Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish


Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanishning tahlili



Yüklə 227 Kb.
səhifə6/11
tarix13.03.2023
ölçüsü227 Kb.
#87552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kompleks iqtisodiy tahlil

Asosiy vositalar va ulardan samarali foydalanishning tahlili


Asosiy vositalar ishlab chiqarish faoliyatida uzoq yillar qatnashadigan, o‘z boshlang‘ich qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibiga yoki moliyaviy natijalar hisobidan qoplanadigan xarajat obyektlariga o‘zining belgilangan xizmat muddati davomida bo‘lingan tartibda o‘tkazadigan hamda jismoniy shaklini o‘zgartirmaydigan mehnat qurollaridir. Shuningdek, asosiy vositalar korxonaga mulkiy jihatdan tegishli, kelgusida iqtisodiy naf keltirishi kutilayotgan hamda xizmat muddati uzoq vaqtni tashkil etadigan aktivlar jumlasiga kiradi.


Korxonada asosiy vositalarni quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin.

  1. Ishlab chiqarish jarayonida qatnashuviga qarab:

  1. Tarmoq bo‘ysunuviga qarab:

  1. Foydalanishiga qarab:

  1. Turi bo‘yicha:

  1. Mulkiy egaligiga qarab:

Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 3-shakl «Asosiy vositalar harakati to‘g‘risida hisobot» shaklidan olinadi. Ushbu tasnif tahlil maqsadlari uchun foydalaniladi.
Asosiy vositalarni o‘rganishda ularning texnik holat va harakat ko‘rsatkichlariga muhim ahamiyat beriladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga quyidagilar kiritiladi:

  • asosiy vositalarning yaroqlilik darajasi;

  • asosiy vositalarning eskirish darajasi.

Yaroqlilik darajasi asosiy vositalarning qoldiq qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish orqali;
Eskirish darajasi asosiy vositalarning eskirish qiymatini ularning boshlang‘ich qiymatiga bo‘lish asosida aniqlanadi.
Yaroqlilik va eskirish koeffitsiyentlari yig‘indisi koeffitsiyentda 1 ga, foizda 100 teng bo‘ladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlariga qarab ularning texnik holatiga baho beriladi va ularni tartiblash bo‘yicha boshqaruv qarorlari qabul qilinadi.
Asosiy vositalarning holatini o‘rganishda korxona amortizatsiya siyosatiga, asosiy vositalarning ma’naviy eskirganlik darajasiga, foydalanishdan olib qo‘yilgan asosiy vositalar holatiga muhim e’tibor qaratiladi.
Asosiy vositalarning holat ko‘rsatkichlarini ularning har bir turi va jami bo‘yicha o‘rganiladi. Tahlil uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlar 1-shakl
«Buxgalteriya balansi» va 3-shakl «Asosiy vositalarning harakati to‘g‘risida hisobot» shakllaridan olinadi.

Yüklə 227 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin