Ijmo – bir asrda yashagan mujtahidlarning shar’iy bir hukm ustida ittifoqi.
Ijmo so’zi (arab. birdamliq yakdillik bilan qabul qilingan qaror, diniy jamoaning yagona fikri). Qur’on, hadislarda aniq ko’rsatma berilmagan huquqiy masalalarni hal etishda faqih va mujtahidlarning to’planib, yagona fikrga kelgan holda hukm chiqarishi (fatvo berishi). Ijmo 4-manbai sifatida muayyan masalalarni hal qilishda oyat ojizlik qila boshlasa, biror hadis sharxlangan. Shu asosda turli-tuman qo’shimcha, og’zaki talqinlar paydo bo’lgan. Buni mashhur ulamolar to’planib, yakdillik chiqargan hukmi deb tushunish kerak. Bu guruh ulamolarning hukmiga asoslanib chiqarilgan fatvolar ilohiy deb ham hisoblanadigan bo’lgan. Ijmoning talqiniga quyidagi hadis ham misol bola oladi: “Qaysi bir xaqda qirq kishi va undan ziyod odamlar biror ishga guvohlik bersalar, tangri ularning guvohliklarini qabul etadi”.
2. Islom huquqida farz, sunna, muboh, makruh va xarom huquqiy holatlarini izohlang va misollar keltiring!
Javob
Islom huquqining barcha normalari mazmuniga ko’ra, asosan, ikki guruhga ajrailadi. Birinchi guruhga insonning u yoki bu amalini baholovchivqoidalar kiradi. Shu nuqtai nazardan islom huquqi barcha amallarni besh toifaga ajratadi.
Farz – majburiy amallar;
Sunna yoki mustahab – tavsiya etiladigan amallar;
Muboh – ruxsat etilgan amallar;
Makruh – joiz emas amallar;
Harom – ta’qiqlangan amallar.
Endi esa bularning harbiriga to’xtalib o’tamiz.
Farz (arab. — qat’iyat, majburiyat) — hamma musulmonlar bajarishi qatʼiy buyurilgan amallar. Bularga Qurʼonda koʻrsatilgan diniy eʼtiqod, marosim, urfodat talablari, axloqiy va huquqiy normalar kiradi. Farz 2 tur — «farzi ayn» va «farzi kifoya»ga boʻlinadi. Birinchi turi barcha musulmonlarga bab-barobar buyurilgan boʻlib, ularning adadi 40 atrofida (mas, namoz, roʻza, tahoratdati Farzlar). Amri maʼruf, nahiy munkar, ilm olish ham «farzi ayn»ga kiradi. «Farzi kifoya» esa bir qism musulmonlar bajarsa krlganlar zimmasidan soqit boʻladigan ishlar. Mac, janoza namozi, kafanlash, murdani yuvish, dafn etish kabilar. Shariatga koʻra, Farzning bu turiga kiruvchi ishlarni hech bir musulmon bajarmasa, hamma musulmonlar gunohkor boʻladilar. Keng maʼnoda Farz — bajarilishi zarur boʻlgan vazifa, burch.
“Farzi ayn” holatiga jahon siyosiy tarixidan shuni misol qilib keltirish mukin. Ma’lumki 1979-yilda sobiq SSSR qurolli kuchlari Afg’onistonga hujum boshladi. Bu vaziyatda islom dunyosining shu davrdagi katta ulamolari birlashib afg’on musulmonlariga yordam berish “farzi ayn” bo’ldi degan qarorga kelishgan. Va butun islom olamidan Afg’onistonga yordamga musulmonlar borishgan.
Sunna bu – islomda musulmonlar uchun ibrat hisoblangan Payg’ambarimiz (s.a.v.)ning qilgan ishlari, gapirgan so’zlari, ko’rib turib ta’qiqlamagan amallarini kiritishimiz mumkin. Sunnat amallarning turlari ko‘p bo‘lib, insonning turmush tarzi bilan bog‘liq. Masalan, xatna qilish, misvok tutish, voyaga etgan bolalarini uylantirish yoki turmushga berish, nikoh to‘yi va hokazo.
Sunnat amallarning bir ko‘rinishi mustahabdir. Mustahab payg‘ambar (s.a.v.)ning umrlarida bir yo ikki bor qilib, keyinchalik tark qilgan amallaridir. Ularni bajargan kishi savob oladi, bajarmagan kishi gunohkor bo‘lmaydi. Muhtoj kishilarga uy-ro‘zg‘or buyumlarini beg‘araz omonatga berib turish, suv chiqarish, qarz bergan kishi iloji boricha qarzini so‘ramay turishi, qarz olgan odam qarzini tezroq to‘lashi kabilar mustahab amallardandir.
Muboh – bu amallar joiz, ixtiyoriydir. Shariat bu amallarni qilish yki qilmaslikni insonlar erkiga qoldirgan. Buday amallay qilganlik uchun savob ham qilmaganlik uchun gunoh ham mavjud emas. Muboh amallar: halol taomlarni eyish, halol ichimliklarni ichish, o’tirish, turish, yurish va zararsiz so’zlarni so’zlash va boshqalar.
Makruh - Islom dini ta’qiqlagan amal. Makruhni qilmagan kishi savobga qoladi, qilgan kishi esa azoblanishi mumkin. Uni qilgan kishi kofir bo’lmasa-da, gunohga botadi. Mo’min-musulmonlarga buday amallarni qilishdan qaytish buyiriladi. Makruh amallar: masjidga tuflash, (fahsh) nag’malarga quloq solish, odobsiz she’rlarni kuylab hofizlik qilish, odamlar ichida masxarabozlik qilish, uyatsiz she’rlarni bitish, ayollarni erlarisiz safarga chiqishlari, qarindoshlar orasidagi nikoh, kafan savdosi kabilar makruh amallardir.
Harom bu – passiv majburiyatlar tug’diruvchi (qilmaslik kerak) ya’ni taqiqlangan normalardir. Harom - Islom dinida qat’iy ta’qiqlangan amaldir. Uni qilgan kishi qattiq gunohga botadi, uni halol, deganlar kofir va iymonsiz hisoblanadi. Harom amal: eng katta gunohlarni sodir etish – zino, shirk, sudxo’rlik, yetim molini yeyish, mazlumga zulm qilish, nohaq odam o’ldirish, odamzotga va hayvonotga zulm qilish, g’iybat qilish, o’g’irlik, yolg’onchilik, aroqxo’rlik kabilar shariatda harom qilingan amallardir.
Kazus
Islom huquqida bokira ayollarga tuhmat qilish og‘ir gunohlardan sanaladi va hadd jazosi bilan 80 darra uriladi (Nur surasining 4-oyati. Pokiza ayolga tuhmat uchun jazo). Biroq, mazkur jinoyat, huquq subyektligi cheklangan shaxslar, masalan, qullar va xizmatkorlar tomonidan sodir etilsa, ularga nisbatan jazoning yarmi, ya‘ni 40 darra jazosi belgilanadi.
Аhmad ismli qul qullik paytida dalil-isbotsiz Z.ismli ayolni zinokorlikda ayblab, tuhmat jinoyatini sodir etgan edi. To‘rt kishidan iborat guvohlar Z.ismli ayol qarshi guvohlik berishmadi. Oradan 5 yil o‘tgach Z.ismli ayol Аhmadga qarshi da‘vo arizasini kiritdi. Sud Z.ismli ayolning da‘vo arizasini qanoatlantirdi. Аhmad aybdor deb topildi va unga nisbatan jazo belgilanishiga qaror qilindi. Biroq, sud Аhmadning ishini ko‘rib chiqayotgan paytda, u allaqachon qullikdan ozod etilgan va ozod kishi maqomini olgan edi. Bu holatda, sud tomonidan belgilanadigan jazo qanday bo‘ladi: Аhmadga 80 darra uriladimi yoki 40 darra jazo chorasi qo‘llaniladimi?
Dostları ilə paylaş: |