Kompleks iqtisodiy tahlilni tashkil etish


Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning muhim ko‘rsatkichlari tahlili



Yüklə 227 Kb.
səhifə3/11
tarix13.03.2023
ölçüsü227 Kb.
#87552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kompleks iqtisodiy tahlil

Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning muhim ko‘rsatkichlari tahlili


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida bir qator ko‘rsatkichlardan foydalaniladi.
Ularning iqtisodiy mazmuni bo‘yicha quyidagi turlarini ajratish mumkin.

  • yalpi mahsulot;

  • sof mahsulot;

  • me’yoriy sof mahsulot;

  • shartli sof mahsulot;

  • tayyor mahsulot;

  • tovar mahsuloti;

  • sotilgan mahsulot;

  • kritik hajmdagi mahsulot.

Yalpi mahsulot hisobot davrida jami ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ifodalaydi. U tayyor mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat) va tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatidan iborat. Yalpi mahsulot asosida mikro darajada, ya’ni korxona bo‘yicha iqtisodiy rivojlanish darajasiga baho beriladi. Mazkur ko‘rsatkichdan foydalanib moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarning samaradorlik darajalari o‘rganiladi.
Yangidan yaratilgan qiymat korxona darajasida sof mahsulot, deb yuritiladi. Sof mahsulot mehnat haqi hamda foyda qiymatidan iborat bo‘ladi. Yalpi mahsulotdan eskirish hamda moddiy xarajat sarflari ayirib tashlansa korxonada yangitdan yaratilgan qiymat – sof mahsulot hisoblab topiladi. Ushbu ko‘rsatkich asosida mahsulot ishlab chiqarishning samaradorligini tavsiflovchi resuruslar samaradorligi ko‘rsatkichlarini aniqlashda, asosiy vositalar qaytimini baholashda, korxona faoliyat natijaviyligi ko‘rsatkichlariga baho berishda foydalaniladi.
Sof mahsulotning qiymat ifodasi yangidan yaratilgan qiymatga teng deb olinadi.
Me’yoriy sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymatning o‘zidan iborat. Faqat,
bunda o‘zgaruvchi (mehnat haqi) qiymat ham foyda summasi ham me’yorlar chegarasida olinadi. Demak, me’yoriy ish haqi va me’yorlashtirilgan foyda summasi me’yoriy sof mahsulotni ifodalaydi. Bu ko‘rsatkichdan foydalanib mehnat unumdorligi, resurslar samarasi va boshqa samaradorlik ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
Shartli sof mahsulot qiymati sof mahsulot qiymatiga yaqin bo‘ladi. Faqat shartli sof mahsulot yangidan yaratilgan qiymat (mehnat haqi va foyda) va amortizatsiya xarajatlari (asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bo‘yicha) iborat bo‘ladi. Ushbu korsatkich korxonaga zarur bo‘lgan pul oqimlarini bashoratlash hamda belgilashda muhim ahamiyatga ega.
Tayyor mahsulot. Korxona ishlab chiqarish faoliyatida yaratilgan, belgilangan barcha texnologik jarayonlardan o‘tgan, o‘rnatilgan rasmiy talablarga muvofiq bo‘lgan, o‘z iste’mol qiymatiga ega buyumlar (ish, xizmatlar) tayyor mahsulot deb hisoblanadi. Tayyor mahsulot tovar hamda o‘z iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmidan iborat bo‘ladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji bahosida, amaldagi bozor va taqqoslama baholarda hisoblanishi mumkin. Tayyor mahsulot ko‘rsatkichi tahlilda asosiy va markaziy ko‘rsatkichlardan biri sanaladi. Uning asosida tahlilda turli xil vazifalar hal etiladi.
Tovar mahsuloti. Korxonada sotish uchun ishlab chiqarilgan mahsulot (ish,xizmat) hajmi tovar mahsulotini tashkil qiladi. Uning qiymat ifodasi korxona ulgurji bahosida, amaldagi bozor va taqqoslama baholarda hisoblanishi mumkin. Tovar mahsuloti mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan barcha xarajatlar summasidan va ushbu mahsulot bo‘yicha oladigan foyda summasidan iborat bo‘ladi.
Sotilgan mahsulot. Korxonada rasmiy jihatdan sotildi deb tan olingan mahsulot hajmi sotilgan mahsulotni ifodalaydi. Sotilgan mahsulot qiymat ifodasida tayyor hamda tovar mahsuloti hajmiga teng yoki ulardan kam bo‘lishi mumkin. Qachonki, korxonadagi tayyor yoki tovar mahsuloti to‘liq sotilsa, u holda ular to‘la ravishda sotilgan mahsulotni tashkil etadi. Basharti, tovar mahsulotining bir qismi sotilib, boshqa qismi sotilmay qolsa, u holda tovar mahsulotining faqat sotilgan qismi sotilgan mahsulot deb tan olinadi.
Kritik hajmdagi mahsulot. Ushbu ko‘rsatkich biznes-rejada belgilangan mahsulot hajmi turlaridan biri bo‘lib, mazkur hajmga erishilganda, korxona mahsulot ishlab chiqarish hamda sotishdan foyda olmaydi, ayni bir paytda zarar ham ko‘rmaydi. Kritik hajmdagi mahsulot miqdoridan ortiqcha mahsulot ishlab chiqarish korxona uchun foyda keltiradi yoki aksincha. Mahsulot bozor baholari (ulgurji) asosida rejalashtiriladi.
Mahsulot ish va xizmatlarni sotish korxona ulgurji bahosi yoki chakana baholarda amalga oshiriladi. Korxona ulgurji bahosining tuzilishi quyidagicha bo‘ladi. Ya’ni sotilgan mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha korxona foydasi, sotilgan mahsulotlar bo‘yicha egri soliqlar summasi. Sotilgan mahsulotning chakana bahosi ulgurji bahodan savdo qo‘shimchasi yoki chegirmalari summasiga farq qiladi.

  1. Yüklə 227 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin