Me’yoriy xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga nisbatan har bir qo‘shimcha mahsulotga qilingan xarajatlardir.
Qisqa muddatli davrda qaror qilishida firma uchun mahsulot birligiga xarajatlar pasayadi, chunki ularning absolyut miqdori o‘zgarmasdir. O‘zgarmas xarajatlar boshlang‘ich davrda, ishlab chiqarish ko‘lamlarining kengayishi sababli kamayib boradi. Undan so‘ng esa ko‘lam samarasining ustidan kamayib boruvchi samara qonuni ustun kelishi natijasida mahsulot birligiga o‘zgaruvchan xarajatlar o‘sib boradi. Masalan, ip yigiradigan fabrikada dastgohlarni uch smena ishlatish ularning ishlash samarasining pasayishiga olib keladi, chunki uchinchi smenada ishlash dastgohlarni profilaktika qilishga imkon byermaydi, yalpi xarajatlar esa uni tashkil etuvchi (DX va O‘X)larga nisbatan tezroq pasayib boradi, bu esa tabiiydir.
Iqtisodiy nuqtayi nazaridan qisqa va uzoq davrlar uning o‘rtasidagi farq ishlab chiqarish quvvatlarini oshirib bo‘lmaydi, ammo ularni ishlatish darajasini oshirishi mumkin. Uzoq muddatli davrda esa yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tushirish mumkin. Shunga ham e’tibor byerish kyerakki, ushbu davrlarning chegarasi har xil tarmoqlarda turlichadir. Qisqa va uzoq davrni farqlash firmaning foydasini ko‘paytirish strategiyasi va taktikasini aniqlashda muhimdir.
Endi uzoq muddatli davrda firma siyosatini ko‘rib chiqamiz. Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zgartirish mumkin. Firma bu davrda yangi sexlarni qurish va yangi dastgohlarni o‘rnatishi mumkin.
Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish quvvatlari o‘zgaradi, unga mos holda ishchilarning soni ham o‘zgarib boradi, demak uzoq muddatli davrda hamma xarajatlar o‘zgaruvchan xarajatlar sifatida maydonga chiqadi. Firmani kengaytirish davrida yalpi xarajatlar o‘zgaradi. Boshida ko‘lam (masshtab) samarasi hisobiga kamayadi. Undan keyin ko‘lam samarasi ta’siri tamom bo‘lganidan ishlab chiqarish minimumga yetadi. Shundan so‘ng yalpi xarajatlarning ko‘payishi jarayoni boshlanadi.
Ishlab chiqarish harajatlarini kamaytirishning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat: fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini ishlab chiqarishga tatbiq etish, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish va boshqarishni takomillashtirib borish va shu kabilardir.