3.Sistematikasi. Javdar Poaceae oilasiga Secale avlodi sereale Lturiga mansub ekin. Bu bir yillik o‘simlik bo‘lib ildiz sistemasi yaxshi rivojlangan.
Biologik xususiyatlari. Rivojlanish konuniyatlari. Javdarda xam boshqa donli ekinlar singari quyidagi davrlar jarayoni bo‘lib o‘tadi; unib chiqish, tuplanish, maysalash, boshoq tortish, gullash va pishish.
Urugni unib chiqishi. Urugni unib chiqishi uchun suv, xavo va issiqlik muxim. Donga suv mikropil orqali o‘tadi. Javdar urugi o‘rtacha 50-70% o‘zining quruq vazniga nisbatan suvni singdirish kobo‘liyatiga ega. Javdar urugi past xaroratda unib chiqadi, lekin murtak ildiz rivojlanishi uchun 3,8°S, xarorat zarur, birinchi barg xosil bo‘lishi uchun yuqori xarorat talab qiladi. Birinchi bo‘lib asosiy murtak ildiz xarakat qiladi va ildiz tuproqqa chuqur kirib borib suv va oziq moddalarni tuproq eritmasidan oladi.
Maysalanish davri. Kuzgi javdar urugi 5-6 kunda, baxorgisi 7-8 kunda ko‘karib chiqadi. Murtakdan koleoptile o‘sib chiqadi, uning ichida murtak bargi va to‘pguli rivojlanadi. Birinchi barg ko‘rinishi bilan maysalanish davri boshlanadi Birinchi barg siyoxrang rangda bo‘ladi, koleoptileda antotsian bo‘ladi. Barg aytarli darajada o‘sib olganda, koleoptile nobud bo‘ladi. Bargi tukli, tuk ximoya vazifasini utaydi. Birinchi bor chiqqandan 2-7 kun o‘tgandan so‘ng, keyingi barglar chiqadi. Barglarning o‘sish paytida asosiy va yon kurtaklar shakillanadi poya bo‘ginlari rivojlanadi. Javdarning tuplanishi. Tuplanish bu biologik jarayon - o‘simlik rivojlanishida muxim davr, chunki xosilni belgilab beradigan asosiy a’zolari rivojlanadi.
Kuzgi javdarda tuplanish davri 4-chi barg chiqqandan keyin boshlanadi. Bu vaqtda birinchi murtak bargi yonlaridan barg qo‘ltiqlaridan poyacha paydo bo‘ladi. Shu bilan birgalikda bo‘gim ildizlari xam rivojlanadi. Xar bir yangi poya o‘zining ildiziga ega. O‘rtacha javdar 6-8 yaxshi rivojlangan poya beradi(1).
Naychalash davri. Birinchi bo‘gim oraligining 5-6 sm ga cho‘zilishi va pastki poya bo‘gimining tuproq ustki qismida paydo bo‘lishi naychalash davri boshlanishi xisoblanadi. Shu davrdan boshlab poyalarning o‘sishi tezlashadi, boshoqchalarni rivojlanishi barg tilchasi ichida boshlaydi. Bu paytda asosiy barg xosil bo‘lishi yakunlanadi. Naychalash davri oxiriga kelib poya bo‘yi naviga xos , bo‘yiga ega bo‘ladi.
Boshoqlanish davri. Bu davr boshoqni yuqorigi barg qinidan ko‘rinishidan boshlanadi. Poya asosan ortib borayotgan barg massasi va boshogini o‘zida saqlab turadi. Boshoqlanish davri o‘rtacha 40-50 kundan keyin boshlanadi, rivojlanish davri boshlanganga nisbatan. Tuplanish davridan boshoqlanish davri kuzgi javdarda 25-30 kundan keyin boshlanadi.
Gullash davri. Gul a’zolarining yetilishi bilan gulda chang changchilari paydo bo‘lganligidan boshlanadi. Javdarning xar bir changchilarida 20 ming chang donachalari joylashgan. Ob-xavo sharoiti yaxshi kelganda boshoqlanish davridan 7-10 kun o‘tishi bilan boshlanadi. Gullash davri10-15 kunga cho‘ziladi. Baxorgi javdarda boshoqlanishdan 3-6 kun o‘tishi bilan boshlanadi va 6-7 kungacha davom etadi. Gullash boshoqni o‘rta qismidan boshlanadi. Gullash uchun 12,5°S.xarorat zarur. Xar bir gulning gullashi12-25 minut davom etadi. Pishish davri. Pishish davri boshoqlanish jarayoni bir tekis kechmagani uchun don rivojlanishida tashqi muxit sharoitidan tashqari ichki muxitni xam ta’siri bo‘ladi. Shundan xam donni bioximik va morfologik tuzilishidan ma’lum. Pishish davrining tezligi donning pishishi ob-xavo sharoitiga xam bogliq. Donni pishib yetilishiga shamol, xavo xarorati va namligi ta’sir qiladi. Sut pishish davrida don yashil rangda bo‘ladi va 60-40% suvda erigan organik moddalar xosil bo‘ladi. Mum pishish davrida o‘simlik sargayadi. Don sariq tusga kiradi. Bu davrda don asosiy poyadan ajraladi. Donni namligi 20-40%.tashkil qiladi. To‘liq pishish davrida o‘simlik butunlay sargayadi, don qattiqlashadi, 14-16% namlik bo‘ladi. Pishish davrida donda kraxmal moddasi oshadi, poyada kand moddasi kamayadi.