1. Issiqlik nurlanishning kvant naziriyasi. 2. Kvant parametrlari. 3. Issiqlikdan nurlanish yutilish qobiliyati 4. Issiqlik nurlarining oqimi
KIRISH Tabiatdagi barcha hodisalar bevosita yoki bilvosita kvant fizikaga taaluqli desak yanglishmagan boiam iz. Fotoeffekt atomning barqarorligi, kimyoviy bogianishlar kabi ko'plab hodisalar bevosita kvant fizikasiga bog'liq. Bizni kundalik hayotimizni to'ldirib turgan deyarli barcha hodisalar kvant fizika bilan bevosita bog'lanmagan. Mazkur hodisalarning ko'pchiligi klassik fizika tasavvuri doirasida juda yaxshi tushuntiriladi va bu o'rinda kvant mexanikaning murakkab matematik apparatini qo'llash noo'rin. Lekin qizig'i shundaki, mikroolam bizga makromasshtabda ham o‘zini bildirib qo'yishga, o'zini namoyon qilishga intiladi. Masalan, juda past temperaturalarda ayrim moddalar o'ta oquvchan yoki o‘ta o'tkazuvchan bo'lib qoladilar. Ularning yopishqoqligi va elektr qarshiligi nolga teng bo'lib qoladi.
Ko'pchilik, hatto ba’zi fiziklar ham kvant fizikani mikrozarralar fizikasi ya’ni mikroolamga tegishli zarralarning xatti-harakatini tavsiflovchi nazariya deb qarashadi. Bunday qarash unchalik ham to 'g 'ri emas. O 'ta oquvchanlik, o'ta o'tkazuvchanlik kabi makroskopik hodisalarda kvant effektlar yaqqol namoyon bo'ladi va ularni tavsiflash uchun kvant mexanika apparatini qo'llashga majbur bo'lib qolamiz. O 'ta past temperaturalarda issiqlik harakati nol darajada kamayib uning ichida yashirinib yotgan kvant hodisalar ochilib qoladi. Demak, ma’lum bir sharoitlar yaratilishi bilan bizning masshtabimizda ham kvant hodisalar o'zini yaqqol namoyish eta boshlaydi. O'ta oquvchanlik, o'ta o'tkazuvchanlik, Myossbauer effekti, optikaviy kvant generatorlarida bo'ladigan jarayonlar, mezoskopiya, qattiq jismlar va juda yupqa pardalarda kechadigan fizik jarayolarda kvant hodisalar yaqqol va ravshan namoyon bo'ladi.