36
HUQUQIY DAVLATDA SHAXS VA JAMIYAT TUSHUNCHASI
Rahimova Leyli Selyarovna
Toshkent shahar yuridik texnikumi Jinoiy huquqiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada huquqiy davlatda shaxs va jamiyat tushunchasiga
qanday qaralalishi muhokama qilinadi. Huquqiy davlat o‘zi nima,
uning rivojlanish
bosqichlari, shaxs va jamiyatning qanday tushuncha ekanligi haqida so‘z boradi.
Huquqiy davlatning paydo bo’lishi haqidagi turli xil nazariyalar yoritib beriladi.
Kalit so‘zlar:
shaxs, jamiyat va uning rivojlanish bosqichlari, huquqiy davlatning
paydo bo’lish sabablari, davlat paydo bo’lishi haqida turli nazariyalar.
Insoniyat tarixida murakkab hodisa sifatida shaxs, jamiyat, davlat, huquq
to’g’risida turli fikrlar mavjud bo’lib kelgan. Shaxs yaralibdiki, har doim jamiyat bilan
alohida bo’lib, u jamiyatdan tashqarida yashay olmaydi. Shaxs o’z fikr, hayot tajribasi
orqali jamiyatda o’zining yashash tarzini, huquqiy holatini o’rganishi zarurligini bilib
boradi. Davlat idoralarida ishlovchi insonlar maxsus tartib
doirasida qonun-qoidalar
qabul qilinishini amalga oshiradilar. Bu qonun-qoidalarni ham inson taklif etadi, davlat
organlari tasdiqlaydi. Shaxs juda katta kuchga, salohiyatga ega.
Jamiyatning ilk davrida hokimiyatning oliy organi barcha urug’ a’zolarining
yig’ini, majlisi bo’lgan. Urug’ rahbari-oqsoqolning urug’ga rahbarlik qilishi
imkoniyatlari cheksiz bo’lgan. U zarur bo’lganda urug’ a’zolarining umumiy
yig’ilishlarida muhim masalalarni hal qilgan. Ayrim
qoida va odat normalarini
buzganlarga nisbatan chora ko’rgan. Urug’larning ko’payishi, hayotning rivojlanishi
insoniyat tomonidan kashf etilgan jamiyatning yangi tarixiy bosqichga o’sib o’tishiga
olib keldi. Yangi bosqichning o’ziga xos xususiyati davlat va huquqning paydo
bo’lishidir.
Huquqiy davlat – jamiyatning irodasini ifoda
etuvchi va uni aks ettiruvchi,
qonunning ustuvorligiga asoslangan umumiy tashkilotdir. Huquqiy davlatning asosiy
belgilari quyidagilar:
1. u qonunning ustuvorligiga asoslanadi;
2. barcha fuqarolar,
mansabdor shaxslar, davlat organlari va tashkilotlarining
qonunlarni og’ishmay bajarishlari va unga rioya qilishlarini taqozo etadi;
3. fuqaro va davlatning amaldagi qonunlar doirasida o’zaro javobgarligini nazarda
tutadi;
4. siyosiy, mafkuraviy, iqtisodiy hurfikrlikka, fikrlarning xilma-xilligiga tayanadi;
5. fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta'minlaydi;
37
6. huquqiy madaniyatni yuksak darajaga ko’taradi.
Jamiyatda huquqiy davlatning roli quyidagilarda ifodalanadi:
•
Jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchi demokratik institutlarning rivojlanishi va
barqarorligini rag’batlantira oladigan huquqiy hujjat chiqarish va joriy etish.
•
Fuqarolarning huquq
va erkinlarini muhofaza qilish, ularning ijtimoiy
himoyalanganligiga doir amaliy choralar qabul qilish.
•
Fuqarolarning huquq va erkinliklariga tajovuz qiluvchi mansabdor shaxslarni
tegishli shaklda huquqiy javobgarlikka tortishning
huquqiy mexanizmlarini
ishlab chiqish va joriy etish.
Jamiyat hayotida huquqiy davlat quyidagilarni ta'minlaydi:
−
davlat mexanizmining barcha bo’g’inlari aniq va bir maromda ishlashini;
−
huquqiy davlat organlari faoliyatida huquqiy ijodkorlik va huquqni qo’llashning
samaradorligini;
−
hokimiyat vakolatlarini taqsimlash printsiplarini turmushga joriy etishni;
−
davlat – huquqiy va siyosiy institutlarni barqarorligini;
−
erkin bozor iqtisodiyotini.
Huquqiy davlat barqarorligining huquqiy asosi – jamiyatda fuqarolarning
irodasiga, ularning huquq va erkinliklarining himoyalanganligiga asoslangan
qonuniylik va huquqiy tartibotning mustahkamligidir.
Huquqiy davlat barqarorligining siyosiy asosi – siyosiy plyuralizmga asoslangan
demokratik siyosiy tizimning mavjudligi va barqaror faoliyat ko’rsatishidir.
Huquqiy davlat barqarorligining ijtimoiy asosi – aholining davlat tomonidan teng
himoyalanishida ko’rinadi. Huquqiy davlatning ijtimoiy asosini inson va uning xilma-
xil
manfaatlari tashkil etishi, axloqiy asoslari, insonparvarlik va adolat,
shaxs teng
huquqliligi va erkinligi, uning sha’ni va qadr-qimmati nazarda tutilishi e’tirof etilgan.
Huquqiy davlat barqarorligining iqtisodiy asosi – erkin tadbirkorlikka va xilma-
xil mulk shakllarini rivojlantirishga qaratilgan bozor munosabatlarining mavjudligidir.