foydalanish huquqi – daromad olish maqsadida mulkdan foydalanish imkoniyati;
tasarruf etish huquqi – o`ziga tegishli bo`lgan mol-mulk taqdirini belgilash va o`z hoxishiga qarab biror bir harakat qilish imkoniyati.
Aktivlar va majburiyatlarni haqiqatda baholash tamoyili aktivlar va majburiyatlarni haqiqatda baholashning negizi ularni harid qilish tannarxi bo`lishini taqozo etadi.
Mazmunning shakldan ustunligi tamoyili iqtisodiy mazmunning huquqiy shakldan ustunligi bo`lib, moliyaviy hisobotda axborot aks ettirilganda ustunlik huquqiy shakl oldida uning iqtisodiy mazmuniga berilishini anglatadi.
Ratsionallik tamoyili buxgalteriya hisobini tashkilotning xo`jalik faoliyati shartlari va hajmidan kelib chiqqan holda ratsional va tejamkorlik bilan yuritish zarurligini anglatadi.
Zid emaslik tamoyili tahliliy hisob ma’lumotlarining jamlama hisob schyotlari bo`yicha har bir oyning birinchi kunidagi oborotlar va qoldiqlarga, shuningdek, buxgalteriya hisobi ko`rsatkichlarining jamlama va tahliliy hisob ma’lumotlariga aynan bo`lishiga binoan amalga oshiriladi.
http://fayllar.org