Journal of Innovation
22
Idioms in English and their alternatives in
Uzbek
Saminjonov Muhammadali*
*Master of Department of Linguistics: English language
direction at Fergana State University
Abstract
Maqolada ingliz tilida ishlatiladigan idiomalar berilgab bo'lib
ularning o'zbek tilidagi muqobillari ham bayon etib o'tilgan.
Bundan tashqari tillararo moslashuvchanlik frazalarning
ishlatilishi misollar yordamida tushuntirilgan.
Keywords
:
til, nutq, fraza , moslashuvchanlik ,birikma ,
tarjima , xoslik , turkum.
Journal of Innovations in Social Sciences
Volume: 01 Issue: 01 | 2021
ISSN: XXXX-XXXX
Idioms in English and their alternatives in
Saminjonov Muhammadali*
Master of Department of Linguistics: English language
aqolada ingliz tilida ishlatiladigan idiomalar berilgab bo'lib
ularning o'zbek tilidagi muqobillari ham bayon etib o'tilgan.
Bundan tashqari tillararo moslashuvchanlik frazalarning
ishlatilishi misollar yordamida tushuntirilgan.
fraza , moslashuvchanlik ,birikma ,
Sciences
Journal of Innovations in Social Sciences
Volume: 01 Issue: 01 | 2021
ISSN: XXXX-XXXX
23
INTRODUCTION
Biz yashayotgan bir davr shaxslardan u yoki bu tilni mukammal bilishlikni talab etmoqda . Sababi
fan va tecnika jadal taraqqiy etgan bir sharoitda qaysidir tilni mukammal bilish shaxs uchun qiyinchilik
tug'dirmaydi.Lekin tillardagi o'ziga hos idiomalar ,frazalar ba so'z birikmalari borki ,ularni shundayligicha
asli holicha tarjima qilib bo'lmaydi , bu hollarda uning muqobilini izlash talab etiladi . Bu hol ayniqsa
ingliz tili va o'zbek tillaridagi tarjimalarda ko'p kuzatiladi . Erkin birikmalarni tarjima qilish muammo
tug`dirmaydi.
Agar erkin birikmalardagi so`zlardan biri ko`chma ma’noda qo`llansa, uni tarjimada berish
qiyinlashadi. Ingliz tilida iboralarning bir nechta turi mavjud bo`lib, ularning har-birini tarjima qilishda
alohida yondashuv talab etiladi. Birinchi turdagi so`z birikmasi sifat+ ot turi. Ularning semantik
strukturasi bir-biridan katta farq qiladi. Bu birikmada qo`llanilgan otning xususiyatini va sifatini
belgilaydi. Agar ingliz tilidagi free educational institution birikmasini olsak, free so`zi institution so`zi
bilan aloqasi yo`q, bu degani ba’zi hollarda sifatlar otning xususiyatlari va sifatidan tashqari u bilan
bog`liq tushunchalarni ham ifodalashi mumkin. Yana bir misol: ingliz tilidagi amedical man birikmasini
tarjima qilishda astout person birikmasini tarjima qilishda qo`llangan usuldan foydalanib bo`lmaydi.
Ingliz tilidagi astout person o`zbek tiliga “to`ladan kelgan” yoki “semiz odam” deb tarjima qilinadi.
MAIN PART
Ingliz tilidagi amedical man birikmasini o`zbek tiliga tarjima qilishda so`zma-so`z tarjima to`g`ri
kelmaydi. Bu yerda ikki so`z bitta ma’noni ifodalaydi va “shifokor” deb o`giriladi. O`zbek tilida ham
bunday bitta ma’noni ifodalovchi birikmalarni ko`plab uchratishimiz mumkin. Masalan: tog` qo`yi, malla
sochli, devor soati va hokazo. Bir otni bir necha sifat aniqlab kelishi mumkin bo`lgan hollar ham
uchraydi. Bunda aniqlanmish bo`lib ot kelishi mumkin. Masalan, temir xotin, ichkari uy kaliti kabilar.
Ingliz tilida aksariyat hollarda otlarni aniqlab kelgan so`zlarni (bular ot ham, sifat ham bo`lishi mumkin)
qaysi biri ekanligini aniqlash mushkul bo`ladi. Masalan, retail philanthropy business birikmasi nima
ma’no anglatganini bir qarashda anglash oson emas, chunki uni ikki xil tushunish mumkin. O`zbek tilida
bunday hollar deyarli uchramaydi.
Ingliz iboralarining yana bir xususiyati otni aniqlab kelgan sifat tushirib qoldirilgan hollar ham
uchraydi. Masalan, dry pruning iborasini olsak. Bu iboraning so`zma-so`z tarjimasi “quruq butash”
bo`ladi. So`z birikmasining ma’nosi daraxt shoxlari quruq bo`lgan paytda qilingan butashni ifodalaydi.
Tarjima jarayonida so`z birikmalarining semantik hamda tuzilish xususiyatlarini hisobga olish lozim.
Bunda birinchi navbatda otni tarjima qilib olish tavsiya etiladi, chunki qanday aniqlanmish qo`llanmasin
hammasi otni aniqlab keladi va ot gapda eng muhim ma’noni ifodalaydi.
Tarjimonning keyingi vazifasi gapdagi ma’no guruhlarini ajratib olish hisoblanadi. Gapning
ma’no guruhi ajratib olingach, ot va sifat o`rtasidagi grammatik aloqalar turi aniqlanadi. Otdan oldin
kelgan so`z va so`zlar, uni aniqlab keladi, ularni agar gap ingliz tilidan o`zbek tiliga tarjima qilinsa, uni
o`zbek tili grammatikasi qoidalari asosida va aksincha, agar gap o`zbek tilidan ingliz tiliga tarjima qilinsa,
ingliz tili grammatikasi normalariga asoslanib tarjima qilinadi. Aksariyat hollarda ingliz va o`zbek tili
Journal of Innovations in Social Sciences
Volume: 01 Issue: 01 | 2021
ISSN: XXXX-XXXX
24
erkin birikmalarning tarkibi ikki tilda ham mos kelishi mumkin: Strategic Arms Limitation Treaty —
Strategik qurollarni cheklash shartnomasi. Bunday tarkibda aniqlovchi bo`lgan iboralarni tarjima
qilishning bir necha usuli mavjud: Ingliz tilidagi ot oldidan kelgan aniqlanmish o`zbek tilida ham shu
tartibda tarjima qilinadi: acheap ticket — arzon chipta, an expressive word — ifodali so`z. Ingliz ot+ot
shaklida kelgan ibora ham huddi yuqoridagidek tarjima qilinadi, bunda o`zbek tilidagi iboraga bir nechta
ibora to`g`ri kelishi mumkin: opposition leader — muxolifat lideri, oppozitsiya lideri. Otni aniqlab kelgan
inglizcha iboralar o`zbek tiliga bog`lovchilar yordamida tarjima qilinadi: youth unemployment — yoshlar
o`rtasidagi ishsizlik. Ingliz tilidagi aniqlanmish va ot o`zbek tiliga izohlovchi orqali tarjima qilinishi
mumkin: his millionaire friend — uning millioner do`sti. Ba`zan ingliz iboralaridan bir qismi tasviriy yo`l
bilan, ya’ni bir necha so`z yordamida tarjima qilinishi mumkin: abargain counter — narxi tushurilgan
mollar do`koni. Ingliz tilini tarkibida aniqlovchi bo`lgan iboralarni tarjima qilishda aksariyat hollarda
ibora tarkibidagi muayyan so`zni yoki otni boshqa otga o`zgartirish zarur va tavsiya etiladi. Masalan, free
educational institutions o`zbek tiliga “bepul o`qiladigan oily o`quv yurtlari” deb tarjima qilinishi lozim,
chunki free so`zi institutions otini emas, balki educational so`ziga aloqasi bor. Huddi shu
fikrParliamentary Labour Party birikmasiga ham aloqador. Bu iborani o`zbek tiliga “Leyboristlar
partiysining parlament fraksiyasi” deb tarjima qilish o`zbek tili grammatikasining qoidasiga to`liq
muvofiq keladi.Tarjimani to`liq berish maqsadida ba`zi hollarda aniqlovchini ayni shu gapda qo`llangan
boshqa ot bilan tarjima qilish maqsadga muvofiq bo`ladi. Misol tariqasida dismal array of titles
birikmasini ko`rib chiqaylik. Bu iborani o`zbek tiliga so`zma-so`z tarjima qilish ma’noga putur yetkazadi,
shuning uchun uni dismal so`zining aniqlovchisi titles otini emas, balki array otini aniqlab kelganligi
uchun birikmani eng yomon (eshitiladigan yoki quloqqa yoqmaydigan) laqablar yig`indisi deb tarjima
qilishga to`g`ri keladi. Aksariyat hollarda ingliz tilidagi aniqlanmishli iboralar o`zbek tiliga ravishli
iboralar bilan tarjima qilinadi: to be to have to give + A + N phrase to take Yuqoridagi namunalarga
quyidagi misollarni keltirish mumkin: to have a good sleep — yaxshi tiniqib uxlamoq, to take a deep
breath — chuqur nafas olmoq, to give a loud whistle — qattiq hushtak chalmoq, to have a good lunch —
yaxshi, mazali taom yeb tushlik qilmoq va shu kabilar. Ingliz tilidan o`zbek tiliga tarjima qilishda
shunday hollar uchraydiki, turli ekstrolingvistik omillar ta’sirida tarkibida fe’lli iboralar mavjud gaplar va
ularning tuzilishi butunlay o`zgarib ketadi. Masalan, “He had “I don’t know expression” in his face.” —
Uning yuzi, hech narsa bilmasligini ifodalab turardi. Ko`chma yoki obrazli turg`un birikmalar tarjimasi
alohida e’tiborni talab etadi. Bunday iboralarning asosiy xususiyati ularning komponentlari yig`indisidan
anglab olish qiyinligi bilan xarakterlanadi. Turg`un birikmalar ma’nosi alohida olingan so`zlardan emas,
balki ularning yig`indisidan kelib chiqadi. Obrazga asoslangan turg`un birikmalar matnni ifodali hamda
stilistik jihatdan bo`yoqdor bo`lishini ta’minlaydi. Asliyat matnining bo`yoqdorligi tarjimada ham o`z
aksini topishi va ifoda vositalarining to`liq saqlanishini talab etadi. Tarjimon matnning ifodali va
bo`yoqdorligini ta’minlash maqsadida tarjima matnida ham adekvat va obrazli turg`un birikmalarning
variantini topishi lozim bo`ladi. Tarjima nazariyasi bo`yicha nashr etilgan adabiyotlarda bunday
birikmalarni tarjima qilishning to`rtta usuli borligi haqida ma’lumot beriladi. Ular quyidagilardan iborat:
1) obrazni qanday bo`lsa shundayligicha saqlash; 2) obrazni qisman o`zgartirish; 3) obrazni butunlay
Journal of Innovations in Social Sciences
Volume: 01 Issue: 01 | 2021
ISSN: XXXX-XXXX
25
boshqa obraz bilan almashtirish; 4) tarjimada butunlay obrazni saqlamaslik yoki uni tushirib qoldirish.
Odatda universal yoki internatsional obrazlar tarjimada to`liq saqlanadi. Bunday frazeologik birikmalar
tarixiy, afsonaviy, diniy, mistik, mifologik va shu kabilarga asoslangan bo`ladi. Masalan, in the seventh
heaven — yettinchi osmonda. Bunday frazeologik birikmalar asliyatning tarjima tilidagi ekvivalentlari
deb ataladi. Tarjimada to`liq ekvivalentga ega frazeologik birikmalar deyarli hech qanday muammo
tug`dirmaydi, chunki ular stilistik hamda pragmatik jihatlardan bir xil qiymatga, ma’noga, ifoda usuli va
ta’sir kuchiga ega bo`ladi. Ba’zan asliyatdagi obrazli frazeologik birlikni tarjima tilida muqobili bo`lmasa
ham saqlab qolish imkoniyati bo`ladi. Bunga kalkalash yo`li bilan erishish mumkin. Masalan, nothing
comes out of the sack but what was in it — qopda nima bo`lsa, shu chiqadi yoki qozonda bori cho`michga
chiqadi. Bu usul obrazli frazeologik birlikning ma’nosi shaffof bo`lgan taqdirda, ya’ni uni hamma oson
tushungan holdagina qo`llash mumkin. Frazeologik birikmalar tarkibidagi so`zlar ko`chma ma’noda
qo`llanilgan bo`lsa-da, ularning lug`aviy ma’nosi aniq bo`lsa, uni tarjima qilishda kalkalashdan
foydalanish matnni, matndagi informatsiyani hamda matndagi g`oyani tushunishni osonlashtiradi, tarjima
muqobilligini ta’minlaydi.
Kalkalash aksariyat hollarda obrazli frazeologik birikmalarni oddiy frazeologik, ya’ni, erkin
birikmalarga aylantirib qo`yadi. Bu usulning qanchalik to`g`ri tanlanganligini tarjima sifati ko`rsatadi.
Aksincha, frazeologik birikma tarkibida qo`llangan so`z ma’nolari shaffof bo`lmasa, kalkalash usulidan
foydalanish matnda qo`llangan ko`chma ma’noli so`zlarni qisman, ba’zan esa to`liq tushunmaslikka olib
keladi. Masalan, ingliz tilidagi to send somebody to Coventry turg`un frazeologik birligini tushunish
uchun undagi so`zlar ma’nosi yoki ma’nolar yig`indisi yetarli bo`lmaydi, chunki bu frazeologik birlik na
yubormoq va na Koventri so`zining ma’nosiga bog`liq. Bu iboraning tarjimasi “baykot qilmoq” fe’liga
to`g`ri keladi.
CONCLUSION
Aksariyat hollarda asliyat va tarjima tillarida bir xil fikr ifodalanadi, biroq ular obrazlari bilan bir-
biridan farq qiladi. Ularning har ikkisi bir xil ko`chma ma’noga ega bo`ladi. Bunday hollarda obrazlar
o`rtasida mavjud ozgina farq hisobga olinmasligi lozim. Bunda tarjima qilinayotgan frazeologik birlikdagi
obraz tarjimada ba’zi bir, aniqroq aytadigan bo`lsak, qisman o`zgarishga uchraydi. Shunday bo`lsa-da
tarjima adekvat hisoblanadi: afine suit does not make a gentleman — kiyim odamni bezamaydi, aburnt
child dreads the fire — og`zi qaynoq sutda kuygan, qatiqni ham puflab ichadi. Ikkinchi misolda ingliz va
o`zbek frazeologik birikmalari o`rtasida muqobillik yo`qdek ko`rinadi. Chunki birlikning birorta so`zi bir-
biriga to`g`ri kelmaydi, biroq frazeologik birlikda ifodalangan obraz deyarli bir xil — olovdan va qaynoq
narsadan qo`rqish ma’nosi berilgan. Ikkala turg`un birlikda berilgan ma`no umumlashtirilgan. Yana
birikkita misolni tahlil qilib chiqaylik: look not a gift horse in the mouth — berganning betiga qarama, to
lay by a rainy day — qora kunga saqlamoq/qoldirmoq va hokazo. Har bir xalqning til boyligi, jumladan
frazeologik birikmalari uning tarixi, madaniyati, urf-odatlari, turmush tarsi, mentaliteti va xarakterli
xususiyatlari aks ettiradi.
Journal of Innovations in Social Sciences
Volume: 01 Issue: 01 | 2021
ISSN: XXXX-XXXX
26
REFERENCES
1.
Kunin A.V. English phraseology (theoretical course). - M .: Publishing house "Vysshaya Shkola",
1970. - 344 p.
2.
Kunin A. V. Course of phraseology of modern English. - Dubna: Phoenix, 2005.
3.
Kunin A. V. Basic concepts of phraseology as a linguistic discipline and the creation of an
English-Russian phraseological dictionary: - M., 1964. –38 p.
4.
4.Muminov O. English Lexicology. Tashkent 2006.-109-116b.
Dostları ilə paylaş: |