1. iqtisodiyotga kirish



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə144/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

12.5- Keyns xochi
Ushbu ko‘paytiruvchi, YaMM miqdoridagi o‘suvchi samara multipikatsiyaviy samara deyiladi. Multiplikator (AR)- bu investitsiyalarni hajmining oshishi sharoitida YaMMning oshishi miqdorlarini ko‘rsatuvchi son koeffitsieynti.
Faraz qilamiz, investitsiyalarning qo‘shimcha oshishi 10 mlrd.so‘mni tashkil qiladi bu esa YaMMni 20 mlrd. so‘mga o‘sishiga olib keladi. Multiplikator 2 ga teng.

Investitsiya va jamg‘arma darajalarining muvozanatga erishishiga qaratilganligi investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klas­sik va keynscha modellarining umumiy tomonini tashkil qiladi. Biroq bu ikki yondashuv ushbu muvozanatga erishish sharoitlari va shartlari bilan bir - biridan farq qiladi. Investitsiya va jamg‘arma darajalari muvozanatining klas­sik va keynscha modellari o‘rtasidagi farq quyidagilardan iborat:

- klassik modelda investitsiya va jamg‘arma darajalarini muvozanatga doimiy ravishda to‘la bandlik holatida, keynscha modelda esa to‘la bandlik bo‘lmagan holatda ro‘y beradi;

- klassik modelda narx mexanizmi moslashuvchan, Keynscha modelda narxlar moslashuvchan emas deb qaraladi;

-klassik modelda jamg‘arma foiz stavkasining funksiya­si sifatida, keynscha modelda esa daromad funksiyasi sifatida qaraladi.

Binobarin, jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan ancha keyinroq vujudga kelgan, shu bois, asoslanganligi, amaliy hayotga yaqin ekanligi, ya’ni iqtisodiyotning to‘la bandligi mavjud bo‘lmagan holatini inobatga olgan holda takomillashtirilgan model hisoblanadi.


Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Iste’mol, jamg‘arma va investitsiyalarning iqtisodiy mazmunini qisqacha ta’riflang.
2. Iste’mol va jamg‘armaning miqdorini aniqlovchi asosiy omillarini sanab ko‘rsating.
3. Iste’mol va jamg‘arma funksiyalarining grafikdagi tasvirini chizib, ularga shartli raqamlar qo‘llagan holda tushuntiring.
4. Manfiy va musbat (ijobiy) jamg‘arma nima va ularning grafikdagi joylashishi qanday bo‘ladi?
5. Jamg‘arish normasi qanday aniqlanadi? Unga qanday omillar ta’sir ko‘rsatadi?
6. Iste’molga va jamg‘armaga o‘rtacha moyillik deganda nimani tushunasiz? Iste’mol va jamg‘armaga qo‘shilgan moyillik qanday aniqlanadi?
7. Investitsiyalarga sarflarning darajasini qanday omillar belgilab beradi? Ularning qisqacha tavsifini bering.
8. Yalpi investitsiya va amortizatsiya nisbati o‘zgarishining iqtisodiyotga ta’siri qanday?
9. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning klassik modelining mohiyatini tushuntirib bering.
10. Jamg‘arma va investitsiya o‘rtasidagi muvozanatning keynscha modelining mohiyatini hamda klassik modeldan farqini tushuntiring

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin