1. JAMOATCHILIK FIKRI SOTSIOLOGIYASI. Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi — ijtimoiy guruhlarning mavjud ijtimoiy voqelikka nisbatan baholovchi munosabatining shakllanishi va amal qilishi qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir.
O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini o‘rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Yaqinda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazini va faoliyatini boshlaganligi bu sohadagi imkoniyatlarimizni fikrini tabiiy o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan sotsiologik tadqiqot markazlari va xizmatlarining muvofiqlashtirish imkoniyati tug‘ildi.
«Jamoatchilik fikri» atamasi inglizcha «publik opinion» so‘z birikmalaridan olingan bo‘lib, u XVII asrda dastlab Angliyada qo‘llanilgan, keyinchalik boshqa mamlakatlarga o‘tib, XVIII asr oxiridan boshlab keng tarqalgan Jamoatchilik fikrining o‘zi nima? Jamoatchilik fikri —xalq istaydigan narsani bilishning noorganik uslubidir, (Gegel) jamoatchilik fikrida hamisha haqiqiy va haqiqiy bo‘lmagan narsalar chatishib ketsada u har bir davrda katta kuchga ega bo‘ladi.
Jamoatchilik fikri ijtimoiy ong shakllari, aytaylik, fan yoki mafkuradan noaniqligi bilan farq qiladi. Chunki fikrning o‘zida u yoki bu holatga nisbatan taxminiy, ehtimoliy og‘ish bo‘lgani uchun ham ko‘pincha insonlar ongida vujudga keladigan o‘tkinchi o‘zgaruvchan fikr mulohaza, his-tuyg‘ular yig‘indisidir. Lekin bu jamoatchilik fikri bilan hiosoblashmaslik kerak degan gap emas. Jamoatchilik fikrini chuqur o‘rgangan ispan mutafakkiri Ortega-I-Gasset shunday yozgan edi «Dunyoni jamoatchilik fikri boshqaradi, bu shunday asosiy kuchki, undan kishilar hamjamiyatdagi hukmronlik kelib chiqadi». Jamoatchilik fikrini sotsiologik tadqiq etishning predmeti — bu jamoatchilik fikrining ijtimoiy mohiyati, uning jamiyat hayotining turli tomonlariga ta'siri, shakllanishi, ifodalanishi va amal qilishi mexanizmlari masalalaridir. Jamoatchilik fikri —kishilar ongi va xatti-harakatining o‘ziga xos ko‘rinishi bo‘lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari (axloqi ququq din, fan va x. k.) bilan bog‘liq kundalik va nazariy ong birikmasi hisoblanadi. Jamoatchilik fikri doimo kishilar tomonidan u yoki bu hodisa jarayonini baholashlari bilan bog‘liq.Bunday ijtimoiy baholash ijtimoiy guruh va qatlamlarning ijtimoiy vaziyati, jamiyatda tutgan o‘rnini o‘zida aks ettiradi. Demak, jamoatchilik fikri ijtimoiy xususiyatga ega. Shu jihatdan jamoatchitlik fikri kishilarning ijtimoiy voqelikning biror bir sohasidagi fikrlari, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlarini jamlashga, jamiyat hayotiga baho berishga va shu asosda ijtimoiy reallikning tegishli tomonini o‘zgartirishga (yoki saqlashga) ta'sir ko‘rsatadi. Umuman olganda, tub ijtimoiy o‘zgarishlar sodir bo‘lishidan oldin aynan jamoatchilik fikrida ulkan siljish, o‘zgarishlar yuz 6epmog‘i kerak. Jamoatchilik fikri bilan bevosita shug’ullanuvchi mutaxassislar bu ijtimoiy hodisaning murakkabligini ta'kidlashadi. Darhaqqat, jamoatchilik fikrini tasvirlash, aniqlash mushkul, uni o‘lchab bo‘lmaydi. Lekin u hamma joyda iavjud, uning ta'sirini aloxida shaxs xatti-harakatida ham, omma xulq atvorida va faoliyatida ham ko‘rsa bo‘ladi.
Jamoatchilik fikrining strukturasini tahlil qilishda birinchi navbatda uning ob'ekti va sub'ekti masalalariga e'tiborni qaratish zarur. Jamoatchilik fikrining ob'ektini aniqlashda dastavval ikkita muammo e'tiborga molikdir.
1). Jamoatchilik fikrini unda aks ettirilayotgan voqelikning o‘ziga xosligi nuqtai nazaridan tahlil etish. Boshqacha qilib aytganda, jamoatchilik fikri dunyodagi hamma narsa to‘g‘risida fikr qila olishi mumkinmi yoki uning mulohaza doirasi chegaralanganmi?
2). U yoki bu hodisa, jamoatchilik fikrining ob'ektiga aylanishining mezonlarini aniqlash, boshqacha aytganda, jamoatchilik fikrini uyg‘otadigan ob'ekt qanday sifatlari, xususiyatlari bilan farqlanadi. Birinchi savolga javob tariqasida avvalo shuni qayd etish kerakki, jamoatchilik fikrining ob'ekti bo‘lib ham ob'ektiv voqelik, ham sub'ektiv reallik faktlari hisoblanishi mumkin. Shu bilan birga jamoatchilik fikri ma'lum darajada chegaralangandir, muayyan bir holatlargina jamoatchilik mulohazalarining ob'ekti bo‘la oladi. Bular: a) voqea va hodisalarning haqqoniy mavjudligi; b) voqea-hodisalar o‘rtasidagi munosabatlar; v) voqea-hodisalarning kishilar ongida aks etishi. Ushbu holatlar jamoatchilik fnkri sotsiologiyasida «aniqlik chegarasi» deyiladi. Bu «chegaradan» tashqarisida bo‘lgan narsalar to‘g‘risida jamoatchilik fikri mulohazaga ega bo‘la olmaydi.
Endi jamoatchilik fikrining ob'ektini tanlash mezonlariga to‘xtalamiz. Duch kelgan har bir narsa, hodisa, voqea, jarayon yoki fakt ham birvarakayiga jamoatchilik fikri ob'ekti bo‘lavermaydi. Jamoatchilik fikrini uyg‘otishning birinchi omili ijtimoiy manfaat bo‘lish uchun bevosita manfaat tug‘diradigan dolzarb hodisa yoki narsalargina mulohazaga sabab bo‘ladi. Chunki bunday holatlar kishilardan baholovchi munosabatni bildirishini talab etadi. Omma fikrining shakllanishi asosida «umumiy ish» yotadi. Jamoatchilik fikriga sabab bo‘ladigan ikkinchi omil bu - munozaralilikdir. Boshqacha aytganda, u yoki bu darajada munozarali, baxsli xolatga ega bo‘lgan hodisalargina jamoagchilik fikri predmetiga anlanishi mumkin. Jamoatchilik fikri doimo hali hal bo‘lmagan masalalar bo‘yicha shakllanadi va hech qachon so‘zsiz, aniq masalalar bo‘yicha tug‘ilmaydi.
Nihoyat, jamoatchilik fikrini uyg‘otadigan uchinchi omil — malakalilikdir. Bu shuni anglatadiki, jamoatchilik bilishi va tushunishi mumkin bo‘lgan hodisalargina jamoatchilik ob'ekti bo‘lishi mumkin.
Jamoatchilik fikri sub'ekt deganda avvalo jamoatchilik doirasida fikr uyg‘ota olish qobilyatiga ega bo‘lgan fikr egasi va ifodalovchisi tushuniladi. Shu o‘rinda sub'ekt sifatida alohida individ, kichik guruhlar, jamoa, millat, sinf va hatto jamiyat hisoblanishi mumkin.
Jamoatchilik fikrining bilish imkoniyati muayyan-tarixiy xususiyatga ega, ya'ni u jamiyatda mavjud madaniyat, texnik imkoniyatlar, muloqat vositalarining rivojlanganlik darajasi va boshqa omillarga bog‘liq. Shu bilan birga jamoatchilik fikri ijtimoiy ong shakllari (fan, mafkura, din, sanat, axloq, huquq, siyosat va boshqalar), darajalari (individual, kollektiv, milliy, sinfiy ong) va sohalari bilan bog‘liq holda rivojlanadi. Aytish mumkinki, jamoatchilik fikri-ijtimoiy ongning tez o‘zgaruvchan, dinamik holatidir.
Jamoatchilik fikri turli darajaga ham ega bo‘lib, bu individual, kollektiv va ijtimoiy fikr ko‘rinishida bo‘ladi va ular o‘rtasida doimiy va mustahkam bog‘liqlik mavjud.
Jamoatchilik fikri ko‘p jihatli hodisadir. Uning ratsional-aqliy (bilimlar), psixalogik (ijtimoiy-ruhiy) kechinmalar, aksiologik qadriyatlar) va boshqa jihatlari bo‘lib, birgalikda jamoatchilik fikrining tez tarqaluvchanlik va ekstensiv» xususiyatini ta'minlaydi. Jamoyatchilik fikrining real ijtimoiy hayotda amal qilishi uning ifodalanishi va u bajaradigan vazifalar bilan xarakterlanadi.
Avvalo, jamoatchilik fikrining uch xil ifodalanishini kuzatsa bo‘ladi:
1. jamoatchlik fikrining stixiyali ifodalanishi;
2. siyosiy institutlar tashabbusiga ko‘ra biror bir qonunni muhokama qilish yoki chora-tadbir (referendum, umumxalq muhokamasi va boshq.) o‘tkazish jarayonida jamoatchilik fikrining bildirilishi;
3. maxsus sotsiologik tadqiqotlar, ya'ni so‘rovlar paytida jamoatchilik fikrining aniqlanishi;
Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida jamoatchilik fikrining eski tuzum muammolaridan yangi masalalarga ko‘chishi yuz bermoqda. Ammo jamoatchilik fikrining qayta yo‘nalishi murakkab jarayon bo‘lib, u oldin shakllangan xulq-atvor jabhalarining tafakkur va xatti-harakat qoliplarining (stereotiplarining), ba'zi an'anlarining o‘zgarishini o‘z ichiga oladi. Gap shundaki, aytib o‘tilgan ko‘pgina elementlar (eskicha tafakkur qoliplari, odatlar va h.k.)ni jamoatchilik fikri o‘zida mujassamlashtirgan bo‘lib, bu uning konservativ tomonidir. Shuning uchun jamoatchilik fnkrining jamiyat taraqqiyotiga to‘siq bo‘layotgan, ammo kishilar ongida chuqur o‘rnashgan aynan qaysi jihatini o‘zgartirish mumkinligini aniq, tasavvur eta bilish zarur. Ammo odamlar fikrini o‘zgartirishdan ko‘ra, ularda yangi muammolarga nisbatan munosabat, fikr-mulohazani shakllantirish osonroq. Demak, masala jamoatchilik fikrining kuchini oshirish, uni ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish omiliga aylantirish uchun tabiiy tarzda, ammo zarur yo‘nalishda ongli ravishdi shakllantira bilishda ekan. Bu jamoatchilik fikrining jamiyat hayotadagi ahamiyatining oshib borishi bilan bog‘liq, bo‘lib, quyidagi shart-sharoitlarni talab etadi: a) davlat organlari, jamoat tashkilotlari, ilmiy markazlar tomonidan jamoatchilik fikrining muntazam o‘rganib turilishi; b) barcha fuqarolarning turli shakllarda (referendumlar, manifestatsiyalar, so‘rovlar va h. k.) jamiyat hayotining har xil muammolari yuzasidan o‘z fikrlari, baholari, nuqtai nazarini erkin bildirishlari; v) fuqarolarning jamoaviy (kollektiv) fikrlarini bildirishlari vositalari va shakllarini, kengaytirish, oshkoralik; g) davlat organlari va jamoat tashkilotlari tomonidan jamoatchilnk fikridan doimiy foydalanish.
Jamoatchilik fikriga maqsadli ta'sir qilish ikki xil yo‘l bilan amalga oshirishi mumkin: 1) xaspo‘shlash (manipulyatsiya qilish); 2) ilmiy shakllantirish.
Jamoatchilnk fikrini xaspo‘shlash - bu dolzarb muammolar bo‘yicha aholi ongiga nisbatan biror-bir fikrni zo‘rlab singdirish. xaspo‘shlash yolg‘iz hukmron siyosiy guruh, toifa, elitaning manfaatlarini ifodalaydi va uning iqtisodiy, siyosiy va mafkuraviy hukmronligini saqlab qolishiga qaratilgan bo‘ldi. Xaspo‘shlashning asosiy vositasi dezinformatsiya (soxta axborot) hisoblanadi. Xaspo‘shlash asosan totalitar jamiyatga xosdir. Jamoatchilik fikrini erkin shakllantirish - jamoatchilik fikrining shakllantirish jarayoniga maqsadli ta'sir ko‘rsatishdir. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad jamiyatda axborot maydonini tabiiy ravishda hosil qilish bo‘ladi. Jamoatchilik fikrini shakllantirishda stixiyali va oigli omillar, uning shakllanishining ob'ektiv jarayonlari bilan bog‘liq, bo‘lgan ichki va boshqaruv organlari tomonidan kishilar ongiga chetdan ongli ravishda ta'sir qilishda ifodalanadigan tashqi mexanizmlar birligini ham ta'minlash zarur. Jamoatchilik fikri muhim institut bo‘lib, faol amal qilishi uning funksiyalari (vazifalari) bilan bog‘liq. Bu funksiyalar jamoatchilik fikrining jamiyat hayotining turli sohalarida (aytaylik, taqsimot munosabatlarida) «qo‘llanishiga» qarab turli shakllarla namoyon bo‘ladi. Jamoatchilnk fikrining funksiyalari uning u yoki bu ijtioiy institutlarga ta'siriga qarab, bildirilayotgan fikrning mazmuniga ko‘ra va bu fikrning shakliga qarab belgilanadi.
Jamoatchilik fikri ijtimoiy institutlarga ta'siri jihatidan ekspressiv, konsultativ va direktiv funksiyalarga ega. Ekspressiv (tor ma'noda-nazorat) funksiya. Jamoatchilik fikri ijtimoiy hayot faktlariga nisbatan, xususan, davlatning, uning turli institutlarining harakatiga, faoliyatiga nisbatan doimo aniq, munosabatga ega bo‘ladi. Bu narsa jamoatchilik fikriga hokimyat institutlaridan ayri turuvchi va bu institutlar faoliyatini baholab boruvchi va nazorat qila oluvchi kuch baxsh etadi. Shuning uchun siyosatchilar ko‘pincha jamoatchilikka, aniqrog‘i uning fikriga tayangan holda ish ko‘rishga, ya'ni jamoatchilik fikrining manaviy kuchi bilan hisoblashishga majbur bo‘ladilar. Jamoatchilik fikrining bu ekspressiv-nazorat funksiyasi ayniqsa demokratik tartibga (rejimga) asoslangan jamiyatlarda katta ta'sirga ega bo‘ladi. Bunda ommaning siyosiy institutlar faoliyati ustidan nazorati va ta'siri kuchli bo‘ladi. Konsultativ (maslahat) funksiya. Jamoatchilik fikri muammolarnn hal etish vositalarini tanlash bo‘yicha «maslahat berish» qobiliyatiga ega. Bunda boshqaruv organlari o‘z faoliyatlari yuzasidan jamoatchilik fikrini so‘rab berishdan manfaatdor bo‘ladilar. Masalan, tijorat masalalarini yoki aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish muammolarni hal etishda jamoatchilikning fikrini o‘rganish muhim ahamiyatta ega. Direktiv funksiya. Jamoatchilik ba'zi hollarda ijtimoiy muammolar yuzasidan imperativ (majburiy) xususiyatga ega bo‘lgan hukm chiqaradi. Referendumlar va saylovlar paytida bildiriladigan jamoatchilik fikri bunga misol bo‘la oladi. Bu holda jamoatchilik fikri majburiy kuchga ega bo‘lib, biror bir guruhniig fikri uning o‘rnini bosa olmaydi. Jamoatchilik fikri o‘z mazmuni mohiyatiga qarab baholash, tahliliy, konstruktiv va regulyativ funksiyalarga ega bo‘ladi. Jamoatchilik fikrining baholash funksiyasida kundalik, oddiy fikrlash ustivor bo‘lib, bunda sub’ektning u yoki bu ijtimoiy voqeaga nisbatan munosabatining bildirilishi talab etiladi. Jamoatchilik fikrining tahliliy (analitik) vazifasi sub'ektning jamiyatda yuz berayotgan hodisa, voqealarga nisbatan tahliliy munosabati, ya'ni nazariy fikrlashi bilan ifodalanadi. Jamoatchilik fikrining konstruktiv funksiyasi bu — sub'ektning ijtimoiy munosabatlari va jarayonlarni o‘ziga xos programmalashtirishidir. Bu holda sub'ekt nazariy mushohada asosida o‘z fikrini va maslahatlarini aniq ifoda etadi. Jamoatchilik fikri ijtimoiy munosabatlar tizimida ma'lum bir normalarni ishlab chiqish va mustahkamlash «vakolatiga» ham ega. Bu holda jamoatchilik fikrining regulyativ (boshqaruv) funksiyasi yaqqol namoyon bo‘ladi va u ayniqsa shaxslararo munosabatlarda, shaxs va jamoa o‘rtasidagi munosabatlarda ko‘zga tashlanadi. Bunda jamoatchilik fikri ko‘pincha jamiyat (ijtimoiy guruh) tomonidan qabul qilingan, lekin shaxs xatti-harakatini belgilaydigan qoida va qonunlar to‘plamini eslatadi. Bu jamoatchilik fikrining eng qadimiy funksiyalaridan biri ham bo‘lib, unda guruhning fikri, xalq odatlari (masalan, uch olish odati), turli an'analar chatishib ketganki, ular inson xulqini boqarishda katta ahamiyatga ega. Nihoyat, ifodalanish shakliga ko‘ra jamoatchilik fikri ikki xil —pozitiv (ijobiy) va negativ (salbiy) funksiyalarni bajaradi. Darhaqiqat, jamoatchilik o‘z fikrini doimo qo‘llab-quvvatlash va aksincha, inkor etish, qoralash ko‘rinishida bildirilishi mumkin. Sub'ekt ijtimoiy jarayonlarda ongli ishtirok etishga tayyorligini bildirgan taqdirda jamoatchilik fikri pozitiv, agar sub'ekt norozilik bildirib, xech bir haraktni sodir qilmagan taqdirda negativ vazifani bajaradi. XX asrning oxirgi choragida jamoatchilik fikrini o‘rganish sohasida «portlash» sodir bo‘ldi. Zero, bizning axborot va kommunikatsiya ko‘lamida va turli uslublarda o‘rganish borasida ulkan imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratdi. Hozirda jamoatchi fikri bilan hisoblashmaydigan ilg‘or jamiyatning o‘zi yo‘q. Axborot maydonini hosil qilish uchun rivojlangan mamlakatlarda barcha imkoniyatlar ishga solinmoqda. Bunda ommaviy kommunikatsiya (muloqat) va axborot vositalari (matbuot, radio, televidenie, videoyozuvlar, kino) yordamida zaruriy jamoatchilik fikri uyg‘otilmoqda. Bunga, albatta, ma'lum manfaatlar turtki bo‘lmoqda. Jamoatchilik fikrini o‘rganishning asosida doimo ma'lum bnr manfaatlar yotadi va uni o‘rganishda asosiy stimul bo‘lib xizmat qiladi. Masalan, amerikalik sotsiolog A. Inkelas bunday stimullarni uch hilini ajratib ko‘rsatgan: 1) industriya va savdoni rivojlantirish maqsadidan kelib chiqadigan tijorat manfaatlari; 2) targ‘ibotni rivojlantirish va takomillashtirish doirasidagi hukumat manfaatlari; 3) ommaviy muloqat fenominini o‘rganish bilan bog‘liq olimlarning akademik (ilmiy) manfaatlari;
Yuqorida bayon etilgan fikrlar jamoatchilik fikrining informatsion jihatlariga e'tiborni qaratishni jalb etadi. Zamonaviy jamiyatning axborotlashuvi — axborotni ishlab chiqish, qayta ishlash va tarqatishning yangi darajasi bilan bog‘liq jarayonlar yig‘indisidir. Axborot sektori (fan, maorif, san'at, boshqaruv, reklama, ommaviy muloqat va axborot vositalari)ning jamoatchilik fikrini shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda.
O‘zbekistonda jamoatchilik fikrini sotsiologik o‘rganish tizimi yaratilmoqda, to‘g‘ri, bunda ba'zi qiyinchiliklar mavjud. Bizda hali JJJJFFni aniqlash uslublariga, xususan sotsiologik so‘rovlarga ko‘pchilik ruhan tayyor emas. Bunda albatta xalqimizning o‘ziga xos tafakkur tarzi bilan ham hisoblashish zarur. Sharqda dolzarb ijtimoiy muamiolar ko‘cha-kuyda, ochiq, ravshan va baralla emas, balki oila, qarindosh-urug‘chilik kuchli bo‘lgani uchun yig‘inlarda, to‘y-marakalarda, choyxonalarda muhokama qilinishi odat bo‘lib qolgan. Shuningdek, yoshi kattalarga-boshqalarga hurmat, ularning fikri bilan hisoblashish kuchli ildizga ega. Bu omillarni hisobga olmaslik mumkin emas.
Ma'lumki, jamoatchilik fikrining shakllanishiga mavjud axborot maydonidan tashqari mikro muhitning, ya'ni kichik muhitning kuchli ta'siri bo‘ladi. Chunki inson aynan mikro muhitda —oilada, mahallada kundalik hayotning ko‘proq qismini o‘tkazadi.
Shuni ham alohida ta'kidlash zarurki, jamoatchilik fikrining shakllanishida aholi asosiy qismining siyosiy madaniyati darajasi, uning qadriyatlari katta ahamiyatga ega. Buni axborot maydonini yaratishda hisobga olish kerak bo‘ladi. Jamoatchilik fikrini asta-sekin tayyorlamasdan turib, birdaniga umumjahon axborot darajasiga o‘sib o‘tishi qiyin, albatta.
Mavjud ijtimoiy muammolar to‘g‘risida turlicha guruhlarning har xil fikrlari bo‘lishi tabiiydir-Shuning uchun biz jamoatchilik fikri to‘g‘risidagi fanni rivojlantira borib, jahon tajribasi, o‘z an'analarimiz, yangi jamiyatimizning ijtimoiy-madaniy omillarini hisobga olishimiz zarur.
Jamoatchilik fikri jamiyatning bugungi kuni, uning kechiktirib bo‘lmas muammolari bilan ham bog‘liq. Shu ma'noda jamiyatning jamoatchilik fikrini aniqlashga bo‘lgan ehtiyoji oshib boradi. Ayniqsa, jamiyatimiz bozor sharoitida tobora tabaqalarga ajralib borayotgan bir sharoitda jamoatchilik fikrini o‘rganish va u bilan hisoblashish zarur. Jamoatchilik fikrini o‘rganishdagi ba'zi kuzatishlar ko‘rsatadiki, hozirda O‘zbskistonda jamoatchilik fikrini o‘rganishda sotsiologlarimiz oldida bir qancha muammolar mavjud. Asosiy muammo, bu —kommunikatsion tizimlarning yetishmasligi va bundan kelib chiqadigan axborot oqimining zaifligidir. O‘zbekistonda barcha hududlar bo‘yicha axborot-kompyuter ma'lumotlar bazasini yaratish zarur. Buning uchun biz xalqaro, umumjahon kommunikatsiyalar turiga birlashish masalasini hal etishimiz kerak bo‘ladi. Ikkinchi muammo shuki, mavjud axborot vositalarining faoliyatida ma'lum nuqsonlar bor. Jamiyat hayotining barcha sohalarida, iqtisodda, siyosatda, ma'naviy-madaniy hayotda jamoatchilik fikrining ahvolini aniqlash, o‘rganish va tahlil etish uchun statistik ma'lumotlar yetishmaydi. Vaholanki, turli ijtimoiy muammolar bo‘yicha jamoatchilik fikrining doimiy o‘zgarib borishini kuzatish zarur. Bu vazifani yetakchi sotsiologlarimiz tomonidan tuzilgan dasturlar asosida o‘tkaziladigan so‘rovlar bajarishi mumkin.
Hozirgi davrda jamoatchilik fikrini tizimli va keng ko‘lamda o‘rganish dunyoning rivojlangan mamlakatlaridagi ijtimoiy-siyosiy hayotning ajralmas qismiga aylangan. Uning yordamida turli ijtimoiy dasturlar va tadbirlar olib boriladi va samaradorligi aniqlab beriladi. O‘zbekistonda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazining o‘z faoliyatini boshlaganligi mamlakatimizda bu sohadagi ishlarga katta imkoniyatlar yaratdi.