1. Iqtisodiyotning bosh masalasi va uning ikki tomoni


Qadimgi Hindistonning iqtisodiy g’oyalari



Yüklə 10,66 Kb.
səhifə3/3
tarix20.10.2023
ölçüsü10,66 Kb.
#158087
1   2   3
Ochilova dildora-www.hozir.org (1)

3.Qadimgi Hindistonning iqtisodiy g’oyalari.
Qadimgi Hindiston tabaqaviy jamiyarga asoslangan quldorlik davlati bo’lgan. 
Qadimgi Hindistondagi davlatlar podsholar tomonidan boshqarilgan. Podsholar
oqsoqollar kengashi va qo’shinga tayanib ish olib borganlar. Qadimgi aholi boy 
badavlat, hunarmand, mayda savdogar, o’rtahol dehqon va ziyolilardan iborat o’rta
tabaqaga hamda kambag’allar, qashshoqlar va qullarga bo’lingan.
Hindistonda yashagan aholi tirikchiligining asosini sun’iy sug’orishga asoslangan
dehqonchilik tashkil etgan. Dehqonlar daryo vohalaridagi unumdor yerlarni 
o’zlashtirganlar. Buyvol,zubr va qo’tos ho’kizlarini qo’sh omochga qo’shib yer
haydaganlar. O’zlashtirilgan tekis yerlarga suv kanal va ariqlar orqali kelgan. 
Balandroq yerlarga esa charxparraklar orqali suv chiqarilgan. Suvni yuqoriga
chiqarishning eng qadimgi qo’l usuli Misr tipishoduflarbo’lib, ular qadimiy Misr, 





Mesopotomiyada keng tarqalgan edi. Shoduf moslamasi Hindistonda “densli” 


nomi bilan mashhur bo’lgan. U yerda “rati” deb yuritiladigan yuqoriga suv
chiqarish moslamasi keng tarqalgan bo’lib, bular Misr “atue”siga o’xshaydi. 
Dehqonlar dalalarga bug’doy, arpa, no’xat, sholi, shakarqamishva g’o’za ekkanlar.
Hindiston g’o’za-paxtaning ilk vatanidir. Ular banan, anjir, anor,qovun, o’rik, olma 
yetishtirib, polizchilik va bog’dorchilik bilan ham shug’ullangan. Dalalarda har
turli sabzavotlar ham yetishtirilgan. Dehqonchilikda tosh, mia va jezdan yasalgan 
qurollardan foydalanganlar. Hind vohasida, ayniqsa Panjobda sero’t yaylovlar ko’p
bo’lgan. Shu bois aholi qoramol, qo’tos, zubr, qo’y, echki, cho’chqa va eshak 
boqin, chorvachilik bilan shug’ullangan. Qadimgi hindlar yovvoyi fillarni qo’lga
o’rgatib, ulardan xo’jalik va harbiy maqsadlarda foydalanganlar. 
Dehqonchilik va chorva mahsulotlari aholini oziq ovqat, jun, teri kabi xomashyo
bilan ta’minlagan. Eng qadimgi Hindistonda hunarmandchilik ham rivoj topgan 
edi. Hind ustalari tosh, mis, jez, kumush, oltin va qimmatbaho toshlardan mehnat
va jangovor qurollar, muhrlar, uy-ro’zg’or, zargarlik buyumlari va turli jihozlar 
tayyorlagan. U yeda to’qimachilik kulolchilik, qayiqsozlik, hatto kemasozlik ham
ancha taraqqiy etgan. Arxeologlar Hind vohasi va Panjobning ko’p joylaridan 
savdo omborxonalari va do’konlarining qoldiqlarini topganlar. U yerlardan qadoq
toshlar ham topilgan. Bu Hindistonda ichki va tashqi savdoning rivojlanganligidan 
dalolat beradi. Savdogarlar Eron, Turon, Xitoy, Mesopotomiya, Arabiston va
boshqa mamlakatlar bilan suv va quruqlik yo’llari orqali savdo-sotiq ishlarini olib 
brogan.
Dehqonchilik, chorvachilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq rivojlanishi, 
shuningdek, talonchilik urushlari natijasida ayrim kishilar ixtiyorida ortiqcha
boylik yig’ilgan. Bu hol mulkiy tengsizlik va tabaqalanishni yanada tezlashtirgan, 

bo’g’usi yirik davlatlarning vujudga kelishi uchun zamin tayyorlagan.



http://hozir.org



Yüklə 10,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin