1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada Jamiyat taraqqiyotida tarbiya jarayonining o’rni


XIX asrning 60-70 yillarida maktab nizomnomalari va maktab tizimi



Yüklə 331,2 Kb.
səhifə83/124
tarix29.12.2021
ölçüsü331,2 Kb.
#48330
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124
1 Jamiyat taraqqiyotida ta’lim-tarbiyaning tutgan o‘rni nimada J

71 XIX asrning 60-70 yillarida maktab nizomnomalari va maktab tizimi.

Musulmon aholisi yashaydigan joylarda qadimdan maktab-madrasa va hokazolar mavjud bo’lib, bularga qarshi chor hukumati Rossiyadagi ko’p sonli xalqlar uchun maxsus hukumat maktablari barpo qilar edi. Bu maktablarning ko’pchiligida o’qitish rus tilida olib borilar edi. Ularning biri – to’rt yillik, ikkinchisi – ikki yillik edi. Ba’zi bir to’rt yillik maktablarda internatlar ham bo’lib, ularda ko’proq feodallarning va mahalliy aholining boy qatlami bolalari ta’lim olardi. Turkistonning 1880 yilda Rossiya tasarrufiga o’tganidan keyin Markaziy Osiyodagi rus-tuzem maktablari ancha mashhur bo’ldi. Ammo mehnatkashlarning bolalari uchun yaxshi yo’lga qo’yilmagan ikki yillik savod chiqarish maktablari ochilgan edi. O’qish muddati ikki yil bo’lgan milliy maktablardan, masalan, qozoqlarda ovul maktablari, deb atalgan maktablar tipik maktab sanalar edi.

Dastlabki ovul maktablari 1892 yilda To’rg’ay oblastining ovullarida tashkil topgan bo’lib, aholini ko’chmanchilik turmushiga moslashtirilgan edi. Ovul maktablarida rus tili, arifmetika qozoq alifbosi va islom dini o’qitilar edi. Bu maktablarda o’qitish o’quvchilarning ona tilida olib borilardi, lekin ularning saviyasi juda past edi. 1916 yilda 169 ta ovul maktabi bo’lib, ularda 5 ming o’quvchi o’qirdi, bu maktab yoshidagi barcha qozoq bolalarining faqat bir foizga yaqininigina tashkil etardi, xolos.

Markaziy Osiyo va SHimoliy Kavkazning musulmon aholisi uchun ularni ruslashtirish maqsadini ko’zda tutgan rus-tuzem maktablari XIX asrning 80 – yillaridan boshlab ochila boshladi. Bu maktablar o’z dasturlariga ko’ra rus ministerlik maktablaridan islom dinining o’qitilishi bilangina farq qilar edi. Rus-tuzem maktablarida o’qitish rus tilida, diniy ta’limot esa o’quvchilarning ona tilida olib borilardi.




Yüklə 331,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin