Biznes huquqi subyektlari. Biznes huquqi subyektlarining faoliyatini qayta tashkil etish va tugatish



Yüklə 31,51 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü31,51 Kb.
#201694
1   2   3
biznes 222

Qayta tashkil etish – ilgari mavjud boʻlgan korxonaning bekor qilinishi va yangi huquq subyekti sifatida tadbirkorlik faoliyatini davom ettirilishi demakdir. Korxona u yoki bu manoda boshqa huquq va majburiyatlar oluvchisi (yangi huquq subyekti), yangi yuridik shaxs tomonidan amalga oshiriladi. Tugatishdan farqli oʻlaroq qayta tashkil etishda mulk saqlanadi, xoʻjalik va mulkiy huquq va majburiyatlar ham mavjudligini yoʻqotmaydi. Ishlab chiqarish boʻlinmalari ham yo qisqargan, yoki yiriklashgan holda faoliyatini davom ettiradi. Qayta tashkil etish har doim huquqiy vorislik bilan bogʻliq boʻlib, bunda mulkiy va boshqa huquq (majburiyat)lar bekor qilingan (turini oʻzgartirgan) bir huquq subyektidan boshqasiga, qaytadan vujudga keltirilgan korxonaga oʻtadi. Yuridik shaxs qayta tashkil etilgan taqdirda unga mulk huquqi asosida tegishli mol-mulk yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslarga oʻtadi. Yuridik shaxsni tugatishdan buning asosiy farqi ham shunda ifodalanadi.
  • Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasida qayta tashkil qilishning besh shakli belgilangan:
  • qoʻshib yuborish (oʻz faoliyatini tugatgan ikki yoki undan ortiq korxonaning barcha huquqlari va majburiyatlarini unga berish yoʻli bilan yangi korxonani vujudga keltirish);
  • qoʻshib olish (bir yoki bir nechta korxona faoliyatini toʻxtatib, ularning huquqlari va majburiyatlarini boshqa korxonaga berish);
  • boʻlish (yuridik shaxs oʻz faoliyatini toʻxtatib, ikki va undan ortiq yuridik shaxslarga boʻlinadi);
  • ajratib chiqarish (korxonalarning huquq va majburiyatlari bir qismini unga berish yoʻli bilan yangi korxonani vujudga keltirish, yani bunda yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslar ajraladi, avvalgi yuridik shaxs ham mavjud boʻlib qolaveradi);
  • oʻzgartirish (yangi vujudga kelgan yuridik shaxsga qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning barcha huquqlari va majburiyatlarini berish yoʻli bilan korxonaning tashkiliy-huquqiy shaklini oʻzgartirish, yani bunda bir tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs boshqa shakldagi yuridik shaxsga oʻzgaradi).
  • Yuridik shaxsni qayta tashkil etish umumiy qoidalarga asosan ixtiyoriy ravishda – uning tasischilarining (qatnashchilarining) yoki tasis etilgan hujjatlar bilan vakolatga ega boʻlgan yuridik shaxs organi, masalan, azolarning umumiy yigʻilish qarori asosida amalga oshirilishi mumkin. Qoʻshib olish, qoʻshib yuborish yoki oʻzgartirish shaklla- ridagi ixtiyoriy qayta tashkil etish qonunda belgilanganidek, davlat organlarining oldindan olingan roziligi asosida amalga oshiriladi.
  • Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat” toʻgʻrisidagi qonunning 16-moddasining talablari xoʻjalik yurituvchi subyektlarning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga koʻra qoʻshib yuborilishi va qoʻshib olinishi hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi. Xoʻjalik yurituvchi subyektlarni qoʻshib yuborish va qoʻshib olishga oldindan rozilik berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
  • Yuridik shaxs qayta tashkil etilib, huquqiy vorislik kelib chiqqan holatda fuqarolik-huquqiy tartibga solishning vazifalari qoʻyidagi zaruratlardan kelib chiqadi:
  • Barcha huquq va majburiyatlarni toʻliq yuklash, qayta tashkil etilgan yuridik shaxs faoliyatini uning huquqiy vorisiga oʻtishi;
  • Bu majburiyatlarni va ular buzilganligi uchun javobgarlikni qayta tashkil etilgan yuridik shaxs huquqiy vorislariga, uning faoliyati qanday boʻlingan boʻlsa, shunday aniqlikda boʻlib berish;
  • Kreditorlarga qayta tashkil etilgan yuridik shaxs majburiyatlari oldida majburiyatli va javobgar boʻlgan uning huquqiy vorislarini topishni yengillashtirish. Bunday tadbirlar zoya ketgan taqdirda, barcha huquqiy vorislarga nisbatan solidar javobgarlikni qoʻllash lozim.
  • Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida boshqa shaxsga oʻtmasdan bekor qilinishiga olib keladi.
  • Yuridik shaxs quyidagi hollarda tugatilishi mumkin:
  • uning muassislari (ishtirokchilari)ning yoki taʼsis hujjatlari bilan tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan yuridik shaxsning amal qilish muddati tugashi, uni tashkil etishdan koʻzlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chogʻida qonun hujjatlari buzilishiga yoʻl qoʻyilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib boʻlmasa, sud yuridik shaxsni roʻyxatdan oʻtkazishni haqiqiy emas deb topganida;
  • - faoliyat ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki qonunda taqiqlangan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, shuningdek Fuqarolik Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga koʻra.
  • moliya-xoʻjalik faoliyati amalga oshirilmaganligi sababli belgilangan tartibda harakatsiz rejimga oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida faoliyat tiklanmagan taqdirda roʻyxatdan oʻtkazuvchi organning qaroriga koʻra, bundan nodavlat notijorat tashkilotlari mustasno.
  • Sudning yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qarorida uning muassislari (ishtirokchilari) yoxud yuridik shaxsning taʼsis hujjatlari bilan uni tugatishga vakil qilingan organ zimmasiga yuridik shaxsni tugatishni amalga oshirish vazifasi yuklatilishi mumkin.
  • Tugatuvchi yuridik shaxsning tugatilishi haqida ommaviy axborot vositalarida eʼlon beradi. Yuridik shaxs boʻlgan tadbirkorlik subyektini ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi eʼlon roʻyxatdan oʻtkazuvchi organ tomonidan uning rasmiy veb-saytiga joylashtiriladi.
  • Yuridik shaxsning tugatilishi haqidagi eʼlonda uning kreditorlari talablarini bildirish tartibi va muddatlari koʻrsatiladi. Bu muddat tugatish toʻgʻrisidagi eʼlon chiqqan paytdan eʼtiboran ikki oydan kam boʻlmasligi kerak.
  • Tugatuvchi kreditorlarni aniqlash va debitorlik qarzini olish choralarini koʻradi, shuningdek kreditorlarni yuridik shaxs tugatilishi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
  • Kreditorlar tomonidan talablarni qoʻyish uchun belgilangan muddat tamom boʻlganidan keyin tugatuvchi oraliq tugatish balansini tuzadi, bu balans tugatilayotgan yuridik shaxs mol-mulkining tarkibi, kreditorlar qoʻygan talablar roʻyxati, shuningdek ularni qarab chiqish natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
  • Oraliq tugatish balansi yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tomonidan tasdiqlanadi. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, oraliq tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi.
  • Agar tugatilayotgan yuridik shaxs (muassasalardan tashqari) ixtiyoridagi pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, tugatuvchi yuridik shaxsning mol-mulkini kimoshdi savdosi orqali sud qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda sotadi.
  • Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish tugaganidan keyin tugatuvchi tugatish balansini tuzadi, uni yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) yoki organ tasdiqlaydi. Yuridik shaxsni tugatish toʻgʻrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilingan taqdirda, tugatish balansi yuridik shaxslarni davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organ bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi. Tugatilayotgan davlat korxonasining mol-mulki, tugatilayotgan muassasaning esa — pul mablagʻlari kreditorlarning talablarini qondirish uchun yetarli boʻlmasa, kreditorlar oʻz talablarining qolgan qismini ushbu korxona yoki muassasa mulkdori hisobidan qondirish toʻgʻrisida sudga daʼvo bilan murojaat qilish huquqiga egadirlar.

Yüklə 31,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin