Biznes huquqi subyektlari. Biznes huquqi subyektlarining faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish



Yüklə 31,51 Kb.
səhifə1/3
tarix07.01.2024
ölçüsü31,51 Kb.
#201694
  1   2   3
biznes 222

Biznes huquqi subyektlari. Biznes huquqi subyektlarining faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish

  • Amaliy mashg’ulot
  • Biznes huquqining subyekti – bu biznes faoliyatini amalga oshiruvchi, oʻzining mulkiga, biznes huquq va majburiyatlariga ega boʻlgan, oʻz faoliyati yuzasidan mustaqil daʼvogar va javobgar boʻla oladigan va oʻzining huquqlarini himoya qilish uchun sudga murojaat qila oladigan (yuridik shaxs maqomini olgan) korxonalar va ularning tuzilmalari hamda yakka tadbirkor maqomiga ega boʻlgan fuqarolardir.

Biznes huquqining subyektlari tushunchasidagi oʻziga xos belgilar quyidagilar:

    • Biznes huquqi subyektining oʻz mol-mulkiga ega boʻlishi. Oʻz mol-mulkiga ega boʻlishning huquqiy shakli – mulk huquqidir. Baʼzi xoʻjalik yurituvchi subyektlar (masalan, unitar korxonalar, davlat korxonalari) oʻz mol-mulkiga ega boʻlmasdan ashyoviy huquq asosida (xoʻjalik yuritish, operativ boshqarish huquqi) oʻziga biriktirib qoʻyilgan mol-mulkka ega boʻlishlari mumkin.
    • Biznes huquqi subyektlarining davlat roʻyxatidan oʻtishi hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda muayyan faoliyat turi bilan shugʻullanishlari uchun ruxsatnomaga (litsenziyaga) ega boʻlishi.

3. Biznes huquqi subyektlarining xoʻjalik huquq va majburi- yatlariga ega boʻlishligi. Bunday huquq va majburiyatlarning doirasi OʻzR qonunlari hamda ularga muvofiq qabul qilingan mazkur xoʻjalik yurituvchi subyektlarning taʼsis hujjatlari bilan belgilanadi. 4. Biznes huquqi subyektlarining oʻz faoliyatlari uchun mustaqil javobgar hisoblanishi. Javobgarlik subyektning oʻz mol-mulki doirasida amalga oshiriladi. 5. Biznes huquqi subyektlarining oʻz huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilishining sud orqali tiklanish imkoniyatiga egaligi. Bu toʻgʻrisidagi qoidalar qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan.

Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish bilan bogʻliq munosabatlarni OʻzRning 1998-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonuni t.artibga soladi


Yüklə 31,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin