1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh muammosi



Yüklə 5,12 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü5,12 Kb.
#179116
1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh muammosi-fayllar.org


1. Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh muammosi

1.Iqtisodiyot tushunchasi va uning bosh muammosi.


Iqtisodiyot- turli -tuman iqtisodiy faoliyatlarni ishlab chiqarishning muayyan usulini hamda infratuzilmaviy muassasalarini yaxlit qilib birlashtiruvchi iqtisodiy tizim.
Iqtisodiyotning asosiy muammosi – bu iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qanday qilib to‘laroq qondirib borish mumkinligi to‘g‘risidagi masaladir.
2.Iqtisodiyotning doimiy muammolari.
Jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi hamda resurslarning cheklanganligi.
3. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida shakllanishi.
Iqtisodiyot nazariyasi ko‘pgina mamlakatlarda milliy bozorlarning qaror topishi va jahon bozorlarining vujudga kelishi sharoitida ya‘ni XVI-XVII asrlarda iqtisodiy bilim va qarashlarning yaxlit tizimi sifatida “siyosiy iqtisod” nomi bilan mustaqil fan sifatida shakllana boshladi.
4. Iqtisodiyot nazariyasidagi asosiy oqimlar.
Merkantilizm – jamiyatning boyligi puldan, oltindan iborat bo‘lib u savdoda “ asosan tashqi savdoda paydo bo‘ladi va ko‘payadi” deb tushuntiradi.
Merkantelizm-italyancha “mereante” so‘zidan olingan bo‘lib “savdogar” degan ma‘noni anglatadi.
Fiziokratlar – jamiyatning boyligi qishloq xo‘jaligida vujudga keladi degan g‘oyani ilgari surganlar. Uning asoschisi Fransua Kene (1894-1774)
Klassik siyosiy iqtisod – boylik faqat qishloq xo‘jaligida emas, sanoat, transport, qurilish va boshqa sohalarda ham yaratilishini isbotlashga.
5. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti.
Iqtisodiyot nazariyasi, iqtisodiy resurslar cheklangan sharoitda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini qondirish maqsadida moddiy ne‘matlarni va xizmatlarni ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va iste'mol qilish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlarni ijtimoiy xo‘jalikni samarali yuritish qonun-qoidalarini o‘rganadi.
6. Iqtisodiy munosabatlar tushunchasiva uning turlari.
Iqtisodiy munosabat – bu moddiy va ma‘naviy ne‘matlarni takror ishlab chiqarish jarayonida kishilar o‘rtasida vujudga keladigan turli xil munosabatlardir.
Uning shakllari:
1.Iqtisodiy hodisalar.
2.Iqtisodiy jarayonlar.
7. Iqtisodiy hodisa – jarayonlar va ularning tayinlanishi.
Iqtisodiy munosabatlarning aniq namoyon bo‘lish shakllari iqtisodiy hodisa va jarayonlardir.
Iqtisodiy hodisalar ishsizlik,inqiroz,inflatsiya, bandlik va shu kabilar iqtisodiy jarayonlar esa ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, taqsimlash, ayirboshlash, iste'mol kabilar orqali yuzaga chiqadi.
8. Iqtisodiy qonunlar va kategoriyalar.
Iqtisodiy qonunlar – iqtisodiy hodisa va jarayonlar o‘o‘rtasidagi ichki, barqaror, doimiy takrorlanib turadigan sabab-oqibat bog‘liqliklarini va aloqadorliklarini ifodalaydi.
Iqtisodiy kategoriyalar – doimo takrorlanib turadigan, iqtisodiy jarayonlar va real hodisalarning ayrim tomonlarini ifoda etuvchi tushuncha.
9. Iqtisodiy qonunlar tizimi va ularning amal qilish mexanizmi.
Maxsus iqtisodiy qonunlar – alohida olingan iqtisodiy tizim sharoitida amal qiladi. Masalan,quldorlik, feodal, “ kapitalistik”, “sotsialistik” taqsimot qonunlari va h.k.
Oraliq yoki davriy iqtisodiy qonunlar- ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarga bog‘liq bo‘lmagan holda insoniyat, jamiyat taraqqiyotining ma‘lum bosqichlarida amal qiladi. Masalan,bozor iqtisodiyotiga xos qonunlar.
Umumiy iqtisodiy qonunlar – kishilik jamiyati rivojlanishining barcha bosqichlarida amal qiladi. Masalan, extiyojlarning o‘sib borish qonuni, vaqtni tejash qonuni va h.k.
10. Iqtisodiy hodisa va jarayonlarni ilmiy bilish usullari.
Iqtisodiy hodisa va jarayonlarning kelib chiqishi, amal qilishi va barham topishi, uning sabablari va oqibatlari, ichki aloqadorlik va bog‘liqlik tomonlarini zamon va makonda ro‘y berishi tan olinadi.
Usullari:

  1. Tahlil va sintez usuli


  2. Mantiqiylik va tarixiylik birligi usuli


  3. Induksiya va deduksiya usuli


4.Pozitiv va normativ usullar


Test javoblari.

  1. 2. 3. 4. 5. 6. 7. 8. 9. 10


B. C. E. A. D. C. C. A. B. C


11 12. 13. 14. 15. 16. 17. 18. 19. 20

E. B. B. B. A. B. A. C. B. E


http://fayllar.org
Yüklə 5,12 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin