yangi texnologiyani va boshqaruv tajribasini joriy etish bilan bog‘liq bo‘lganligi sababli sayyohatlarni, ekskursiyalarni tashkil etish va ular bilan bog‘liq xizmatlar bilan bevosita band bo‘lgan huquqiy shaxs xodimlari har 3 yilda kamida 1 marta malakasini oshirish zarur;
shakillangan nizom jamg‘armasi kamida minimal ish xaqining 400 tasi miqdorida bo‘lishi kerak, chunki u tegishli moddiy va iqtisodiy resursga ega bo‘lishi lozim;
mijozlar bilan ishlash va turmahsulotni ishlab chiqish mos ravishdagi ishchanlik muhitini talab etishi sababli xususiy yoki ijaraga olingan xizmat binosida tegishli jihozlarning mavjudligi;
taqdim etiladigan turizm xizmatlariga muvofiqlik sertifikatlarining mavjudligi, chunki bu har qanday turga qonuniy tus berish va xavfsizlik talablari bilan bog‘liqdir;
turizm xizmatlarini faqatgina mijoz bilan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari talablariga mos ravishda shartnoma tuzilgandan keyingina ko‘rsatish. Boshqa holatlarda shartnoma huquqiy kuchga ega bo‘lmaydi va sud orqali bekor qilinishi mumkin;
chet el davlatlariga tashrif buyurish, chiqish, kirishni o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida, turistlik tashrif vaqtida va har bir aniq davlatga tashrif buyurishni boshqa qoidalarini o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida mukammal ma’lumotlarni belgilangan tartibda har bir turistga yetkazish;
mijozga ish tartibi to‘g‘risida, uning huquqiy manzili, litsenziyani mavjudligi, majburiy sertifikatlashga tortiladigan xizmatlar uchun sertifikatlarni mavjudligi, turizm faoliyatini aniq yo‘nalishlarini yuritish uchun javobgor bo‘lgan lavozimli shaxslarning familiyasi, ismi, sharifi haqida to‘la ma’lumot berish;
turistlar xavfsizligini ta’minlash, jarohatlanganda, betob bo‘lganda va boshqa holatlarda tibbiy hamda boshqa birinchi yordam ko‘rsatish tizimini mavjudligi;