|
Тема магистерской диссертации
|
səhifə | 1/7 | tarix | 25.12.2023 | ölçüsü | 20,31 Kb. | | #194910 |
| 2-мавзу Иқтисодий базис тушунчалар
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sirtqi bo'lim iqtisodiyot kafedrasi - 2-Mavzu. Iqtisodiy bazis tushunchalar
2-Mavzu. Iqtisodiy bazis tushunchalar REJA: - 1. Iqtisodiy ehtiyojlar va iqtisodiy ne'matlar, ularning mazmuni va mohiyati.
- 2. Iqtisodiyotning bosh muammosi: moddiy ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklanganligi.
- 3. Iqtisodiyot va samaradorlik: to'la bandlik va ishlab chiqarishning to'liq hajmi.
- 4. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va ulardan oqilona foydalanish.
- 1- Iqtisodiy ehtiyojlar va iqtisodiy ne'matlar, ularning mazmuni va mohiyati.
Tayanch iboralar va tushunchalar: - - iqtisodiy ehtiyojlar;
- - iqtisodiy ne'matlar;
- - o'rinbosar ne'matlar;
- - to'ldiruvchi ne'matlar;
- - iqtisodiy resurslar (yer, kapital, materiallar, ishchi kuchi, tadbirkorlik qobiliyati,
- axborot);
- - iqtisodiy ehtiyojlarning cheksizligi;
- - iqtisodiy resurslarning cheklanganligi;
- -iqtisodiy samaradorlik;
- - to'la bandlik va ishlab chiqarishning to'liq hajmi;
- - ishlab chiqarish imkoniyatlari;
- - muqobil (al`ternativ) tanlov;
- - muqobil (al`ternativ) xarajatlar;
- - o'sib boruvchi muqobil xarajatlar;
-
1. Iqtisodiy ehtiyojlar va iqtisodiy ne'matlar. Ularning mazmuni va mohiyati. - Insoniyat tabiatdan biologik, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy va boshqa xarakterdagi
- turli-tuman ehtiyojlar qurshovida yaratilgan. Bu ehtiyojlar ichida iqtisodiy, ya'ni moddiy
- ehtiyojlar muhim o'rin tutadi. Moddiy ehtiyojlar - shaxsning, korxonalarning va jamiyatning
- faoliyati uchun zarur bo'lgan ehtiyojlarni aks ettiradi.
- Biz moddiy ehtiyojlarimizni qondirish va farovon hayot kechirishimiz uchun oziq-ovqatlarga,
- kiyim-kechaklarga, turli xil tovarlar va xizmatlarga ehtiyoj sezamiz. Iqtisodiy ehtiyojlarni
- qondirish vositalari iqtisodiy ne'matlar deb ataladi. Ayrim ne'matlarni insoniyatga tabiat
- iste'molga tayyor holatda in'om etgan bo'lsa (masalan, suv, yovvoyi mevalar va hayvonlar),
- ayrimlarini takror ishlab chiqarish zarur bo'ladi.
- Ba'zan bir xil ehtiyojni turli xil ne'matlar orqali qondirish mumkin. Masalan, go'sht
- mahsulotiga bo'lgan ehtiyojimizni mol go'shti, qo'y go'shti yoki parranda go'shti orqali qondirish
- mumkin. Bir xil ehtiyojni qondiruvchi turli ne'matlar o'rinbosar ne'matlar deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|