tasdiqlasin.
9. Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi:
a) uch oy muddatda Energetika vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi avtomatlashtirilgan Yagona axborot tizimini (keyingi o‘rinlarda — Yagona axborot tizimi) yaratish bo‘yicha texnik topshiriqni ishlab chiqsin:
yirik sanoat korxonalari va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslari iste’molini tahlil qilish va prognozlashtirish;
energiya ishlab chiqaruvchilarning (yirik iste’molchilarning) identifikatsiya raqamini onlayn-rejimda berish va ishlab chiqarilgan (iste’mol qilingan) energiya bo‘yicha tegishli hisobotlarni elektron shaklda yuborishning soddalashtirilgan mexanizmi;
ishlab chiqarilgan (iste’mol qilingan) energiyani hisobga olish ma’lumotlarini avtomatik tarzda yig‘ish, tizimlashtirish va tahlil qilish, shuningdek, yirik sanoat korxonalarining energiya samaradorligini aniqlash;
qayta tiklanuvchi energetika sohasida revers auksion onlayn-savdolarini o‘tkazish uchun himoyalangan savdo maydonchasini yaratish;
b) 2021-yil yakunigacha ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan zarur axborotlarning tarmoqlararo elektron almashuvini nazarda tutgan holda Yagona axborot tizimining ishga tushirilishi va Elektron hukumat bilan integratsiyalashuvini ta’minlasin;
v) Yagona axborot tizimidan olingan tahliliy ma’lumotlar asosida yuqori energiya iste’moliga ega korxonalarni majburiy energiya auditidan o‘tkazish mexanizmini joriy etsin;
Yagona axborot tizimini yaratish va ishga tushirish doirasida quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi buyurtmachi etib;
Jamg‘arma mablag‘lari, xalqaro moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar moliyalashtirish manbalari etib belgilansin.
10. Energetika vazirligi Qurilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan birgalikda:
uch oy muddatda namunaviy uylar va ijtimoiy obyektlarda issiqlik va elektr energiyasini ishlab chiqarish bo‘yicha quyosh tizimlarini o‘rnatish, shuningdek, jamoat binolarida energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha maqsadli dasturni ishlab chiqsin;
joriy yilning 1-avgustidan ko‘p qavatli uylarni qurish va loyihalashtirish doirasida zamonaviy energiya tejaydigan materiallar, energiya samarador texnologiyalarni qo‘llash hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish bo‘yicha nazorat qilish tizimini joriy etsin. Shaharlarda ko‘p qavatli tijorat uylarini qurishda mazkur talablar majburiy ravishda qo‘llansin.
11. Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Energetika vazirligi, Qurilish vazirligi mahalliy hokimiyat organlari va Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda ikki oy muddatda quyidagilar bo‘yicha maqsadli dasturni tasdiqlashni nazarda tutuvchi qaror loyihasini ishlab chiqsin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin:
2020 — 2022-yillarda respublikaning barcha hududlarida binolarning issiqlik himoyasini oshirish, energiya tejaydigan texnologiyalar, shuningdek, qayta tiklanuvchi energiya manbalarining qurilmalarini joriy etish hisobiga ko‘p qavatli turar-joylarda isitish va sovutish ehtiyojlari uchun energiya iste’molini pasaytirish;
tabiiy gaz iste’molini pasaytirish maqsadida respublikadagi qozonxonalarda suv isitish uchun energiya samarador quyosh tizimlarini o‘rnatish.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi maqsadli dasturlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning hisob-kitoblari taqdim etilishiga qarab xalqaro moliya institutlari va chet el hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kredit resurslari, xorijiy donorlarning texnik ko‘mak vositalari (grantlarini) jalb qilinishini belgilangan tartibda ta’minlansin.
12. Bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov va Energetika vazirligi (Sultanov):
a) Moliya vazirligi bilan birgalikda ikki hafta muddatda jahon bozorida narxlarning o‘zgarishini hisobga olgan holda neft-gaz va elektr energetikasi sohasi korxonalari o‘rtasidagi o‘zaro xarid narxlari va daromad taqsimoti sxemasini qayta ko‘rib chiqsin;
b) Qurilish vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi bilan birgalikda xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda, ilg‘or jahon tajribasi asosida energiyani tejash va energiya samaradorlik sohasidagi qonun hujjatlarini xatlovdan o‘tkazsin va 2020-yil 1-noyabrgacha:
qayta tiklanuvchi energiya manbalarining energiya samaradorligi sohasini jadal rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlarni yaratuvchi mexanizmlar;
iqtisodiyot tarmoqlari, bino va inshootlar, shuningdek, ijtimoiy sohada energiya tejamkorligi va energiya samaradorligini ta’minlash normalarini belgilovchi “Energiya tejamkorligi va energiya samaradorligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
13. Belgilansinki, iqtisodiyot tarmoqlarining energiya samaradorligini oshirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanishni rivojlantirish, shuningdek, iqlim o‘zgarishining oqibatlariga moslashish va ularni yumshatish, tabiiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish va tabiiy ekotizimlarni muhofaza qilish bo‘yicha barcha normativ-huquqiy hujjatlar, shu jumladan davlat rivojlantirish dasturlari va investitsiya dasturlari loyihalari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi bilan majburiy ravishda kelishilishi lozim.
14. Iqtisodiyot tarmoqlarining yoqilg‘i-energetika mahsulotlariga qaramligini qisqartirish bo‘yicha vazifalarni samarali muvofiqlashtirish va bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti tuzilmasiga energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisning bitta qo‘shimcha shtat birligi kiritilsin.
15. Energetika vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
16. Mazkur qaror ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi R.A. Gulyamov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 10-iyul,
PQ-4779-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-iyuldagi PQ-4779-son qaroriga
1-ILOVA
2020 — 2022-yillarda iqtisodiyot tarmoqlarida yoqilg‘i-energetika resurslarini tejashning
maqsadli parametrlari
Oldingi tahrirga qarang.


Yüklə 1,22 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin