Almashtirish samarasi. Ne’matning narxi oshganda xaridor uni boshqa o‘xshash tovarga almashtirishga harakat qiladi. Masalan, saryog‘ga narx oshsa , unda xaridor margarin sotib oladi.
Daromad samarasi. Agar ne’matga narx oshsa, iste’molchi oldinga nisbatan kambag‘alroq bo‘lganini his qiladi. Masalan agarda go‘sht narxi ikki baravarga oshsa, iste’molchi kamroq real daromadga ega bo‘ladi, natijada go‘shtning, umuman boshqa tovarlarning iste’moli kamayadi.
Me‘yoriy unumdorlikning pasayish qonuni. Inson mahsulot birligini sotib olgan sari ushbu mahsulot unga kamroq naf, qoniqish beradi. Shuning uchun xaridor ushbu tovarni faqat uning narxi pasaygandagina sotib oladi.
Demak, talab qonuniga binoan narx yuqori bo‘lganga nisbatan narx past bo‘lgan sharoitda insonlar ko‘proq mahsulot sotib oladilar va u grafikda talab egri chizig‘ida yuqoridan pastga yo‘nalishda o‘z aksini topadi.
Alohida xaridor talabi individual talab, muayyan tovarlarga barcha xaridorlarning talabi esa bozor talabi deb ataladi. Demak bozor talabi, individual talablar jami , ularning hosilasi. Masalan , xaridor bozorda 2 kg kartoshkaning har kilosini ming so‘mdan jami 2 ming so‘mga sotib oldi. Bu alohida iste’molchining individual talabi. Kartoshka bozoriga murojat etgan jami xaridorlar 1200 kg kartoshka kilosi ming so‘mdan sotib oldi ( 1 mln. 200ming). Mana bu bozor talabidir.
Talabning o‘zgarishi. Iqtisodiy hayot doimiy ravishda o‘zgarib borishi natijasida talab ham o‘zgarib boradi. Nima uchun talab egri chizig‘i grafikda siljiydi? Chunki unga faqar narx emas balki narxdan tashqari omillar ham ta’sir etadi. Ushbu narxdan tashqari omillar quyidagilardir:
1. Iste’molchilar didlarining o‘zgarishi. Masalan, jismoniy sog‘lom bo‘lish keng yoyilsa, bunda sport anjomlariga talab oshadi.
2. Xaridorlar sonining o‘zgarishi. Masalan, aholining kamayishi xaridorlarning kamayishiga olib keladi, buning natijasida tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab kamayadi.
3. Daromadlarning o‘zgarishi. Daromadlarning o‘sishi insonlarning sotib olish imkoniyatlarini oshiradi, bu esa talabning o‘sishiga olib keladi va aksincha.
4. Bir-biriga bog‘liq tovarlarga narxlarning o‘zgarishi. Masalan, videomagnitafon narxining pasayishi videokassetalarga bo‘lgan talabni oshiradi.
5. Iste’molchilarning kutishidagi o‘zgarishlar. Masalan, biron davlatda iqtisodiyot keyingi yilda tanazzulga yuz tutishi kutilmoqda, bu esa inflyatsiya’ning o‘sishi demakdir. Buning natijasida insonlarning ko‘chmas mulk, uzoq muddat ishlatiladigan uy- ro‘zg‘or anjomlariga bo‘lgan joriy talabi oshadi.
Bunday holda talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarishlar ro‘y beradi? Egri chiziq siljiydi, narx o‘zgarmagan holda sotish hajmi o‘zgaradi.
Dostları ilə paylaş: |