Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish



Yüklə 227 Kb.
səhifə1/11
tarix13.03.2023
ölçüsü227 Kb.
#87552
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kompleks iqtisodiy tahlil


Kompleks iqtisodiy tahlil
Reja:
  1. Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish


  2. Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning muhim ko‘rsatkichlari tahlili
  3. Mehnat resurslari va ular samaradorligi ko‘rsatkichlarining tahlili



1. Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish
Raqobatdosh iqtisodiyot shakllantirilayotgan sharoitda xo‘jalik aloqalarining yanada kuchayishi, ishlab chiqarish sur’atlarining muntazam o‘zgarib turishi sodir bo‘layotgan iqtisodiy hodisa va jarayonlarni o‘rganishga har tamonlama yondashishni taqozo etadi. Shu ma’noda kompleks iqtisodiy tahlilning mazmunini korxonani keng qamrovli tarzda o‘rganish asosida, faoliyatdagi o‘zaro bog‘liqlik hamda aloqadorlik jihatlarni ko‘rib chiqib, mavjud resurslardan imkon qadar samarali foydalanishning chora-tadbirlarini belgilab berish maqsadida faoliyat natijaviyligini yaxshilashning ichki imkoniyatlarini aniqlash tashkil etadi.
Kompleks iqtisodiy tahlil tizimli asosda o‘tkaziladi. Tizimli tahlil esa olti bosqichdan iborat. Ular quyidagilardir.
Birinchi bosqichda tahlil obyektining maqsadi va funksiya qilish shartlari aniqlanadi. Korxona faoliyati tizim ko‘rinishida resurslar ta’minoti, ishlab chiqarish va tayyor mahsulot kabi elementlar yig‘indisidan tashkil topadi. Maqsad esa rentabellikni ta’minlash. Tahlil vazifasi rentabellikni oshiruvchi alohida olingan omillarni topish. Shartlar cheklangan resurslar bilan samarali ishlash yoki mahsulot hajmi cheklangan sharoitda resurslarni tejash.
Ikkinchi bosqichda korxona faoliyatini ifodalovchi barcha ma’lumotlar tanlab olinadi. Bunda axborot tizimi asosiy manba bo‘lib hisoblanadi.
Uchinchi bosqichda tizimning chizmasi shakllantiriladi. Chizmada asosiy komponentlar, funksiyalar, o‘zaro aloqalar, kichik tizimlar, ularning elementlari ko‘rsatib beriladi.
Ko‘rsatkichlar hamda omillar asosida kompleks iqtisodiy tahlilning umumiy blok-chizmasi tuziladi. Blok-chizmada omillar va ko‘rsatkichlar tasnif qilinib, ularning aloqasi ilmiy asosda rasmiylashtiriladi.
To‘rtinchi bosqichda tizimdagi asosiy bog‘lanishlar va omillar belgilanib ularga miqdoriy tavsif beriladi. Asosiy vositalar bo‘yicha fond qaytimi, materiallar bo‘yicha material qaytimi, mahsulot bo‘yicha mahsulot hajmi va boshqalar.
Beshinchi bosqichda dastlabki bosqichlarda olingan ma’lumotlar asosida tizimning modeli quriladi. Bunda muayyan korxonaning ma’lumotlari kiritilib, miqdor jihatdan asoslangan ko‘rsatkichlar olinib modelning parametrlari shakllantiriladi.
Oltinchi bosqichda model parametrlari bilan ishlanadi. Bunda ishlab chiqarishning samaradorligiga, uni oshiruvchi omillarga, faoliyat natijalariga obyektiv baho beriladi.
Kompleks iqtisodiy tahlilda tizim asosida yondashishda asosiy jihat mantiqiy- uslubiy holatni ilmiy shakllantirib, tasvir ko‘rinishida ifodalashdir. Ushbu tahlil turining asosiy jihati esa samaradorlikni ifodalovchi umumiy ko‘rsatkichga har bir blokning alohida bog‘liqligi va ta’siri, bloklarning o‘zaro ta’siri, o‘zaro shartlanganligi tahlilida bog‘liqlik hamda tizimlilikning mavjudligidir.
Boshqaruv maqsadlaridan kelib chiqib kompleks iqtisodiy tahlil uslubida quyidagi elementlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.

  • iqtisodiy tahlilning maqsad va vazifalarni aniqlash;

  • ko‘rsatkichlar tizimini shakllantirish;

  • tahlil o‘tkazishning uzluksizligi va chizmasi;

  • tahlil o‘tkazishning muddati va davriyligi;

  • ma’lumotlar olish hamda ularni qayta ishlash usullari;

  • iqtisodiy ma’lumotlarni tahlil qilishning usul va texnikalari;

  • tahlil o‘tkazishning bosqichlari hamda majburyatlarning taqsimlanish tartibi;

  • tahlil uchun zarur bo‘lgan hisoblash texnikasi hamda tashkiliy tizim;

  • tahlil natijalarini rasmiylashtirish tartibi hamda ularni baholash;

  • analitik ishlarni mehnattalabligini baholash hamda tahlil o‘tkazish samarasini hisob-kitob qilish.

Kompleks iqtisodiy tahlilda ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi. Ular qatoriga quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni kiritish mumkin:
Mehnat resurlaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili.
Mehnat vositalaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili.
Nomoddiy aktivlardan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar.
Mehnat ashyolari, buyumlaridan samarali foydalanishni tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili.
Ishlab chiqarish va faoliyat natijaviyligini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili. Moliyaviy holat va to‘lov layoqatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar tahlili.
Kompleks tahlilda tizimli o‘rganish barcha faoliyatni turli manfaatlar nuqtayi nazaridan, ma’lum ketma-ketlikda, tartib va qonuniyatlarni e’tiborga olgan holda o‘rganishdir.


7.1-jadval



Yüklə 227 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin