1. iqtisodiyotga kirish


Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir



Yüklə 1,03 Mb.
səhifə71/240
tarix14.12.2023
ölçüsü1,03 Mb.
#176886
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   240
1. iqtisodiyotga kirish-hozir.org

Uzoq muddatli davr – bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini va barcha band bo‘lgan resurslari miqdorini o‘zgartirish uchun yetarli bo‘lgan davrdir.

Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o‘zgarishini taqozo qiladigan davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chiqib farqlanishi mumkin.


Qulay iqtisodiy muhit tufayli, ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) harajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxir oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib byerolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.


Ishlab chiqarish miqyosining ijobiy samarasi shunda namoyon bo‘ladiki, korxonada ishlab chiqarish hajmi o‘sib borishi bilan bir qator omillar ishlab chiqarish o‘rtacha harajatlarining pasayishiga ta’sir ko‘rsata boshlaydi. Bu omillar quyidagilar: 1) mehnatning ixtisoslashuvi; 2) boshqaruv xodimlarining ixtisoslashuvi; 3) kapitaldan samarali foydalanish; 4) qo‘shimcha turdagi mahsulotlarning ishlab chiqarilishi.
Ishlab chiqarish miqyosining kengayib borishi chuqur ixtisoslashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha yaxshi foydalanish imkoniyatini beradi. Bu oxir oqibatda samaradorlikning oshishi va mahsulot birligiga, ishlab chiqarish harajatlarining kamayishiga olib keladi.
Korxona faoliyatining asosiy maqsadi foydani ko‘paytirishdan iborat bo‘lsa, unda mahsulotning hajmini ham hisoblashi zarur, bu hol esa o‘z navbatida me’yoriy xarajatlar tushunchasini qo‘llashga sabab bo‘ladi.

Yüklə 1,03 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin