O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI Budjet nazorati va g’aznachiligi fakulteti
‘’ELEKTRON TIJOROT VA RAQAMLI IQTISODIYOT ‘’ KAFEDRASI ‘’TATQIQOT METATALOGIYASI’’ FANIDAN MUSTAQIL ISH MAVZU: IQTISODIYOT FANINING O`ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Topshirdi: TOSHPO`LATOV DIYORBEK.
Iqtisodiyot nazariyasi — insonlarning cheksiz ehtiyojlarini qondirish uchun cheklangan resurslardan samarali foyda-lanishni va xoʻjalik yuritish jarayonida turli tomonlar ora-sida yuzaga keluvchi munosabatlarni oʻrganuvchi fan. Economics atamasi qadimgi yunon tilidagi (oikos, „uy“, nomos, „odat“ yoki „qonun“), demak „uy (xoʻjaligi)ni yuritish qoida-lari“ yigʻindisi (oikonomia, „uy xoʻjaligini boshqarish“) soʻzi-dan olingan.
Iqtisodiyot nazariyasi fani koʻpgina maktab va yoʻna-lishlardan iborat. Iqtisodiyot fani mudom oʻzgarishda boʻl-gani sababli uning taraqqiyoti va tarixiy retrospektivasi bilan iqtisodiyot tarixi fani shugʻullanadi.
Iqtisodiyotning qonun-qoidalari, tushunchalari va rivoj-lanish tamoyillarini oʻrganuvchi umumiqtisodiy va nazariy fan. Iqtisodiyot nazariyasi xorij mamlakatlarida „Ekono-miks“, „Ekonomika“ va „Siyosiy iqtisod“ nomlari bilan, MDH mam-lakatlarida „Iqtisodiyot nazariyasi“ nomi bilan yuritiladi. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodiyot ni umumiy jihatidan va har bir iqtisodiy tizimga tadbiqan oʻrganadi, iqtisodiy hodisalar-ni mikro va makro hamda jahon iqtisodiyoti darajasida tah-lil etadi. Bu fan Oʻzbekistonda „Iqtisodiy bilim asoslari“ sifa-tida maktablarda, „Iqtisodiyot asoslari“ sifatida kollej va akademik litseylarda va „Iqtisodiyot nazariyasi“ sifatida oliy oʻquv yurtlarida oʻrganiladi. Iqtisodiyot nazariyasi ij-timoiy fan boʻlib, tovar va xizmatlarning ishlab chiqarilishi, taqsimlanishi va isteʼmol qilinishi jarayonlarini oʻrganadi.
Iqtisodiyot nazariyasining predmeti kishilarning cheklangan iqtisodiy resurslar sharoitida muqobil xoʻjalik yuritish aso-sida oʻz ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xatti-hara-katlari, ularni belgilovchi iqtisodiy shart-sharoitlar hisob-lanadi. Bu fan xoʻjalik yurituvchi subʼyektlarning (firma-lar, xonadon, ayrim individ va davlat) iqtisodiy xatti-hara-katlarini yaxlitlikda oʻrganadi. Uning tadqiqot obʼyekti iq-tisodiy hodisalar boʻlib, ular ishlab chiqarish, ayirbosh-lash, taqsimot va isteʼmol sohasida yuz beradi. Tabiiy sharo-it — bu iqlim, tuproqning tuzilishi, yer osti boyliklarining miQ- dori, oʻsimlik va hayvonot dunyosidan, odamlarning ish qobi- liyatidan iboratki, bu omillar iqtisodiy faoliyatga taʼsir etmay qolmaydi.
Iqtisodiyot nazariyasi oʻz predmetini bir qator uslubiy tamoyillarni qoʻllagan holda oʻrganadi: barcha iqtisodiy hodisalarning yaxlitligini, iqtisodiy tizim hosil etishini, bu tizimda ulardan har biri oʻz oʻrniga ega boʻlishini, ular bir-biriga taʼsir etishini nazarda tutadi; iqtisodiy voqelikni qo-tib qolgan holda emas, balki rivojlanishda va yangilanish-da olib qaraydi, bir voqelik oʻrniga boshqasi yuzaga kelishi, shaklan eski hodisalarda yangi mazmun boʻlishini hisobga oladi; insonning xoʻjalik faoliyatiga nafaqat iqtisodiyot, balki tabiat qonunlari ham taʼsir etishiga eʼtibor beradi. Tabiat kishilik jamiyati boʻlmasada, mavjud boʻlaveradi, lekin jamiyat tabiatdan tashqarida boʻla olmaydi, chunki u tabiat resurslarini ishlatish bilan boglik, tabiat iqtisodi-yoTning moddiy asosi; iqtisodiyotdagi oʻzgarishlar tabiat-dagi oʻzgarishlarga qaraganda gʻoyat tez boradi, shu sa-babli iqtisodiyotning rivojlanish qonunlari doimo oʻzgarib turadi; tabiiy hodisalar kishilar ishtirokisiz oʻz-oʻzidan yuz bersa, iqtisodiy hodisalar kishilar faoliyati orkali yuz be-radi, ammo bu faoliyatni obʼyektiv sharoit taqozo etadi; iqtisodiyot nazariyasi texnologiyani bevosita oʻrganmasa-da, uning iqtisodiyotga taʼsirini chetlab oʻtmaydi, aksincha, hisobga oladi. U texnika-texnologiyani joriy etish yoki et-maslikning iktisodiy chegaralarini nazariy asoslaydi;
iqtisodiyotni sof holda emas, balki unga ijtimoiy-siyosiy, ruhiy-axloqiy, milliy-demokratik omillar taʼsirini inobatga olib oʻrganadi. Iqtisodiyot — ijtimoiy xayotning bir qismi, shu-ning uchun jamiyat ham uning taʼsiridan xoli emas.
Iqtisodiyot nazariyasi siyosatni oʻrganmasada, uning iqti-sodiyotga taʼsiri bilan shugʻullanadi, chunki toʻgʻri tanlan-gan siyosat iqtisodiyotga ijobiy, aksincha boʻlganda esa unga salbiy taʼsir oʻtkazadi. Iktisodiy vaziyatni hisobga oladigan, shu vaziyatda qonunlarning amal qilishi, binoba-rin, iqtisodiy zarurat mavjudligini, uni yuzaga chiqarish cho-ra-tadbirlarini belgilovchi siyosat iqtisodiy rivojlanishga faol taʼsir etadi. Shu maʼnoda iqtisodiyotni siyosatning ilmiy asosi deb hisoblash mumkin. Iqtisodiyot nazariyasi iqtisodi-yotdagi turli hodisalar, jarayonlarni oʻrganganda ular qonun-tushunchalar darajasida ilmiy jihatdan Izohlab beriladi.
Iqtisodiy tushunchalar — iqtisodiyotni oʻrganishda qoʻlla-niladigan nazariy bilimlar boʻlib, ular real iqtisodiy voqe-likning ilmiy ifoda etilishidir. Ular 2 guruhga boʻlib oʻrgani-ladi: Umumiqtisodiy tushunchalar — iqtisodiy taraqqiyotning hamma bosqichlariga xos tushunchalar, mas, mehnat, ishlab chiqarish, mahsulot, ish kuchi, resurs kabilar. Ayrim ijtimoiy-iqtisodiy tizimga xos tushunchalar, mas, pul, talab, taklif, baho, kredit, emissiya, inflyasiya kabilar ayrim tizimga xos-dir. Iqtisodiyot nazariyasida iqtisodiy jarayon va hodisa-larning belgilarini umumlashtirish asosida iqtisodiy qonun-lar taʼriflanadi.
Iqtisodiyot nazariyasining eng asosiy taxdil usuli — bu abstraksiyalash (mavhumlashtirish) asosida xulosalar chiqarishdir.
Gʻarbdagi „Ekonomiks“ mualliflari R. Makkonnell va L. Bryu yozishicha, nazariya — bu laboratoriya fani emas. Shu sa-babli nazariyada ilmiy abstraksiyalash usuli bosh oʻrin tu-tadi. Bu usul — iqtisodiy hodisalarni ularga taʼsir etuvchi oʻtkinchi, ikkinchi darajali faktlardan xoli etgan tarzda taxdil etib, nazariy umumlashtirish, ilmiy xulosalar chiqa-rishdir. Bu usul iqtisodiy hodisalarning tabiatini bilish, ular-ga xos qonuniyatlarni ochish imkonini beradi.
Abstraksiyalash asosida tushunchalar va qonunlar taʼ-riflanadi, ular ilmiy muomalaga kiritiladi. Abstraksiyalash yuz berganda iqtisodiyotga oid asosiy, muqim, doimo yuzaga chiqib turadigan faktlar ajratib olinadi, ular oʻrtasidagi bogʻlanish aniqlanadi. Bularning hammasi tafakkur orqali bajariladi. Abstraksiyalash boʻlmasa gʻoyat koʻp, tartib-lanmagan faktlar orasida oʻralashib qolib nazariy xulosa qilib boʻlmaydi. Abstraksiyalash — bu iqtisodiyotning naza-riy modelini yaratishdir.
Nazariyada induktiv usul qoʻllanilganda ayrim hodisalarni oʻrganishdan ularni umumlashtirib, xulosalar chiqarishga oʻtiladi. Deduktiv usul qoʻllanilganda umumiy xulosalardan xususiy xulosalarga, umumiylikdan aniqroq hodisalarga oʻtiladi.
Iqtisodiyot nazariyasida tarixiy va mantiqiy usullar ham bor. Tarixiy usul hodisalarni rivojlanishda olib qaraydi. Mantiqiy usul turli hodisalarning ichki mantiqiy aloqalarini aniQLab, umumiy xulosa chiqarishda qoʻllanadi.
Iqtisodiyot nazariyasida miqdoriy va sifat tahlili birgalik-da qoʻllaniladi. Miqdoriy taxlil yuz berganda iqtisodiy — matematik modellashtirish ham ishtirok etadi. Bunda iqti-sodiy oʻzgarishlar miqdoran taxlil etiladi, ular oʻrtasidagi aloqa bogʻlanishlar ham miqdoran oʻlchanadi, ularning na-qadar oʻzgarishi baholanib, prognozlar ishlab chiqiladi. Bu usul yordamida iqtisodiy modellar yaratiladi (qarang, Iqti-sodiy taraqqiyot modeli). Iqtisodiyot nazariyasida gipoteza va paradigmalar qoʻllanadi. Ilmiy paradigma bu Iqtisodiyot nazariyasida qabul qilingan taxlil usullariga tayangan holda hal etiladigan muammoni qanday yechimi boʻlishini belgilashdir.
Iqtisodiyot nazariyasi, asosan, uch vazifani bajaradi: a) iqtisodiyot qonuniyatlarini idrok etish, iqtisodiy bilim berish, iqtisodiy savodxonlikni oshirish; b) boshqa iqtisodiy fanlar uchun asos sifatida xizmat qilish, ularga nazariy negiz boʻ-lish; v) iqtisodiy siyosatga doir amaliy tavsiyalar berish, siyosatni ishlab chiqishda nazariy tayanch boʻlish. Iqtiso-diyot nazariyasi boshqa iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog`-langan. Birinchidan, ularning yutuqlarini umumlashtirgan holda yangi xulosalar bilan boyib boradi. Ikkinchidan, umum-iqtisodiy nazariyaga oid xulosalar bilan qurollantirgan holda ularning rivojlanishiga koʻmaklashadi.
Iqtisodiyot nazariyasi faniga 17-asrda Yevropada asos solingan, bu bozor munosabatlarining rivojlanishi bilan bogʻliq boʻlib, uning qonun va qoidalarini bilishga intilish Iqtisodiyot nazariyasini yuzaga keltirgan. U Gʻarbda paydo boʻlsada, uni oziqlantirgan iqtisodiy gʻoyalar dastlab Sharqda, xu-susan, Markaziy Osiyoda shakllangan. Bu oʻrin-da Abu Ali ibn Sino, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Alisher Navoiy, Amir Temur, Mirzo Ulugʻbek asarlarini eslash kifoyadir. Iqtisodiyot nazariyasi dastlab „Siyosiy iqtisod“ nomi bilan yuzaga kelgan. Bu tushunchani birinchi marta A. Monkretyen (Fransiya) oʻzining „Siyosiy iqtisod xaqida trak-tat“ asarida (1615 y.) qoʻllagan. A. Monkretyen va T. Man (Angliya) Iqtisodiyot nazariyasidagi merkantilizm oqimiga asos solishgan.
Ulardan soʻng fiziokratlar maktabi paydo boʻldi (18-asr). Uning eng yirik namoyandasi „Iqtisodiy jadvallar“ kitobining (1758 y.) muallifi F. Kene (Fransiya)dir. Iqtisodiyot nazari-yasi tarixda eng nufuzli oʻrin egallagan oqim bu klassik siyosiy iqtisod boʻlib, uning namoyandalari A. Smit va D. Rikardo (Angliya) hisoblanadi (qarang Klassik siyosiy iqti-sod maktablari). Bu maktab 18-asr oxiri — 19-asrning bosh-larida tanilgan va ob-roʻli oqim hisoblangan. 19-asrning 2-yarmidan 20-asr boshlariga qadar Iqtisodiyot nazariyasida marjinalizm maktabi asosiy oʻrinni egallab keldi. Buning asosiy vakillari K. Menger, F. Vizer, E. Byom-Baverk (Avstri-ya), U. Jevons hisoblanadi.
19-asrning oxiri va 20-asr davomida Iqtisodiyot nazariya-sida 3 ta yoʻnalish vujudga keldi:Birinchisi — neoklassik yoʻ-nalish boʻlib, uning oʻzi monetarizm [A. Marshall (Angliya), M. Fridmen (AQSH)] va neoliberalizm — [L. Mizes (Avstriya), F. Xayek (Angliya) va L. Erhard (Germaniya)]ga boʻlinadi.
Ikkinchisi — keynechilik yoʻnalishi boʻlib, uning yirik vakil-lari J. M. Keyns (Angliya), J. Robinson (Angliya), A. Xansen va P. Samuelson (AQSH)lar hisoblanadi.
Uchinchisi — institutsional ijtimoiy yoʻnalish boʻlib, uning koʻzga koʻringan vakillari T. Veblen, J. Komons, U. Mitchell, J. Gelbreyt (AQSH). 21-asr boshiga kelib, monetarizm maktabi ustuvorlikka ega boʻldi, chunki uning tavsiyalari koʻpchilik mamlakatlardagi iqtisodiy siyosatda oʻzining amaliy ifoda-sini topdi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: Sharifxoʻjayev M., Oʻlmasov A., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 1985; Rasulov M, Bozor iqtisodiyoti asoslari, T., 1999; Shodmonov Sh., Alimov R., Joʻrayev T., Iqtisodiyot nazariyasi, T., 2002; Oʻlmasov A., Iqtisodiyot asoslari, T., 1997; Razzoqov A. va b., Iqtisodiy taʼlimotlar tarixi, T., 1997.