1. Ishlatilishi Tarixi Sistematika va biologiyasi


Tashqi muxit sharoitiga talabi



Yüklə 29 Kb.
səhifə3/3
tarix21.10.2023
ölçüsü29 Kb.
#158792
1   2   3
Javdar sistematikasi va morfologiyasi

Tashqi muxit sharoitiga talabi.
Issiqlikka talabi. Javdar mo‘tadil iqlim ekini gruppasiga mansub. Uruglari noldan yuqori xaroratda xam ko‘qaradi. Unish uchun 1-2°S, chiqish uchun 4-5°S.yetarli. Urugni unib chiqishi uchun faol xarorat yigindisi 52°S ni tashkil etadi, unib chiqishdan tuplanishgacha 67°S, oltinchi poyaning rivojlanishigacha 300°S ni tashkil qiladi. Javdar 12°S xaroratda yaxshi tuplanadi,3-4°S da o‘simlikning o‘sishi to‘xtaydi. Gullash uchun 14-15°S zarur. Faol xarorat yigindisi erta pishar navlarda 1000-1700°S ni, o‘rta pishar navlarda-1200-1800°S va kech pishar navlarda 1300-1850°S.tashkil qiladi. Xarorat nafas olish jarayoniga ta’sir qiladi. 4°S xaroratda nafas olish pasayadi.
Suvga talabi. Javdar namga talabchan ekin. Urugni unib chiqishi uchun yetarli suv talab qiladi. Tuproqning namligi 21,8%( 75% ot PPV) tashkil qilganda kuchat 3 kunda chiqqan. Tuproq namligi 18,5%( 50%PPV) bo‘lganda 7 kunda ko‘karib chiqqan. Suvga talabi javdar o‘simligining tuplanishi va gullash davrida oshadi, pishish davrida kamayadi. Olim ( Tiunov) ma’lumotiga qaraganda xosilni 45 s xosil bo‘lishida quruq xolda (don va somon) javdar ekini 1 ga maydondan o‘sish va rivojlanish davrida 1570,5 t suv sarf qilar ekan.Transpiratsiya koeffitsienti 400-ga teng. Ulardan 90% buglanadi, 9% oziq moddalarni singdirishga va 1% xujayra molekulasida va quruq moddada bo‘ladi. Baxorgi javdar 1 s quruq modda uchun 338 bo‘lak suv sarf qiladi.
Oziq unsurlariga talabi. Javdarning oziq unsurlariga talabi o‘sish va rivojlanish davriga qarab xar xil. Bu o‘simlikning axvoliga, ob-xavo sharoitiga, tuproq tarkibiga, ishlov berish texnologiyasiga va navning biologik xususiyatlariga bogliq. Javdar rivojlanish davrida quyidagi unsurlarni talab qiladi: S,N,O (xavodan), N,S,P,K Ca, Mg, Fe, Mn, Zn, B, Cu, Mo. O‘simlikning oziqa unsurlari bilan aloqasi chambarchas bogliq. Oqsil xosil qilish uchun azot kerak, azot xlorofillga, nuklein kislotasiga, fosforit va boshqa organik azotli moddalarga zarur. Azot bilan oziqlanganda tuplanishni tezlashtiradi. Nitrat azotga qaraganda amiyakli azotni yaxshi o‘zlashtiradi. Fosfor oziqlanishdan tashqari oqsilni sintezlash uchun xam zarur. Fosfor ildizini rivojlanishi uchun xam zarur. Fosfor yetishmovchiligi umumiy xosilni kamayishiga olib keladi. Fosfor yetishmasligi gullash va pishishni kechiktiradi. Kaliy elementi xam zarur xisoblanadi. Donda 0,5% , somonda 0,8-1,5% kaliy bo‘ladi. Kaliy oqsilni sintezlash uchun zarur. Karbon suvlarini xosil bo‘lishida kaliy ishtiroq etadi. Kaliyning yordami bilan xlorofik, karotin, ksantofil miqdori oshadi.

Adabiyotlar:


1.K.N..Keferov – «O‘simlikshunoslikning biologik asoslari» M.Kolos s.78-89
2.Tiunov A.N.,Gluxix K.A.,Xorkova O.A., Shernin A.I.-«Javdar»-M.Kolos, 1972, 352 s.
Yüklə 29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin