1. Ish yuritish tili va uslubi. Ish hujjatlari haqida tushuncha. Hujjatlarga qo‘yiladigan asosiy talablar



Yüklə 39,43 Kb.
səhifə6/13
tarix26.05.2022
ölçüsü39,43 Kb.
#59595
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
1. Ish yuritish tili va uslubi. Ish hujjatlari haqida tushuncha.

Yo‘riqnoma
Qonun yoki boshqa me’yoriy hujjatlami tanishtirish maqsadida chiqariladigan huquqiy hujjat.Yo‘riqnomaning asosiy zaruriy qismlari:
1. Eng yuqorida tasdiqlash ustxati.
2. Hujjatning sarlavhasi, (yo‘riqnomaning nomi).
3. Matnning kirish qismi, bo'limlari, kichik bo'limlari va h.k.
4. Yo‘riqnoma tuzuvchining lavozimi, ismi, ota ismi va familiyasi, uning imzosi.
5. Yo'riqnoma tuzilgan vaqt sanasining va tartib raqami, shartli raqami indeksi
Nizom
Muassasa yokl uning tarkibiy bo'llnmalarlng tuzlllshl, huquql, vazlfelarl,
burchlari, ishni tashkil qilishlari tartibotini belgilaydigan huquqiy hujjat. Nizom ayrim mansabdor shaxslarga va turli tadbirlar ko'rik, musobaqa, tanlov va boshqalarga nisbatan ham tuzilishi mumkin.
Ko'pincha nizom muassasalar ta’sis etilishi yoki tashkil topishi paytida tuziladi va yuqori tashkilotlar farmoyishi bilan tasdiqlanadi. Muassasalarning tarkibiy qismlari ularning rahbarlari tomonidan tuziladi va muassasa rahbari farmoyishi bilan yoki tasdiqlash ustxatini qo‘yish bilan kuchga kiradi.
Muvaqqat komissiyalar, guruhlar va shu kabilarning huquqiy maqomlari ham nizom bilan belgilanadi.
Nizomning asosiy zaruriy qismlari:
1. Hujjat turining nomi.
2. Vazifalari nizom bilan belgilanayotgan muassasa tarkibiy qismining nomi.
3. Matnning mazmuni: muassasa tuzilishidan maqsad va asoslar; asosiy vazifalari; muassasa tuzilishi, huquqi, ishni tashqil qilish tartiboti.
4. Muassasa rahbari imzosi.
5. Sanavajoyi.
6. Tasdiqlash usthati yuqori qismida o‘ng burchakda joylashadi.
Ustav
Muayyan munosabat doirasidagi faoliyat yoki biror davlat organi, muassasaning tuzilishini yo‘naltirib turadigan asosiy nizom va qoidalar majmuyi. Ustav biror organ yoki muassasa vazifalari va huquqiy holatini tavsiflaydigan me’yoriy ahamiyatga ega. Binobarin, ustav nizomga nisbatan keng tushunchadir. U ko‘proq ma’lum bir tarmoq, sohalar, yirik muassasalar bo‘yicha tuziladi.
Qoida
Bu hujjat ichki mehnat tartiboti, ya‘ni unda ishni tashkil etish, xodimlar bilan ma’muriyat o'rtasidagi majburiyatlar, ta'tillar berish tartibi, ichki tartib (ish vaqti va undan foydalanish, yutuqlar uchun rag‘batlantirish va mehnat intizomi buzilgani uchun jazo berish kabi masalalami aks ettiradi).
Qoidalar mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muhokama etiladi va tasdiqlangandan keyin kuchga kiradi. Shunday qilib, har bir tashkilotdagi qoidalar soni va mazmuni uning ish tartibi va vazifalaridan kelib chiqaai. Masalan, studentlarning oliy o‘quv yurti binosida o‘zini tutish qoidalari, yotoqxonadan foydalanish qoidalari bunday muassasalarda joriy etilgan qoidalar sirasiga kiradi.

Yüklə 39,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin