Sun’iy intellekt iqtisodiyotni innovatsion rivojlantirish omili sifatida
2.Ta’lim faoliyatida innovatsion texnologiyalar Jamiyatimizda iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarda bo‘layotgan o‘zgarishlar kelajakda mamlakatimizning intellektual imkoniyatlarini belgilab beruvchi va uni rivojlantirishning asosiy sharti hisoblangan ta’lim tizimiga ham bog‘liq ekanligini xisobga olish kerak. Shu bilan birga intellektual salohiyatning o‘sishi, sifat darajasida rivojlantirish nafaqat ta’lim samaradorligining oshishiga, shu sohadagi tizim takomillashuviga o‘z ta’sirini o‘tkazibgina qolmay, balki mazkur ijtimoiy tizimning barcha sohalarini o‘sishiga ham sezilarli darajada ta’sir etadi. Shuning uchun ham bugungi kunda ta’limdagi strategik yo‘nalishlardan birita’lim muassasalarining innovatsion faoliyati asosiy omil sifatida belgilab berilayapti.Ta’lim tizimini isloh qilishning zarurligini tushunib yetish, amaliyotda ta’lim muassasalarini innovatsion jarayonlarga qo‘shilishini taqozo etmoqda, o‘zini yaratish imkoni mavjud innovatsion maydonda ko‘rish va eng muhimi aniq yangiliklarni o‘zlashtirishdan iborat. Bu holat bugungi kunda o‘ta dolzarbligi bilan muhimdir, chunki, ushbu jarayon (innovatsion jarayon) ta’lim muassasalarini yashash sharti (bevosita va ko‘chma ma’noda ham), kelajak avlodlar va pedagoglar jamoasining aloqalarini ijtimoiy himoyalash sharti bo‘lib ham xizmat qiladi. Hayot ta’lim muassasalari oldiga yangi, mumkin bo‘lmagandek tuyulganvazifalarni, ya’ni eskichasiga ishlab turib, aniq yangiliklarni ishlab chiqish va ularni amaliyotga joriy etishni oldimizga qo‘ymoqda.
Barcha yangiliklarga o‘ta ehtiyotkorlik bilan yondashadigan, o‘tmish boyliklarga, tajribalarga e’tiqod ruhida tarbiyalangan, stabillikni yoqtiradigan keksa avlodni, shuningdek hech qanday o‘zgarishlarni xohlamaydigan pedagoglarni ham tushunish mumkin. Bunday holatda “innovatsion jarayonlar orqasidan quvish” bugungi kun hayotimizning ajralmas qismi ekanligini ham tushunish zarur. Xohlaymizmi yoki yo‘q bizning ta’lim muassasalari devorining orqasida bozor va bozor munosabatlari jarayoni ketayapti. Bu jarayon to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizga tegishlidir, chunki ta’lim muassasalari o‘rtasidagi raqobat tushunchasi ularni raqobat qobiliyati, ta’lim sifati, ijtimoiy buyurtmalar bularning hammasi turmushimizga kirib kelayapti. To‘g‘rirog‘i, bu jarayon biz yashayotgan muhit, hayot tarzi ekanligini har doim xis etib turishimiz kerak. Bu jarayonga qarshi turish befoyda va havflidir. Biz tanlash imkoniyatiga ega emasmiz va ushbu tezkor jarayon (quvish jarayoni) da ishtirok etishga majburmiz.
Mazkur jarayonda eng muhimi aql bilan, foydali tarzda, o‘z tashkilotimiz uchun ishtirok etishdan iborat. Ko‘pchilik mutaxassislar fikricha, o‘zgarishlarga qobiliyat, bugungi kunda rivojlanishning hal qiluvchi omili, u yoki bu ta’lim muassasalarining raqobat qobiliyatini ta’minlovchi asosiy omil deb hisoblaydilar. Bugungi kunda maktab va oliy ta’lim tizimidagi an’anaviy va ommaviy ko‘rinishdagi ta’lim va tarbiya jarayonlari o‘rniga ta’lim muassasalari rivojlanishida o‘ziga xos yangilik bo‘lib innovatsion jarayonlar kirib kelmoqda. Innovatsiya (in-“lik”, novus-“yangi”) yangilik kiritish, yangilik degan ma’noni anglatadi.
Hozirgi milliy loyihalar saytida “innovatsion ta’lim” iborasi paydo bo‘lmoqda va unda aytilishicha innovatsion ta’lim o‘qitishni yangi bilimlarni yaratish jarayonida amalga oshirishni taqozo etmoqda. Bu esa bugungi kunda mavjud “Innovatsion ta’lim texnologiyalari” tushunchasi bilan yangi “innovatsion ta’lim” tushunchalarini bir-biridan ajratishni talab etmoqda.
Ta’lim tizimida yangiliklar kiritish mazmuni va yo‘nalishlari masalasini o‘rganishga kirishishdan oldin «Pedagogik tizim» va «Pedagogik tizimda yangiliklar kiritish» tushunchasini aniqlab olaylik. Pedagogik jarayon bilamizki, pedagogik tizim asosida yo‘lga qo‘yiladi. Pedagogik tizim - bu tashkil etuvchilarning birlashtirilgan majmui bo‘lib, ular o‘zgarishlarda ham barqarorligicha qolaveradi. Agarda o‘zgarishlar (yangilik kiritish) qandaydir mumkin bo‘lgan chegaradan oshib ketsa, tizim buziladi, uning o‘rniga yangi boshqa hususiyatli tizim yuzaga keladi. Pedagogik tizim - elementlarning juda mustahkam birlashuvidir. Har qanday pedagogic tizimning tuzilishi hozirgi davrda quyidagi elementlar yig‘indisidan iborat bo‘lib, ular o‘zaro bog‘liq holda quyidagi ko‘rinishga ega: o‘quvchi; tarbiyaning maqsadi; tarbiya mazmuni; tarbiya jarayoni; o‘qituvchilar (yoki TTV - ta’limning texnik vositalari); tarbiyaviy ishlarning tashkiliy shakllaridan iborat bo‘ladi. Bu tizimning tarkibiy qismlaridan har biri har qanday darajada elementlarga bo‘lib, yoyib ko‘rsatilishi mumkin. Ko‘rilgan tizimni mukammal tarkibiy tuzilish emas deb hisoblashga asoslarimiz bor.Ko‘rsatib o‘tilganlarga qo‘shila olmaydiganlar pedagogik tizimning muhim tarkibiy qismlari, shuningdek, «natijalar», «o‘quv tarbiyaviy jarayonni boshqarish», «texnologiya»lardan iborat, deb ham hisoblashlari mumkin.Ular berilgan chizmadagi pedagogik tizim modelida ko‘zga tashlanadi. Maqsadlarnatijalar bilan mos kelib, uzluksiz jarayon tashkil etadi. Maqsadlarning natija bilan to‘la mos kelishi pedagogik jarayonning ishonchi, o‘lchov ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogik tizim boshqaruv, birlashtiruvchi hamma tarkibiy qismlari nisbatan mustaqil qism hisoblanadi, chunki ular o‘z maqsad va tuzilishlariga egadir. Pedagogik tizimning tashkil etuvchi tarkibiy qismi sifatida alohida omillar birligi deb ta’kidlagan holda ularni ko‘pincha, o‘quv-tarbiya jarayonining texnologiyasi deb ko‘rsatadilar. Bunday yondashishda pedagogik tizim ko‘zlangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan mustahkam tashkiliy texnologik kompleks bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki, pedagogik tizim har doim ham texnologiyadir. Ana shu belgisi bo‘yicha pedagogik tizimning tarkibiy qismlar ixtiyoriy «to‘plamidan» ajratib olish osondir.
Texnologiya - bu qat’iy tashkiliy mantiqqabo‘ysunuvchi imkoniyatlarini belgilovchi tizimning ichki sifatidir.Shu bilan birga topshiriqni baholash darajasining o‘zidayoq, texnolog ma’lum jarayonlar hamda hodisalarga tayanadi. Ma’lum jarayonlar muvaffaqiyat ifodasining dalili sifatida foydalaniladi, ajoyib xodisalar natijalari esa yangi sabab va formula manbalari sifatida amalga oshiriladi. O‘quv texnologiyalarni loyihalashtirish metodik «tajribalarni umumlashtirishdan» farqli «mumkin emas» xulosasini bermaydi. Texnolog uchun bu faqatgina vaqt va harajatlar masalasidir. Texnolog faqatgina yaxshi ma’lum, tekshirib ko‘rilgan, asoslangan, shubhaqilinmaydigan fikrlarga asoslanadi. Texnolog tajribalar o‘tkazmay, aniq ko‘zlangan natijalar bilan ish olib boradi. Texnologiya variantlikka yo‘l qo‘ymaydi uning asosiy vazifasi -aniq kafolatlangan natija olishdir, u har doim ham asosiy yechimida oddiydir. Asosiy yechimni tushunish qolgan hammasini, o‘zaro zarur elementlar tizimi, tartibining mazmunini ochib beradi. Texnologiyadan hech bir qismini olib tashlab bo‘lmaydi, u yerda ortiqchasi bo‘lmaydi, bo‘lishi mumkin ham emas. Bu juda murakkab holat, har ikkinchi o‘qituvchi izlash - tadqiqotchilik tartibida ish olib boradi va shu bilan bolaning maktabdagi hayoti natijasiningnoaniqligini kuchaytiradi. Har doim, ayniqsa «aniq» fanlar deb nomlanuvchi yo‘nalish vakillari orasida pedagoglarni harakterlari uchun koyib turuvchilar topiladi va ular har galgidek pedagogika tizimi modellarini reviziya qilish va moderizatsiyalashdan boshlaydilar. Endi quyida pedagogika tizimida sodir bo‘ladigan jarayonlarniig ba’zi prinsipial harakteristikalarida to‘xtalib o‘tamiz.
Pedagogik tizimining har bir aniq modifikatsiyasi ko‘zlangan natijaga erishishi aniq hususiyat va imkoniyatlarga ega degan qoidadan kelib chiqamiz. Bu imkoniyatlar tizimining aniq hususiyatlari bilan qat’iy belgilab qo‘yilgan. Bu tarzda biz ta’lim va tarbiyaviy jihatdan ko‘zlangan daraja va sifatga erishmoqchi bo‘lsak, unda shunga mos pedagogik tizim haqida o‘ylashimiz kerak va uning ishlashi pedagogik jarayonning kerakli yo‘nalishi va intensivligini ta’minlashi zarur. Buning natijasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning yanada yuqoriroq samaradorligi, har doim pedagogik tizimni takomillashtirish oqibatidir. Bujuda murakkab muammo, ularni ishlab chiqishga dunyoda endi kirishilmoqda.Hozirgi, umumiy ko‘rinishga juda ko‘p ko‘rinishli ko‘rsatgich, «harajat» va “natija”larni to‘plash mumkin bo‘lmoqda va ushbu muammoning foydaliligini aniqlash esa uni iqtisodiy nuqtai nazardan hal qilish imkonini beradi. Intuitiv va sub’ektiv baholarni juda oson noto‘g‘ri deyish mumkin va bu yerda vaziyatdan chiqish faqatgina fikrlarni to‘plashdan iborat bo‘ladi. Har qanday pedagogikaning maksimal umumiy samarasi 100% ko‘zlangan maqsadga to‘la erishilgan xisoblanib, agar tarbiyachilar uchun ilgari erishilgandan pastroq darajadabo‘lmasa mumkin bo‘ladi. Yana biron-bir pedagogik tizim tuzilishiga nazar tashlaylik, u «yomon» va «yaxshi» pedagogik tizim uchun ham birdir.